Qofiya radif she’riy san’atlar qofiya va radif


Download 47.75 Kb.
bet6/8
Sana17.08.2023
Hajmi47.75 Kb.
#1667787
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Qofiya va radif-fayllar.org

Tajohil ul-orif

Bu san’at mohiyatini bilib bilmaslikka olish tashkil etadi. Adib o‘zi bilgan narsani yana boshqalardan so‘rab turgandek bo‘ladi.


Atoyining:
Mengiz yo ravzai rizvonmudur bu?
Og‘iz yo g‘unchai xandonmidur bu?
bayti bilan boshlanadigan g‘azali boshdan-oyoq shu san’at bilan ziynatlangan.
Lutfiyning quyidagi baytida ham shu san’at qo‘llangan:
Xo‘blarda seningdek bir mahbub qani nozuk?
Boshdin oyoqi zebo, bel-u badani nozuk.
Aslida, bu she’r ma’shuqa madhiga bag‘ishlangan. Lutfiy «mahbub» ning «xo‘blar» orasidagi eng a’lo mavqe tutishini biladi. Asl maqsad ham ana shu haqiqatni ta’kidlash. Bu maq- sadga erishish uchun esa bilmaslikka olish, bilib turib yana so‘rash usuli qo‘l kelgan.
🌿Jonlantirish/tashxis
G‘azalda badiiy tasvir vositasining o‘rni adabiyot san’at turlaridan biri ekanligidan xabardorsiz. Bu san’at turi haqidagi ilm adabiyotshunoslikdir.

Quyi sinflardan o‘tmish adiblarning eng sara, tanlangan vakillari ijodini aks ettiruvchi mumtoz adabiyot namunalari bilan tanishib kelmoqdasiz. Asosiy ijod shakli she’riyat bo‘lgan mumtoz adabiyotni ilmiy o‘rganadigan soha mumtoz adabiyotshunoslik deyiladi.

Mumtoz adabiyotshunoslik uch qismdan iborat — aruz ilmi, qofiya ilmi, badiiyat ilmi.

Aruz she’rning vazni (o‘lchovi) haqida, ikkinchisi qofiya tuzilishi, ahamiyati, unsurlariga ko‘ra turlari to‘g‘risidagi bo‘lsa, oxirgisi ilmi badi’ deb ham ataladi. Ilmi badi’ arabcha birikma bo‘lib, chiroyli so‘zlash, nodir, ajoyib ifoda ilmi degani.

Badiiy tasvir vositalarining she’r badiiyatini ta’minlashdagi o‘rnini tushunish uchun Atoyi g‘azallariga murojaat qilamiz:

Jamoling vasfini qildim chamanda,


Qizordi gul uyottin anjumanda.
Baytni tushunishni osonlashtirish uchun undagi gap bo‘laklarini odatdagi tartibga keltirib olamiz hamda misralarda ochiq ishtirok etmay, yashirin kelayotgan bo‘laklarni qavs ichida beramiz:
(Men) chamanda jamoling vasfini — ta’rifini qildim, (shunda) anjuman, ya’ni chamanzordagi gul uyatdan qizarib ketdi.
Endi o‘ylab ko‘ring, oddiy til bilan aytganda, shoir nima demoqchi o‘zi? Bilib turganingizdek, u: “Mening yorim juda ham chiroyli”, — deyapti, xolos. Ana shu oddiy fikrni shoirona badiiy ifodalamoqda. Tahlilda Siz xayolga, fikrlaringizga erk bering, tasvirlangan lavhani, matnni kengaytirib oling. Yuqoridagi baytni quyidagicha sharhlash mumkin: gullar yig‘ini — anjumanida bir gul: “Dunyoda eng go‘zal menman”, — deya maqtanardi. Buning ustiga kelib qolgan oshiq o‘z ma’shuqasini ta’rif qilgan edi, o‘zidan bir necha marta go‘zalroq jamol egasi borligini eshitgan gul maqtanchoqligidan sharmanda bo‘lib, qizarib ketdi va shundan keyin dunyoda qizil gul paydo bo‘ldi. Ko‘rib turganingizdek, shoir gulni insonlardek jonli qilib tasvirlayapti. Demak, baytda jonlantirish san’ati qo‘llangan.
Bu tasvir vositasi mumtoz adabiyot ilmida tashxis (shaxslantirish) san’ati deb ataladi.

Manba: 9-sinf/ 2019

🌷Husni ta’lil

(Men) chamanda jamoling vasfini — ta’rifini qildim, (shunda) anjuman, ya’ni chamanzordagi gul uyatdan qizarib ketdi…). Dunyoda qizil gul paydo bo‘lishiga mazkur baytda aytilganidek, oshiqning chamanda ma’shuqa ta’rifini qilishiga aloqasi bormi? Yo‘q, albatta. Aslida, bu go‘zalgacha ham chamanzorda qizil gullar bor edi. Shoir esa men sevgilimning ta’rifini ovoza qilganimdan keyin gulning uyalishidan borliqda qizil gul paydo bo‘ldi deydi. Yo‘q joydan shoirona lutf bilan aloqadorlik tiklangan. Bu kabi bir narsa (tasvir, holat)ni unga aloqasi bo‘lmagan boshqa narsa bilan izohlash husni ta’lil (chiroyli dalillash) deyiladi.

Manba: 9-sinf/ 2019


Download 47.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling