Qofiya va radif
Download 136.75 Kb.
|
She\'riy san\'atlar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Irsoli masal
Irsoli masal
Bu san’at «maqol keltirish» ma’nosini bildirib, badiiy asarda fikr isboti uchun хalq maqollaridan foydalanish san’atidir. Masalan,
Tushgay ul choh aro o‘zi nogoh, – baytida keltirilgan mashhur maqol zolim Jobir va unga o‘хshagan kimsalarning qilmishi hamda qismatiga to‘la mos tushgan va masnaviyning ta’sirchanligi oshishiga хizmat qilgan. Manba: 7-sinf/ 2017 Irsoli masal Nasriy asardagi jumlada yoki she’rda xalq og‘zaki ijodida mashhur boʹlib ketgan biror maqol, matal yoxud hikmatli so‘z keltirib, nutq ta’sirchanligini oshirish usuliga «irsoli masal san’ati» deyiladi. Bu yerdagi irsol -«keltirish», masal - «misol», «tamsil», «maqol», «matal» ma’nolarini anglatadi. Eski o‘zbek tilida tamsil, maqol va matallar «masal» yoki «zarb ul- masal» deyilgan. Hozirgi tilshunosligimizda maqol, matal va hikmatli so‘zlar «barqaror birikmalar» deb yuritiladi. Irsoli masal san’ati o‘zbek yozma adabiyotining eng qadimgi namunalarida ham uchraydi. XI asr shoiri Yusuf Xos Hojibning «Qutadg‘u bilig», XII asrda yashab, ijod qilgan Ahmad Yugnakiyning «Hibat ul-haqoyiq» asarlarida bu ifoda va tasvir vositasining yuksak namunalariga duch kelamiz. XVIII asrda yashab, ijod qilgan Gulxaniyning «Zarbulmasal» asari esa usluban boshdan oxir irsoli masal san’ati asosida bitilgan. Ya’ni uning har bir sahifasida ko‘p-ko‘p maqol, matal va hikmatli so‘zlar ishlatiladi. Irsoli masalda muallif o‘z fikr-mulohazasini tayyor maqol, matal, hikmatli so‘z orqali quvvatlab oladi, shu tariqa o‘quvchini ishontirishni kuchaytiradi, matnning ifoda ta’sirchanligini oshiradi. Mumtoz adabiyotimiz vakillari asarlarida irsoli masal san’atining eng yorqin namunalari mavjud. Qalam ahli, xususan, shoirlarimiz tilning shunday zo‘r imkoniyatidan yuksak mahorat bilan foydalanishga harakat qilishgan. Shu (maqol keltirish) jihatdan Mavlono Lutfiy ijodi o‘zigacha bo‘lgan davr shoirlari ichida alohida ajralib turadi. Chunki uning she’riyatida irsoli masal juda ko‘p uchraydi. Shunga ko‘ra, irsoli masal qo‘llash - shoir ijodiyotining yetakchi uslubiy fazilatlaridan biri, deyish mumkin. Bu qalam sohibi (Lutfiy) merosida shunday g‘azallar ham borki, ular boshidan oxirigacha badiiy-uslubiy tarafdan tamoman ana shu irsoli masal san’ati asosiga quriladi. «Ayoqingg‘a tushar har lahza gisu...» g‘azali xuddi shunday asarlar sirasiga kiradi. Undagi mavjud besh baytning bari aynan ana shu san’at ishtirokida yaratilgan. Bu qo‘shmisralarning hammasida maqol 2- satrda kelgan. Amalda ularning har biri dastlabki misrada ifodalangan fikrning tasdig‘i yangligʹ qog‘ozga tushgan. Shu tariqa shoir o‘z nuqtayi nazarini ikki karra mustahkamlagandek bo‘ladi. Manba: 8-sinf/ 2019 Download 136.75 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling