Qofiya va radif


Download 136.75 Kb.
bet5/7
Sana05.04.2023
Hajmi136.75 Kb.
#1274609
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
She\'riy san\'atlar

Tajnis/Takrir

Kunduz avqotim (vaqtlarim) sening hajringda nolon kechadur(tundur/o‘tadur),


Kecha ham zulfung kabi holim parishon kechadur(tundur/o‘tadur).
Anbarin zulfung xayolidin ko'zumga, ey pari,
Yil-u oy-u soat-u kun bori yakson kechadur(tundur/o‘tadur).
Ulki, jondin kechadur(tundur/voz kechmoq), sham'i visolingni ko'rub.
Vah na xush vaqt-u na xush soat na oson kechadur(tundur/gunohini kechmoq).
Ravshan o'lg'ay davlati vaslida hijron oqshomi,
Gar gunohimdin bilib, ul mohi tobon kechadur.
Xoja yanglig' nola qil, zulfi g'amidin kechalar
Kim, mahali nola-yu faryod-u afg'on kechadur.

Darhaqiqat, she'r yuksak san'atkorlik bilan yozilgan. Shoir so'zlarning ma'no va ohang tovlanishlaridan juda ustalik bilan foydalangan. Masalan, g'azalda radif bo'lib kelayotgan "kechadur" ko'p o'rinlarda ikki ma'noda kelyapti. Uchinchi-to'rtinchi baytlarda bular yoniga "voz kechmoq", "gunohini kechmoq" ma'nolari ham qo'shilyapti. Bir so'z bilan aytganda, butun she'rni birgina so'z — "kechadur" har maqomga solib o'ynatmoqda. Bu juda nozik, yuksak mahorat talab qiladigan ishdir. Dastlabki baytlariga ko'z tashlaylik.


She'rning har bir misrasi bir necha xil ma'no ifodalaydi. Jumladan, matladagi ilk misraning birinchi ma'nosi: kunduzi vaqtim sening hajringda nola bilan o'ta (kecha)di.


Ikkinchi ma'nosi: kunduz kunim sening hajring tufayli nolalarga to'la qora tun (kecha)dir.


Birinchi misrada oshiqning kunduzgi holati ifodalangan bo'lsa, keyingi misrada tun (kecha)dagi to'lg'onishlari aks etgan. Misraning birinchi ma'nosi: Bu kecha zulfing kabi holimni parishon qilgan kecha (tun)dir. Ot so'z turkumiga mansub "kecha" so'zi misraning boshi va oxirida ega va ot kesim munosabatida takror qo'llanyapti.


Shu misraning ikkinchi ma'nosi: kechasi mening holim zulfing kabi parishonlikda o'ta (kecha)di. Misra boshidagi "kecha" - ot so'z turkumi, misra oxiridagi so'z esa - fe'l, ega va fe'l kesim munosabatida.


Misrani boshqacharoq, ya'ni kechasi holim zulfing kabi parishonlikda o'tadi ma'nosida talqin qilsak, bu so'zlar orqali hol va fe'l kesim munosabati yuzaga keladi. Bu yerda zulf so'zi o'ziga salmoqli badiiy yukni olmoqda: qora zulf kabi kecha qorong'u, yoyilgan zulf kabi oshiq holi parishon.


Radif bo'lib kelayotgan "kechadur" so'zlari orqali yuzaga keltirilyotgan badiiy san'atlarga e'tibor bering: bu so'z ifodalayotgan ikkala misradagi birinchi ma'nolar ham, ikkinchi ma'nolar ham o'zaro shakldosh bo'lib, tajnis san'atini yuzaga keltirmoqda.


Aynan bir so'zni ifodalagan birinchi va ikkinchi ma'nolarda esa (kecha(tun) (kecha)tundur-ega-ot kesim holida) takrir san'ati hosil qilingan.


Manba: 9-sinf/ 2019




Tajnis

Tajnisni «jinos» ham deyishadi. «Tajnis» ning ma’nosi «biror narsa bilan o‘xshash bo‘lmoq»dir. Jinos esa «hamjins» degan ma’noni bildiradi.


Atama sifatida u talaffuz va shaklda bir-biriga yaqin bo‘lgan so‘zlarni turli ma’nolarda qo‘llashni anglatadi.


Bo‘yung sarv-u sanubartek, beling qil,
Vafo qilg‘on kishilarga vafo qil.
(Xorazmiy)

Xorazmiyning «Muhabbatnoma»sidan olingan ushbu bayt misralaridagi oxirgi so‘zlar shaklan bir xil. Ammo ular har ikki misrada boshqa-boshqa ma’noni anglatmoqda. Dastlabki «qil» – «ingichka, nozik» ma’nosini bildirsa, keyingisida u «qilmoq» fe’lini anglatadi.


Ey bag‘ritosh, ko‘nglum evin aylama xarob,


Kim surating chizilmish aning ich-u toshinda.
Bu yerda «tosh» dastlab «bag‘ir» bilan bog‘lanib mehrsizlikni ifodalasa, keyingi holatda u «ichkari» va «tashqari» ma’nosida kelmoqda.

Lutfiyning quyidagi baytida ham tajnisdan nihoyatda yuksak mahorat bilan foydalanilgan:


Yuz ochg‘il, ko‘z seni to‘yguncha ko‘rsin,
Necha bo‘lg‘ay bu ko‘zim muntazir, och.
Birinchi misradagi «och» – «ko‘rsatmoq» ma’nosini beradi. Keyingisida esa u «tashna» o‘rnida kelyapti. Shakldosh so‘zlardagi ma’no tovlanishlari baytga o‘zgacha ruh berib turibdi.

Mumtoz adabiyotimizda tajnisga tayanadigan maxsus janr ham shakllangan. U tuyuqdir. Tuyuqning to‘rt misrasidan uchtasida tajnis qo‘llanadi:


Ko‘z yoshim tuproq ila gar qotila
Kelmagayman javridin, haqqo, tila.
G‘amzasi o‘ltirdi-yu, ul bexabar,
Men agar o‘lsam, ne g‘am ul qotila.
(Lutfiy)

Bu tuyuqning birinchi misrasida ko‘z yoshining tuproq bilan aralashish (qotilmoq) haqida so‘z bormoqda. Keyingi misrada esa javrning ko‘pligidan tilga kelmaslik, ya’ni gapirolmaslik, o‘zini yo‘qotish holati qayd etilgan. Bu yerda tajnisni hosil qilish uchun ikkita so‘zdan: «haqqo so‘zining «qo» bo‘g‘ini hamda «tila» so‘zining yondosh turgan holatidagi shaklidan foydalanilgan. Oxirgi misrada esa go‘yo qotil – odamni qatl etgan kishi to‘g‘risidagi fikr bor.


Demak, bu o‘rinda tajnislar yanada boshqacha ko‘rinishda namoyon bo‘lmoqda. Birinchi va oxirgi misralarda «qotila» yozuv shakliga ko‘ra ham bir xil. Ammo ikkinchi misrada u «haqqo» so‘zining oxirgi bo‘g‘ini bilan «tila» so‘zining qo‘shilishidan so‘ng oldingi shaklga uyg‘unlashmoqda. Ko‘rinib turganidek, bunday hollarda so‘zning talaffuz xususiyatlari asosiy o‘rin tutadi.


Manba: 10-sinf/ 2017


Tajohil ul-orif


Bu san’at mohiyatini bilib bilmaslikka olish tashkil etadi. Adib o‘zi bilgan narsani yana boshqalardan so‘rab turgandek bo‘ladi.
Atoyining:
Mengiz yo ravzai rizvonmudur bu?
Og‘iz yo g‘unchai xandonmidur bu?
bayti bilan boshlanadigan g‘azali boshdan-oyoq shu san’at bilan ziynatlangan.
Lutfiyning quyidagi baytida ham shu san’at qo‘llangan:
Xo‘blarda seningdek bir mahbub qani nozuk?
Boshdin oyoqi zebo, bel-u badani nozuk.
Aslida, bu she’r ma’shuqa madhiga bag‘ishlangan. Lutfiy «mahbub» ning «xo‘blar» orasidagi eng a’lo mavqe tutishini biladi. Asl maqsad ham ana shu haqiqatni ta’kidlash. Bu maq- sadga erishish uchun esa bilmaslikka olish, bilib turib yana so‘rash usuli qo‘l kelgan.
🌿Jonlantirish/tashxis

G‘azalda badiiy tasvir vositasining o‘rni adabiyot san’at turlaridan biri ekanligidan xabardorsiz. Bu san’at turi haqidagi ilm adabiyotshunoslikdir.


Quyi sinflardan o‘tmish adiblarning eng sara, tanlangan vakillari ijodini aks ettiruvchi mumtoz adabiyot namunalari bilan tanishib kelmoqdasiz. Asosiy ijod shakli she’riyat bo‘lgan mumtoz adabiyotni ilmiy o‘rganadigan soha mumtoz adabiyotshunoslik deyiladi.


Mumtoz adabiyotshunoslik uch qismdan iborat — aruz ilmi, qofiya ilmi, badiiyat ilmi.


Aruz she’rning vazni (o‘lchovi) haqida, ikkinchisi qofiya tuzilishi, ahamiyati, unsurlariga ko‘ra turlari to‘g‘risidagi bo‘lsa, oxirgisi ilmi badi’ deb ham ataladi. Ilmi badi’ arabcha birikma bo‘lib, chiroyli so‘zlash, nodir, ajoyib ifoda ilmi degani.


Badiiy tasvir vositalarining she’r badiiyatini ta’minlashdagi o‘rnini tushunish uchun Atoyi g‘azallariga murojaat qilamiz:


Jamoling vasfini qildim chamanda,
Qizordi gul uyottin anjumanda.
Baytni tushunishni osonlashtirish uchun undagi gap bo‘laklarini odatdagi tartibga keltirib olamiz hamda misralarda ochiq ishtirok etmay, yashirin kelayotgan bo‘laklarni qavs ichida beramiz:
(Men) chamanda jamoling vasfini — ta’rifini qildim, (shunda) anjuman, ya’ni chamanzordagi gul uyatdan qizarib ketdi.
Endi o‘ylab ko‘ring, oddiy til bilan aytganda, shoir nima demoqchi o‘zi? Bilib turganingizdek, u: “Mening yorim juda ham chiroyli”, — deyapti, xolos. Ana shu oddiy fikrni shoirona badiiy ifodalamoqda. Tahlilda Siz xayolga, fikrlaringizga erk bering, tasvirlangan lavhani, matnni kengaytirib oling. Yuqoridagi baytni quyidagicha sharhlash mumkin: gullar yig‘ini — anjumanida bir gul: “Dunyoda eng go‘zal menman”, — deya maqtanardi. Buning ustiga kelib qolgan oshiq o‘z ma’shuqasini ta’rif qilgan edi, o‘zidan bir necha marta go‘zalroq jamol egasi borligini eshitgan gul maqtanchoqligidan sharmanda bo‘lib, qizarib ketdi va shundan keyin dunyoda qizil gul paydo bo‘ldi. Ko‘rib turganingizdek, shoir gulni insonlardek jonli qilib tasvirlayapti. Demak, baytda jonlantirish san’ati qo‘llangan.

Bu tasvir vositasi mumtoz adabiyot ilmida tashxis (shaxslantirish) san’ati deb ataladi.


Manba: 9-sinf/ 2019


🌷Husni ta’lil


(Men) chamanda jamoling vasfini — ta’rifini qildim, (shunda) anjuman, ya’ni chamanzordagi gul uyatdan qizarib ketdi…). Dunyoda qizil gul paydo bo‘lishiga mazkur baytda aytilganidek, oshiqning chamanda ma’shuqa ta’rifini qilishiga aloqasi bormi? Yo‘q, albatta. Aslida, bu go‘zalgacha ham chamanzorda qizil gullar bor edi. Shoir esa men sevgilimning ta’rifini ovoza qilganimdan keyin gulning uyalishidan borliqda qizil gul paydo bo‘ldi deydi. Yo‘q joydan shoirona lutf bilan aloqadorlik tiklangan. Bu kabi bir narsa (tasvir, holat)ni unga aloqasi bo‘lmagan boshqa narsa bilan izohlash husni ta’lil (chiroyli dalillash) deyiladi.


Manba: 9-sinf/ 2019





Download 136.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling