Qo’g’irchoq teatri turlari. Soya teatri. Stol teatri. Barmoq teatri. Qo’g’irchoq – qo’lqop


Download 0.75 Mb.
bet4/6
Sana04.02.2023
Hajmi0.75 Mb.
#1164599
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
3-ma\'ruza

Barmoq teatri. Yoz oyida bolalarning o`z qo`llari bilan yasagan o`yinchoqlaridan o`yinchoq teatrlari, stol va barmoq teatrlari tashkil qilganda foydalanish mumkin. Bunda bolalar nafaqat oddiy tamoshabin, bo`lib qolmasdan ular mehnat qiluvchi, ijodkorga aylanib, o`zlaridan kichik ukalariga teatr ko`rsatish bilan ularni hursand qiladilar.
Barmoq teatri qaxramonlarini qog`ozdan yasash mumkin. Bu kichik konus va tsilindr shaklidagi barmoqqa kiyish uchun yasalgan. Qog`ozdan odam, hayvonlarning kichik shaklida barmoqqa tasvirini tayyorlab, uni barmoqqa qog`ozdan uzuk shaklida yasalgan qog`oz halqaga elimlab, barmoqqa kiyib olinadi. Teatr qahramonlarini kichik qutichalardan ham yasash mumkin. Qutichalarning tag tomonidan barmoqni kirgizish uchun joy tayyorlab, qutichaga xohlagan qiyofa berish mumkin. Qutichaning qulay tomonidan barmoq sig`adigan kichik teshikcha qi­lib qo`yiladi, masalan: gugurt qutisidan, kublardan, dumaloq shakldagi qutichalardan va boshqalardan. Barmoq teatri uchun turli xil gazlamalardan foydalanish ancha keng tarqalgan. Bunda gazlamaning sitilib ketmaydigan xili tanlanadi va uning teskari tomonidan tikib, so`ngra o`ngiga ag`dariladi, qolgan joyi tikib chiqiladi. Bolalarga andozaning teskari tomonidan tikishni, ko`z, qosh, burun, og`iz kabilarni tikish yoki yopishtirish kerakligini aytib, ularni bajarishga undash mumkin. Bolalar mustaqil soch, jiyak, lenta va to`rdan bezaklarni o`zlari tikadilar. Paralondan ham barmoq teatri qahramonlarini yasash mumkin. Paralondan turli qahramonlarning bosh qismini tayyorlab, barmoqqa kiygizish joyini qilib, qahramonlarni bezatishda matolardan ham foydalanish mumkin. Maktabga tayyorlov guruhi bolalari ishtirokida barmoqqa kiyish uchun qahramonni barmoqqa mos qilib bichib, usti tomonidan «halqa» choki bilan, ba`zan esa to`g`ri chok bilan ichki tomonidan tikib, o`ngi tomoniga o`giriladi. Detallarni bolalar o`zlari tugmacha, jun iplar yordamida jihozlaydilar. Barmoq teatrini qog`oz quyuqasidan ham yasash mumkin. Bunda qog`ozdan tsilindr shaklini yasab, barmoqka mos qilib qog`oz quyqani tsilinrga kirgizib, co`ng xohlagan shaklni yasash mumkin. Qurigandan keyin bosh qismlarni bo`yash lozim. Ularga ba`zi detallarni qog`ozdan qirqib, elimlab qo`ysa bo`ladi. Masalan: quloqlarni, ko`zlarni esa tugmachadan, matolardan, turli iplardan sochlarni qilish mumkin. Bunday o`yinchoqlarni katta maktabgacha yoshdagi bolalar mustaqil bajaradilar. Kartonga chizib qirqilgan shakllardan: qizcha, qushcha, hayvonlar boshining orqa tomoniga kichik karton kog`oz qoldig`idan barmoq sig`gulik qilib yopishtirib qo`yish mumkin.
Barmoq teatri boshqa teatrlar kabidir, lekin uning farqi shundaki har bir ertak qahramoni bolalarning barmoqlariga mos kichik yoki ertak ko`rsatuvchining barmog`iga to`g`ri keladigan qilib tayyorlanadi.

Download 0.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling