Qo’g’irchoq teatri turlari. Soya teatri. Stol teatri. Barmoq teatri. Qo’g’irchoq – qo’lqop


Download 0.75 Mb.
bet5/6
Sana04.02.2023
Hajmi0.75 Mb.
#1164599
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
3-ma\'ruza

Dikir-dikir o`yinchoqlar. Dikir-dikir o`yinchoqlarni yasash uchun kichik kartonga odam va hayvonlar tasvirini chizish kerak, ularning oyoqlari esa chizilmaydi. Chizilgan tasvirni qirqib olamiz. Shakllarni kaftimizning orqa tomoniga rezina bilan mustahkamlab, ko`rsatgich yoki o`rta barmoqqa atir shisha qopqog`ini kiyib, rezina bilan mustahkamlab, stolda shakllarni yurgazamiz. Ularni choptirish, o`yinga tushirish mumkin. Katta, tayyorlov guruh bolalari bunday o`yinchoqlarni mustaqil yasay olishadi.
Qo`lqop qo`g`irchoqlar(barmoqsiz qo`lqop). Eski qo`lqopcha, qo`lqop qo`g`irchoqlarni yasash uchun ashyo bo`la oladi. Bunday o`yinchoqlarni ham bolalarning o`zlari yasashlari mumkin. Qo`lqop qo`g`irchoqning bosh qismi, katta barmoq esa, burun bo`lib xizmat qiladi. Qo`lqopni to`liq hayvonga aylantirib olish ham mumkin, bunda katta barmoq dum vazifasini o`taydi. Qo`lqop qo`g`irchoq tanasi bo`lishi, unga bosh va boshqa detallarni biriktirish ham mumkin. Qo`lqop topilmasa‚ unda to`qilgan eski buyum yoki matodan foydalanamiz. Bunda bichishda barmoq o`rnini bichish shart emas, turli detallar unga tikib qo`yiladi.
Qo`lqop qo`g`irchoqlar(barmoqli qo`lqop). Qahramonlarni eski qo`lqoplardan tayyorlasa bo`ladi. Agar eski qo`lqop topilmasa, uni tikish mumkin. Bolalarga tavciya etiladigan qo`lqopning andozasi (besh barmoqlimas, to`rt barmoqli) bo`lishi mumkin. Detallarni bolalar bichib, halqa choki bilan tikadilar. Bosh qismini chizib yoki tikib, belgilangan joyga birlashtirib qo`yish mumkin. Qo`g`irchoqning asl nusxasini eski qo`lqopdan tiksa bo`ladi. Ortiqcha detalini punktir chizig`i bilan belgilab, olib tashlanadi va xohlagan ertak qahramonlariga ega bo`lish mumkin. Qo`lqopga paypoqdan ozgina ulab qo`yilsa, qo`lga kiyib, tugmachadan ko`zlarini qilib qo`yilsa, qo`l barmoq harakati bilan gapirayotgan harakat holatini ko`rsatish mumkin. Bolalar bunday qahramonlarni o`zlari yasay oladilar‚ ayniqsa ikki eski qo`lqopdan yasalgan o`yinchoq: kuchukcha, mushukcha, quyoncha, bo`ri, tulkichalarni tayyorlash qiyin emas. Qo`lqopning ko`rsatgich va katta barmog`i dum bo`ladi, uning ortiqcha qismlari tikib tashlanadi. Qahramonlarning ayrim detallarini jihozlashda tugmachalar, dur donachalarini ishlatish mumkin. Bunday o`yinchoqlardan bolalar sahnalashtirish faoliyatida foydalanadilar.

Download 0.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling