Qoidalari: Ish beruvchining majburiyatlari


Download 25.79 Kb.
bet1/2
Sana05.11.2023
Hajmi25.79 Kb.
#1749154
  1   2

FARG’ONA KIMYO ZAVODI MCHJ LOS SEHI

QOIDALARI:



  1. Ish beruvchining majburiyatlari.



    1. Xodimlarni mehnat shartnomasi yoki boshqa qonun hujjatlari asosida belgilangan ish bilan ta’minlash.

    2. Mehnat va ishlab chiqarish intizomini ta’minlash.

    3. Mehnatni muhofaza qilish talablarini bajarish, xavfsiz mehnat sharoitini yaratish

    4. Xodimlarni ehtiyoj va talablarini o’z vaqtida o’rganib, ularni qoldirish uchun zarur choralarni ko’rish.

    5. Har bir xodimni o’z lavozim ko’rsatnamalari va unga yuklatilgan vazifalar bilan tanishtirish.

    6. Jamoa shartnomasi asosida belgilangan tadbirlar va majburiyatlarni bajarish.

  1. Xodimning majburiyatlari.

    1. Mehnat shartnomasi va lavozim ko’rsatmalarida belgilangan vazifalarni sitqi dildan bajarish.

    2. mehnat va ishlab chiqarish intizomiga qat’iy rioya qilish.

    3. Ish bajaruvchining qonuniy topshiriqlari va o’z vaqtida sifatli bajarish.

    4. Mehnat muhofazasi xavfsizlik texnikasi va ishlab chiqarish sanitariyasi qoidalariga amal qilish.

    5. Korxona mulki va ish qurollarini ko’z qorachig’iday asrash, ularga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo’lish.

    6. Xodimlar, iste’molchilar, rahbar va boshqalar bilan munosabatlarida axloq me’yorlariga amal qilish.

    7. O’z ish malakasini doimiy oshirib borish.



  1. Xodimlarning mehnat va ijtimoiy huquqlari.

    1. Mehnat qonunida belgilangan miqdordan kam bo’lmagan ish haqi olish.

    2. Ish vaqtidan unumli foydalanish uchun yetarli dam olish, haftada, bayram kunlari dam olish va yilda bir marta haq to’lanadigan ta’tilga chiqish.

    3. Xavfsizlik va sanitariya gigeniyasi talablariga javob beradigan mehnat sharoitida ishlash.

    4. Kab yo’nalishi bo’yicha o’qish, qayta tayyorlash va malakasini oshirish.

    5. Ish bilan bog’liq holatlarda sog’ligini yo’qotish oqibatida yetkazilgan zararni undirish.

    6. Kasaba uyishmasiga yoki boshqa jamoa mehnatkashlarning manfaatini yoqlaydigan tashkilotlarga a’zo bo’lish.

    7. Yoshi bo’yicha mehnatga layoqatsizligini yo’qotish boquvchisidan ayrilish va boshqa qonunlarga asosan belgilangan holatlarda ijtimoiy ta’minlash.




  1. Download 25.79 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling