Qo’l va gavda skeleti oyoq va bosh skeleti. Gavda skeleti
Download 36.91 Kb.
|
Qo
Tana skeleti.
Tana skeleti umurtqa pog‘onasi, qovurg‘alar va to ‘sh suyagidan iborat (7-rasm). U m urtqa p o g ‘onasi (Columna vertebralis) odam skeletining asosi b o iib , uning o ‘rtacha uzunligi erkaklarda 73-75 sm, ayollarda esa 69-71 sm. 54 U m urtqa pog‘onasi b o ‘yin, ko ‘krak, bel, dum g‘aza va dum qismlarga bo ‘linadi. Um urtqa pog‘onasi 33-34 ta umurtqadan tuzilgan. Har qaysi qismdagi umurtqalar bir-biridan bir oz farq qiladi. Har qaysi umurtqada tana, teshik, ravoq va uch xil o ‘siq bo‘ladi. Umurtqa ravog‘idan bitta orqa yoki o ‘tkir o ‘siq, ikkita yuqori va ikkita pastki bo‘g‘im o‘siqlari chiqadi. Umurtqalar teshigi umurtqa pog‘onasi kanalini hosil qiladi. Bu kanalda orqa miya joylashadi. B o‘yin qism ida 7 ta um urtqa bor. U larning tanasi yaxshi rivojlanmagan, o ‘tkir o‘siqlarning uchi ayri hosil qiladi. K o‘ndalang o ‘siqlarda teshiklar b o ‘ladi. Birinchi b o ‘yin um urtqasi A tlant, ikkinchi buyin umurtqasi esa epistrofey deb ataladi. Bular boshqa bo‘yin umurtqalaridan ajralib turadi. Atlantda tana va o ‘tkir o ‘siq yo‘q. U faqat ikkita ravoqning birikishidan hosil bo‘ladi. Epistrofey tanasining yuqori qismidan tishsimon o‘siq bor. Atlant kalla suyagi bilan birga shu o ‘siq atrofida aylanadi. K o‘krak qismida 12 ta umurtqa, 12 juft qovurg‘a va to ‘sh suyagi joylashadi. K o ‘krak um urtqalari b o ‘yi um urtqalariga nisbatan yirikroq, tanasi balandroq va enliroq, um urtqa teshigi yurnaloq bo‘ladi. K o‘ndalang o ‘siqlari anchagina uzun, yo‘g‘on va orqaga q arab egilgan, o ‘tk ir o ‘siqlar esa pastga q arag an . K o ‘krak umurtqalarining tanasi va k o ‘ndalang o ‘sig‘i uchida qovurg‘alar boshi kelib birikadigan yuza bor. Umurtqa pog‘onasining bel qismida ancha yaxshi rivojlangan, tanasi yo‘g‘on, o ‘siqlari qalin va juda mustahkam 5 ta bel umurtqasi joylashgan. Dumg‘aza umurtqalari 5 ta bo‘lib, 17-25 yoshlarda o‘zaro qo‘shilib bitta butun dumg‘aza suyagi (os sacrum)ni hosil qiladi. Bu suyakning kengayib ketgan yuqori tomoni dumg‘azaning asosi, pastki tor tomoni uchi deyiladi. Dumg‘azaning yon yuzlarida, asosi yaqinida quloqsimon bo‘g‘im bor. Dumg‘aza suyagi chanoq suyaklari bilan shu yuzalar yordamida birikadi. Dumg‘azaning orqa (dorsal) yuzasida keng g‘adir- budur joy, o ‘rta qirra va ikki juft yon qirra bo ‘ladi. Bu qirralar um urtqalarning o ‘tkir o ‘siqlari, b o ‘g ‘im va yon o ‘siqlarining birikishidan vujudga keladi. Dumg‘azani yonbosh suyagi biriktiruvchi boylam keng g‘adir-budurlikka yopishadi. Dumg'azaning asosidan uchigacha boradigan dumg‘aza yo‘li bor. Bu yo‘l umurtqa yo‘lining davomi bo‘lib, pastda dumg‘aza teshigi bilan tugaydi. Dumg‘azaning chanoq bo‘shlig‘iga qaragan va orqa (dorsal) yuzlarida to ‘rt juftdan teshik bor. Bu teshiklardan tomirlar va nervlar o ‘tadi. Ayollarning dumg‘aza suyagi erkaklaming dumg‘aza suyagiga nisbatan keng va kaltaroq, oldinga kamroq egilgan bo'ladi. Dum qismi rivojlanmagan 4-5 ta umurtqadan iborat. Voyaga yetgan odamda dum umurtqalari qo‘shilib ketib, bitta dum suyagi (os coccigis)ni hosil qiladi. 55 U m urtqa pog‘onasi yangi tug‘ilgan bolalarda deyarli to ‘g‘ri b oiadi. Bola yura boshlagach, umurtqa pog'onasining bo‘yi va bel qismi oldinga (lordoz), k o‘krak va dumg‘aza qismi orqaga (kifoz) egiladi. B a’zi o d am larda u m u rtq a p o g ‘onasi yon tom onga qiyshayadi. Bu bolalik va o ‘smirlik davrida n o to ‘g ‘ri o ‘tirish natijasida paydo boiadi. U m urtqa pog‘onasining b o ‘yin, k o ‘krak va bel um urtqalari umurtqalararo tog‘ay boylamlar va bo‘g‘imlar yordamida o‘zaro birikadi. Dumg‘aza bilan bel suyagi o‘rtasida ham boylamlar bor. V dumg‘aza umurtqasi bilan I dum umurtqasi tanalari o ‘rtasidagi fibroz tog‘ay dumg‘aza va dum umurtqalarini birlashtirib turadi. Download 36.91 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling