Qo‘l yozma huquqida Himoya qilishga ruxsat udk 32(575. 1): 2: 34 Magistratura bo‘limi boshlig‘i D. Mamatkulov


Muammoli vaziyat yaratish usullari


Download 214.19 Kb.
bet17/31
Sana17.06.2023
Hajmi214.19 Kb.
#1541681
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   31
Bog'liq
Yuldashova Qunduz Bozorovna11 (2)

Muammoli vaziyat yaratish usullari:
- о’qituvchi о’quvchilarga dars mavzusi bilan bog‘liq ziddiyatli holatni tushuntiradi va uni yechish yо’lini topishni taklif qiladi;
- bir masalaga doir turli nuqtai-nazarlarni bayon qiladi;
- hal etish yetarli bо’lmagan yoki ortiqcha ma’lumotlar bо’lgan yoki savolning qо’yilishi notо’g‘ri bо’lgan masalalarni yechishni taklif etadi va boshqalar.
Muammoli vaziyatni hal etish darajalari:
- о’qituvchi muammoni qо’yadi va о’zi yechadi;
- о’qituvchi muammoni qо’yadi va uning yechimini о’quvchilar bilan birgalikda topadi;
- о’quvchilarning о’zlari muammoni qо’yadilar va uning yechimini topadilar.
Muammoli vaziyatni yechishda qо’llaniladigan usullar:
- muammoni turli nuqtai nazardan о’rganish, tahlil qilish;
- solishtirish, umumlashtirish;
- vaziyatga bog‘liq xulosalar chiqarish;
- о’quvchilarning о’zlari aniq savollar qо’yishi va boshqalar.
Muammoli ta’lim mashg‘ultlarini tashkil etish va boshqarish quyidagi bosqichlarni о’z ichiga oladi:
- о’quv fani va dasrlar mavzusini о’rgatishda ular bilan bog‘liq muammoli masalalarni belgilash;
- ulardan muammoli vaziyatlar hosil qilish va amalda foydalanishni oldindan rejalashtirib borish;
- о’quvchilarning tayyorgarlik darajasini hisobga olish;
- zarur о’quv vositalarini tayyorlash;
- topshiriqni va uni yechish uchun yetarli shartlarni aniq bayon qilish;
- о’quvchilarning notо’g‘ri taxminlari asosida chiqargan xulosalari oqibatini muhokama etib, tо’g‘ri yо’lni topishlariga kо’maklashish va boshqalar.
Muammoli ta’lim jarayonini quyidagi uchta asosiy bosqichga ajratish mumkin:
1. Muammoli vaziyat hosil qilish.
2. Muammoni yechish taxminlarini shakllantirish.
3. Yechimning tо’g‘riligini tekshirish.
Muammoli vaziyat hosil qilishda quyidagilar hisobga olinishi lozim: Muammolar nazariy yoki amaliy yо’nalishda bо’ladi.
Bu texnologiya “Bitta osmon ostida” mavuzusi yuzasidan о’tkazilsa ham ta’lim jarayonida о’quvchi va talabarning mustqil fikrlashlariga turtki beradi. Mazkur mavzuda ham muammoli vaziyatlar kо’p.
Misol uchun: Millatlararo munosabatlar deganda nimani tushunasiz? Diniy bag‘rikenglik va vijdon erkinligi to‘g‘risidagi qonunni mohiyatini qanday tushunasiz? Taraqqiyotning o‘zbek modeli, Harakatlar strategiyasi va Taraqqiyot strategiyasida millatlararo munosabatlar va diniy bag‘rikenglik masalasining yoritilishini izohlang? Kabi muammolarni о’rtaga tashlasa bо’ladi.

Download 214.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling