Qo‘l yozma huquqida Himoya qilishga ruxsat udk 32(575. 1): 2: 34 Magistratura bo‘limi boshlig‘i D. Mamatkulov
«Zinama - zina» texnologiyasi:Texnologiyaning xarakteristikasi
Download 214.19 Kb.
|
Yuldashova Qunduz Bozorovna11 (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Texnologiyaning maqsadi.
- Texnologiyaning qо’llanishi
- Mashg‘ulotni о’tkazish tartibi
«Zinama - zina» texnologiyasi:Texnologiyaning xarakteristikasi. Ushbu mashg‘ulot talaba (yoki о’quvchi)larni о’tilgan yoki о’tilishi kerak bо’lgan mavzu bо’yicha yakka va kichik jamoa bо’lib fikrlash hamda xotirlash, о’zlashtirilgan bilimlarni yodga tushirib, tо’plangan fikrlarni umumlashtira olish va ularni yozma, rasm, kо’rinishida ifodalay olishga о’rgatadi. Bu texnologiya talaba (yoki о’quvchi); bilan bir guruh ichida yakka holda yoki guruhlarga ajrashlgan holda yozma ravishda о’tkaziladi va taqdimot qilinadi.
Texnologiyaning maqsadi. Talaba (yoki о’quvchi)larni erkin, mustaqil mantiqiy fikrlashga, jamoa bо’lib ishlashga, izlanishga, fikrlarni jamlash ulardan nazariy va amaliy tushuncha hosil qilishga, jamoaga о’z fikri bilan ta’sir eta olishga, uni ma’qullashga, shuningdek, mavzuning tayanch tushunchalariga izoh berishda egallagan bilimlarini qо’llay olishga о’rgatish. Texnologiyaning qо’llanishi: maruza (imkoniyat va sharoit bо’lsa), seminar, amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlarida yakka tartibda yoki guruhlarda о’tkazish hamda nazorat darslarida qо’llanilishi mumkin. Mashg‘ulotda qо’llaniladigan vositalar: A-3, A-4 qog‘ozlarida tayorlangan (mavzuni ajratilgan kichik mavzuchalar soniga mos) chap tomoniga mavzular yozilgan tarqatma materiallar, flomaster (yoki rangli qalam)lar. Mashg‘ulotni о’tkazish tartibi: • о’qituvchi talaba (yoki о’quvchi)larni kichik mavzular soniga qarab 3-5 kishidan iborat kichik guruhlarga ajratadi (guruhlar soni 4 yoki 5 ta bо’lgani ma’qul); • talaba (yoki о’quvchi)lar mashg‘ulotning maqsadi va uni о’tkazilish bilan tanishtiriladi. Har bir guruhga qog‘ozning chap qismida kichik yozuvi bо’lgan varaqlarni tarqatiladi; • о’qituvchi guruh a’zolarini tarqatma materialda yozilgan kichik mavzuni bilan tanishishlarini va shu mavzu asosida bilganlarini flomaster yor qog‘ozdagi bо’sh joyiga jamoa bilan birgalikda fikrlashib yozib chiqish fasini beradi va vaqt belgilaydi; • guruh a’zolari birgalikda tarqatma materialda berilgan kichik mavzu yozma (yoki rasm, yoki chizma) kо’rinishida ifoda etadilar. Bunda guruh kichik mavzu bо’yicha imkoni boricha tо’laroq ma’lumot berishlari kerak bо’ladi; • tarqatma materiallar tо’ldirilgach, guruh a’zolaridan bir kishi taqdimot qiladi. Taqdimot vaqtida guruhlar tomonidan tayyorlangan material, albatta, doskaga mantiqan tagma-tag (zina shaklida) ilinadi; • о’qituvchi guruhlar tomonidan tayyorlangan materiallarga izoh berib ularni baholaydi va mashg‘ulotni yakunlaydi. “Bitta osmon ostida” mavzusini о’tishda kichik guruhlarga quyidagi vazifalarni bersa bо’ladi. Misol uchun: 1-guruhga Millatlararo munosabatlar tushunchasini izohlang? Ko‘p millatli davlarlarda bu munosabat qanday amalga oshadi? Misol keltiring. 2-guruhga Diniy bag‘rikenglikning mohiyati hamda bosh Qomusimizda qaysi moddada berilgan va izohlang? 3-guruhga Nima uchun hozirgi davrda millatlararo munosabatlar, diniy bag‘rikenglik va vijdon erkinligi munosabati taraqqiyot garovi sifatida izohlanmoqda? 4-guruhga Millatlararo munosabatlar va davlat tashqi siyosatini bog‘liqligini tushuntirib bering? Mana shu munosabatlarni sanab bering. Download 214.19 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling