Tajriba-sinov ishlarini tashkil qilish quyidagilarni о’z ichiga oladi:
1. Pedagogik texnologiyaning tajriba-sinov dasturini tayyorlash.
2. Dasturni amalga oshirish uchun shart-sharoitlar yaratish:
- tajriba-sinov ishlarining moddiy bazasini yaratish;
- boshqaruv vazifalarini taqsimlash;
- kadrlarni bu jarayonga maxsus tayyorlashni tashkil qilish.
3. Tajriba-sinov ishlarini amalga oshirish.
4. Tajriba-sinovda ishtirok etgan pedagoglarni moddiy va ma’naviy rag‘batlantirish.
5. Ilmiy rahbar yoki konsultant izlash, tanlab olish va ularni tajriba-sinov ishlariga jalb etish.
Tajriba-sinov dasturini tayyorlashda quyidagilar nazarda tutiladi:
Taklif qilinayotgan pedagogik texnologiyaning dolzarbligini asoslash. Uning asosiy mazmunini bayoni.
Tajriba-sinov obyektini aniqlash:
-pedagogik jamoa;
-о’quvchilar;
-tarbiyaviy ish tizimlari va boshqalar.
2. Tajriba-sinov predmeti.
3. Tajriba-sinov maqsadini talqin etish:
-yangi metodika;
-yangicha tabaqalashtirish;
-yangi dastur yoki о’quv rejasi;
-ma’lum texnologiyaning yangicha varianti;
-yangi metodik ishlanma va hokazo.
4. Tajriba-sinov vazifalarini umumiy hamda xususiy maqsadlar bо’yicha aniq belgilash.
5. Tajriba-sinovning aniq metodikalari va metodlarini tanlab olish.
6. Tajriba-sinov muddatini belgilash.
7. Tajriba-sinov bosqichlarini belgilash.
8. Talab qilinadigan vaqt miqdorini belgilash.
9. Tajriba-sinovning aniq bazasini aniqlash.
10. Tajriba-sinovdan kutilgan natijalarni baholash mezonlarini tanlab olish.
11. Kutilayotgan natijalarni belgilash.
12. Tajriba-sinov dasturini ekspertiza qilish tartibini belgilash.
13. Tajriba-sinov jarayoni natijalarini kuzatib borish, nazorat qilish qoidalarini belgilash.
14.Tajriba-sinov natijalarini rasmiylashtirish tartibini belgilash va boshqalar.
Pedagogik texnologiyalarning samaradorligini baholash uchun uning uzluksiz kuzatilishi-monitoringini tashkil etish lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |