III. “Yangi mavzuning bayoni” qismi
Ushbu qismda о’qituvchi tomonidan tayyorlangan ma’ruza sodda, ravon va mavzuning mazmun-mohiyatini qamrab olgan bо’lish kerak. Quyida mavzuga oid ma’ruzadan namuna keltiriladi:
Jahon tajribasidan ma’lumki, davlatning barqarorligi ko‘p jihatdan millatlararo munosabatlardagi turli muammolarni hal etish qobiliyatiga bog‘liqdir. Tarixiy jihatdan tolerantlik (bag‘rikenglik) insonlarga hamdard bo‘la olish xususiyatlari Sharq sivilizatsiyasi tarkibida shakllangan.
Millatlararo tolerantlik masalasi – faol, boshqalarning fikriga, dunyoqarashiga va harakatlariga notabiiy ravishda bo‘ysunish; bo‘ysunadigan bardosh emas, balki faol axloqiy-ma’naviy dunyoqarash va etnoslar orasidagi, ijtimoiy guruhlar orasidagi boshqa madaniyat, millat, dinlar va ijtimoiy muhitlar orasidagi o‘zaro munosabatlarda insonni bardosh bilan sabr qilishga psixologik jihatdan tayyorligini ko‘rsatib turuvchi faol pozitsiya bo‘lib, muayyan metodikalar asosida o‘rganilgan hamda ilmiy natijalar tahlil etilgan.
IV. “Darsni mustahkamlash” qismi
Ushbu qismda о’qituvchi tomonidan о’quvchilarga о’tilgan yangi mavzuga oid test topshiriqlari, tezkor savollar, interfaol topshiriqlar (chaynvord, krassvord va hk.) berilishi madsadga muvofiq:
Savol va topshiriqlar:
Millatlararo hamjihatlik va totuvlik go‘yasi nima uchun umumbashariy qadriyat hisoblanadi?
Nima uchun har bir millatni Yaratganning buyuk mо’jizasi deymiz?
Dunyodagi barcha odamlar umumiy ildizga ega, deganda nimani tushunasiz?
Xalqimizga xos dо’stlik, birodarlik fazilatlari haqida tarixiy misollar asosida gapirib bering.
Dunyoda millatlararo hamjihatlikka rahna soluvchi qanday illatlar mavjudligi tо’g‘risida sо’zlang.
V. “Baholash” qismi
Bu qismda faol qatnashgan о’quvchilar xolis baholananishi maqsadga muvofiq.
VI. “Uyga vazifa berish” qismi
Kо’p hollarda dars juda yaxshi, talaba darajasida tashkil etilgan bо’lsa-da, “Uyga vazifa” qismiga vaqt qolmaydi. Vaqt qolmagach aksariyat о’qituvchilar “Mavzuni о’qib keling” yoki “Savollarga yozma javob yozib keling” deyish bilan chegaralanadilar.
Afsuski bunday holat juda chiroyli, mazmunli, talab darajasida о’tilgan darsning ijobiy tomonlarini “yuvib” ketadi.
Bizningcha, ushbu qismga ham о’qituvchi alohida tayyorgarlik kо’rishi, innavatsion xarakterda yondashishi, о’quvchilarni uyga vazifani bajarishga ilhomlantirishi zarur. Kerak bо’lsa, qaysidir vazifani о’zi bajarib, sо’ng keltirilgan namuna asosida о’quvchilarni berilgan uy vazifasini bajarishlariga undashi ijobiy samara beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |