Qo‘l yozma huquqida Himoya qilishga ruxsat udk 32(575. 1): 2: 34 Magistratura bo‘limi boshlig‘i D. Mamatkulov


Download 214.19 Kb.
bet27/31
Sana17.06.2023
Hajmi214.19 Kb.
#1541681
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   31
Bog'liq
Yuldashova Qunduz Bozorovna11 (2)

III bob bо’yicha xulosalar.
Tahlillar yuzasidan quyidagi fikrlarni ilgari surish mumkin.
Avvalo, ta’lim tizimidagi “Tarbiya” darslarini tashki etish jarayonida ta’lim texnologiyalari yordamida yuqori samaradorlikka erishish mumkin.
Ikkinchidan, tajriba-sinov ishlarini umumlashtirishda test, testologiya prinsiplari, funksiyalari, parametrlari, interpretatsiyasi hamda matematik statistika imkoniyatlaridan foydalanilganda о’quv jarayonining samaradorlik darajasi yaqqol namoyon bо’lishi aniqlandi.
Uchinchidan, maktab о’quvchilari ongida ma’naviy bilimlarni shakllantirish va olgan bilimlarini amaliyotda qо’llay olishlari uchun pedagogik muhit yaratish zarurligi isbotlandi.
Tо’rtinchidan, magisterlik dissertatsiyasida tarbiya fanini metodologik asoslari va barkamol avlodni tarbiyalashdagi ahamiyati yoritib berildi.
Beshinchidan, tadqiqotning nazariy va amaliy ahamiyati fanlararo aloqadorlikda tarbiya о’quv fanini о’qitish jarayoni orqali ta’lim samaradorligiga erishishi bilan belgilanadi.
О’quvchilarda о’qitish jarayonida bilim va kо’nikmalari shakllantirish usul va uslublari yaratildi, metodik va amaliy tavsiyalar berildi. Tarbiya fanini yangi pedagogik texnologiyalar asosida о’qitishning о’ziga xos xususiyatlari tadqiq qilindi.


UMUMIY XULOSA
Tobora globallashib va murakkablashib borayotgan bugungi davrda hayotning o‘zi bizga turli millat, e’tiqod va din vakillari o‘rtasida o‘zaro hurmat va hamjihatlik hukm surgan sharoitdagina umumiy bo‘lgan O‘zbekiston har millatimizning kelajagini ta’minlashga erishish mumkinligini ko‘rsatib turibdi. "O‘zbekiston-umumiy uyimiz", "Vatan yagonadir", "Bag‘rikenglik - o‘zbek xalqining buyuk fazilati", "O‘zbekiston - bag‘rikeng diyor", "Diniy e’tiqodlar – tinchlik xizmatida" kabi iboralar bejizga aytilmaydi. Bu go‘ya xalqimizning, millati, dinidan qat’i nazar, shu yurtda yashayotgan har bir insonning hayotida mustahkam o‘rin egallaydi. O‘zbekistonning bu borada olib borayotgan oqilona siyosati yurtimizning ravnaqi, yurt tinchligi, xalq farovonligi kabi umummilliy go‘yalarni barcha yurtdoshlarimiz bilan hamkor va hamjihat bo‘lib amalga oshirishimizda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Zero, necha ming yillik tariximiz shundan guvohlik beradiki, dinlararo totuvlik, insonparvarlik, millatlararo totuvlikka intilish xalqimizning eng yuksak fazilatlaridandir.
Bugungi kunda О’zbekistonning ijtimoiy, ma’naviy-ma’rifiy sohada olib borilayotgan islohotlar haqida sо’z ketganda “Yangi О’zbekiston” yoki “Uchinchi Renessans” iboralari tez-tez tilga olinmoqda. Bu taraqqiyotning mutlaqo yangi bosqichiga qadam qо’yganimiz, erishayotgan zalvorli yutuqlarimizning e’tirofidir. Darhaqiqat, “Yangi О’zbekiston”da hamma sohalar kabi ajdodlar merosini о’rganish, xalqimizga, dunyoga yetkazish, e’tirof va ehtirom kо’rsatishda ham sezilarli ishlar amalga oshirilmoqda. Vatanimiz tarixiga nazar tashlaydigan bо’lsak, ikki marta Renessans davri bо’lganini kо’rishimiz mumkin.
O‘quvchilarda diniy bag‘rikenglikning shakllanishida ulardagi an’anaviy, zamonaviy va rivojlangan dinamik madaniyat bilan uzviy aloqadorlik mavjud;
Diniy bag‘rikenglikning rivojlanishi etnik tolerantlik, ijtimoiy tolerantlik va barkamollik bilan o‘zaro munosabatlarda yaqqol kuzatiladi.
Yuqorida olingan xulosalar yuzasidan quyidagi tavsiyalarni berishni lozim topdik:
-millatlararo munosabatlar va diniy bag‘rikenglikni yoshlarda shakllantirishning mazmunini psixologik jihatdan belgilab olish, milliy bag‘rikenglikni shakllantirishning mezonlari, mavzulari va xususiyatlarini to‘la qamrab olib, uning psixologik shakl, uslub va vositalari tizimini ishlab chiqish;
- shakllantiruvchi treninglar orqali yoshlarni o‘zaro muloqot va muomala madaniyatiga, bahs olib borish, yetakchilik qilish, ziddiyatlarning ijobiy yechimini topish, o‘zgalar madaniyati, qadriyatlari va huquqlarini hurmatlash madaniyatiga o‘rgatish;
- har bir shaxs noyob hodisa, takrorlanmas voqelik ekanligini chuqur anglash, o‘zgalarga ma’naviy-ruhiy va jismoniy zarar yetkazmaslik, o‘zgalar bilan insoniy munosabatga kirishish madaniyatini, insonlararo kommunikativlik ko‘nikmalarini shakllantirish.






Download 214.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling