Qo‘llaniladigan ta’lim texnologiyalari


Download 40.79 Kb.
bet2/4
Sana16.06.2023
Hajmi40.79 Kb.
#1511834
1   2   3   4
Bog'liq
1 bilet va 2 bilet

Investitsiya loyihasining predmeti, tushunchasi, maqsadi va strukturasi.

“Investitsiya loyihalarini boshqarish” fanini o’rganish talabalarda investitsiya loyihalarini amalga oshirish bo’yicha qarorlarni qabul qilish, ularni moliyalashtirish, monitoringini olib borish, shuningdek, samaradorligini ta’minlash bilan bog’liq mustahkam bilimlarni shakllantirish hamda amaliy ko’nikmalarni hosil qilish vazifalarini o’zida namoyon etadi.
“Investitsiya loyihalarini boshqarish” fanini o’qitishning asosiy maqsadi talabalarda moliyaviy qo’yilmalarning maqbul yo’nalishlarini tanlash, ular samaradorligini aniqlash va ta’minlashda muhim ahamiyat egallovchi investitsiya loyihalarini boshqarishni tashkil etishning asosiy yo’nalishlari, zamonaviy usullaridan foydalanish bo’yicha bilim, ko’nikma va malakani shakillantirishdan iborat.
O’zbekistonda amalga oshirilayotgan investitsiya siyosati mustaqillikning dastlabki yillaridanoq yoqilg’i energetika va don mustaqilligini ta’minlash, iqtisodiyotda tarkibiy o’zgarishlarni amalga oshirish, eksport salohiyatini oshirish va import o’rnini bosuvchi mahsulot ishlab chiqarishni ko’paytirish uchun ustuvor sohalarni qo’llab-quvvatlash, chet el investitsiyalarini jalb qilish uchun ochiq eshiklar siyosatini olib borish kabilarga qaratildi. Investitsiya siyosatni olib borishda quyidagi tamoyillarga asoslanildi:
 belgilangan davlat ustuvorliklari asosida eng muhim tarmoqlar va faoliyat sohalarini tanlab qo’llab-quvvatlash;
 ijtimoiy ahamiyatli tarmoqlarni (sog’liqni saqlash ta’lim, madaniyat va h.k.) aholi turmush darajasini yaxshilish, umrini uzaytirish, ijtimoiy jihatdan keskin tabaqalanishning oldini olish, iste’mol talabining faollashuvini ta’minlash maqsadida etarli darajada qo’llab-quvvatlash;
 chet el investitsiyalarini o’zaro manfaatdorlik asosida ustuvor sohalarga jalb qilish;
 potentsial investitsiya resurslarini savdo sohasi va pul bozoridan sanoat sohasiga qayta taqsimlash;
 ilmiy-tadqiqot, tajriba-konstruktorlik ishlarini qo’llab-quvvatlash, xorijdan yangi texnikalar uchun litsenziyalar sotib olish, katta laboratoriyalarni saqlab turishga quvvati etadigan yirik korporatsiyalar tuzish orqali ishlab chiqarish kapitalini jamlash hisobiga intelektual kapital va ilmiy-texnik potentsialni oshirish;
 qishloq xo’jaligi mahsulotlari va mineral xom ashyo resurslarini chuqur qayta ishlash va ularni tashqi bozorda raqobatbardosh bo’ladigan darajaga olib chiqishga yo’naltirilgan investitsiya loyihalarini qo’llab-quvvatlash;
 aholining oziq-ovqat va iste’mol tovarlariga bo’lgan ehtiyojlarini qondirishga mo’ljallangan ishlab chiqarish quvvatlarini jadal rivojlantirishni investitsiyalar bilan ta’minlash;

 investitsiya jarayonlari ishtirokchilarining o’zaro aloqalarini tartibga solib turuvchi qonunchilik bazasini takomillashtirish.


3


Download 40.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling