Qo‘llaniladigan ta’lim texnologiyalari


Loyihani rejalashtirish, tashkil etish va nazorat qilish usullari va ularning mazmuni. Loyihani boshqarishni tashkil qilishning maqsadi


Download 40.79 Kb.
bet3/4
Sana16.06.2023
Hajmi40.79 Kb.
#1511834
1   2   3   4
Bog'liq
1 bilet va 2 bilet

Loyihani rejalashtirish, tashkil etish va nazorat qilish usullari va ularning mazmuni. Loyihani boshqarishni tashkil qilishning maqsadi
Rejalashtirishdan asosiy maqsad – loyihaning pirovard natijalariga erishishni ta’minlaydigan ishlar majmuasini bajarish uchun loyihaning barcha ishtirokchilarning integratsiyasini (yig’ilishi) ta’minlash.
Rejalashtirish – bu ishtirokchi-tashkilotlar hamda ishlar o’rtasidagi munosabatning maqsad va parametrlarini aniqlashni, loyiha oldiga qo’yilgan maqsadlarga erishishni ta’minlaydigan boshqa tashkiliy texnologik va iqtisodiy yechimlarni tanlash va resurlarni taqsimlashni ko’zda tutuvchi harakatlar majmui.
An’anaviy ravishda quyidagi rejalar tizimi vujudga keldi. Investitsiyalashdan oldingi bosqichda TIA va investitsiyalarning tarkib topishida - birlashtirilgan loyihani amalga oshirish rejasi, resurslarning asosiy ko’rinishlariga bo’lgan ehtiyojni hisobga olgan holda loyihani hujjatlashtirishni ishlab chiqish bosqichida qurilishni tashkillashtirish loyihasining tarkibida (QTL):

Tashkiliy-texnologik tadbirlar hamda ishlarni ishlab chiqish loyihasining tarkibi yaratilishi bosqichida:

  • ishlar majmuasi yoki ob’ekt bo’yicha bajariladigan ishlarni ishlab chiqishning kalendar rejasi;

  • majmuaviy grafigi;

  • qurilish ob’ektining asosiy rejasi;

  • qurilish ob’ektiga kiritilgan materiallar grafigi;

  • ishchi kadrlar harakati grafigi;

  • soatbay grafiklarni hisobga olgan holda texnologik kartalar;

  • ishlarning har xil turlarini bajarish bo’yicha tadbirlar;

  • operativlik-dispetcherlikni boshqarish bo’yicha takliflar.

Qurilish tashkilotlarida ishlar dasturini ishlab chiqarishda amalda ro’y berayotgan ishlab chiqarishdagi holatlar va mavjud mehnat va material-texnik resurslarni ish fronti tayyorligini hisobga olgan holda ob’ektlarni ko’rish, resurslar va boshqa PPR hujjatlarining kelish grafiklarining kalendar rejalariga tuzatish qilinadi.

4


Download 40.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling