Qo‘lyozma huquqida udk535. 33


- rasm. Ferromagnetiklarning magnitlanish prosessirining turli tiplari


Download 1.31 Mb.
bet20/40
Sana05.01.2022
Hajmi1.31 Mb.
#226820
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   40
Bog'liq
ferromagnitlarning magnit xossalarini xoll effekti yordamida aniqlash (1)

1.11- rasm. Ferromagnetiklarning magnitlanish prosessirining turli tiplari

Maydon kuchaytirilganda domenlar chegarasining siljishi qaytuvchan bo’lmay qoladi.Magnitlovchi maydoni kattaligi yetarlicha bo’lganda energitik jihatdan no’qulay bo’lgan domenlar butunlay yo’qoladi (1.11-b rasm).

Agar maydon yanada kuchaytirilsa u holda magnitlanish prossesining yangi tipi paydo bo’ladi.Bunda domen ichidagi magnit momentining yo’nalishi o’zgaradi (aylanish magnitlanishi, 1.11-a rasm).Nihoyat juda kuchli maydonda barcha domenlarning magnit momentlari maydonga barobar joylashadi.Bu holatda ferromagnetik mazkur temperaturada eng katta magnit momentiga ega bo’ladi ya’ni to’yinguncha magnitlangan bo’ladi (1.11-b rasm).

Magnitlanishning ko’rsatilgan prosserlari (kuchsiz maydonlarda chegaralarning siljishidan tashqari) bir oz kechikish ro’y beradi ya’ni chegaralarning siljishi va magnitlanish vektorining burilishi maydon o’zgarishidan orqada qoladi, bu esa gisterezis hodisasi ro’y berishiga olib keladi.

Boshqa sababga ko’ra ham paydo bo’lishi mumkin. Biz yuqorida, maydon borligidan domen chegaralarining siljishi tufayli ham energiyaga ega bo’lgan magnit fazaning (domenlarning) hajmi ortadi deb gapirgan edik. Ammo shunday ham bo’lishi mumkinki, ferromagnetikning muayyan holatida yoki maydonning muayyan yo’nalishida magnit faza mavjud bo’lmasligi mumkin, shuning uchun bunday fazaning mayda sohalari paydo bo’lishi va o’sib chiqishi yoki qayta magnitlanish kurtaklari paydo bo’lishi lozim. Bunday qayta magnitlanish kurtaklari fazaning mavjudligi maydonning energetik jihatdan qulay bo’lgan aniq bir qiymatidagina xosil bo’lmay, baliki qayta magnitlanish kurtaklarning o’sishida kechikish ro’y beradi, u ham o’z navbatida gisterezis paydo bo’lishiga olib keladi. Bu hodisa bug’ning o’ta to’yinishiga va suyuqliklarning o’ta sovishiga o’xshaydi, ya’ni barqaror faza o’sishining kechekishi tufayli barqarormas fazalarning mavjud bo’lishligiga o’xshaydi. Agar mayda ferromagnetik krisstall strukturaga ega bo’lsa, ya’ni uning alohida krisstallari faqat bitta domendan iborat bo’lsa, unda juda katta koersitiv kuch olish mumkin bo’ladi.

Turli ferromagnet moddalarning gisterezis egri chiziqlari turlicha bo’ladi. Texnikada ishlatiladigan ferromagnetiklar uchun turli xildagi gisterezislar kerak bo’ladi. Odatda magnit materiallar “yumshoq”-koersitiv kuchi kichik bo’lgan va “qattiq”-koersitiv kuchi katta bo’lgan ferromagnetiklarga ajratiladi. Binobarin, qattiq ferromagnetiklar gisterezis sirtmog’ining yuzasi katta, yumshoq ferromagnetiklarniki esa kichik bo’ladi.




Download 1.31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling