Qon aylanish tizimining yosh xususiyati va ahamiyati 101-mm talabasi
Download 7.21 Kb.
|
Qon aylanish tizimining yosh xususiyati va ahamiyati-genderi.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yurak qon tomiri tizimi gigiyenasi
- Etiboringiz uchun rahmat!
Qonning oqish tezligiQonning oqish tezligi. Qon ham xuddi daryodagi suv kabi uning tor jovida tez. keng joyida esa sekin oqqanidek tomirlarning umumiy yig'indisi tor bo'lgan joy lard a tez (arteriyalarda) va keng bo'lgan joylarda (kapillarlarda) juda sekin oqadi. Qon aylanish tizimining eng tor qismi aorta hisoblanadi, unda esa qon eng tez oqimga ega (500 mm/s). Aortaning har bir arteriyasi, odam tanasidagi hamma arteriyalarning ko'ndalang kesimining yuzasi, aorta yuzasidan katta. Barcha kapillarlarning yuzasini umumiy yig'indisi aorta yuzasidan 800-1000 martaga katta va kapillarlarda qonning oqish tezligi esa aortadagiga qaraganda www.ziyouz.com kutubxonasi 1 ООО martaga sekindir (0,5 mm/s). Kapillarlarda qonning sekin oqishi gazlar almashinuvini ta'minlaydi hamda to ‘yimli moddalarni qondan va parchalanish mahsulotlarini esa to'qimalardan qonga o ‘tishini ta'm in etadi. Qonning aylanish tezligi yosh ulg'ayishi bilan sekinlashadi, bu, o ‘z navbatida, tomirlarni uzayishi bilan bog'liq bo‘lsakeyingi davrlarda esa tomirlar devorining elastikligini pasayishi bilan bog'liq. Bolalarda yurakning juda tez qisqarishi ham qonning tomirlarda oqish tezligini oshishiga olib keladi. Yangi tug'ilgan bolalarda qon katta va kichik qon aylanish doiralarini to'liq aylanib chiqishi uchun 12 s zarur 3 yashar bolalarda - 15 s, 14 yoshda - 18,5 s dan ortiq vaqt sarflanadi. Voyaga yetgan odamlarda qon aylanish vaqti 22 s tashkil qiladi. Yurak qon tomiri tizimi gigiyenasiYurak-qon tomirlar tizimi gigiyenasi. Kun tartibi yurak-tomir tizimiga kuchli ta’sir etadi. Bolaning kun tartibi to ‘g*ri tashkil etilsa yurak-tomir tizimi mo'tadil ishlaydi. Shuning uchun ham ular bajaradigan jismoniy ish va mashqlarning jadalligi va og‘ir-yengilligi, ularning yoshiga mos bo‘lishi kerak, ayniqsa, salbiy his-hayajon, chekish, spirtli ichimliklar ichish, uzoq muddat harakatsizlik yurak-tomir tizimi ishini buzadi. Bolalarning kiyimi, poyabzali qon aylanishni qiyinlashtirmaydigan, vena tomirlarida qon dimlanib qolishiga yo'l qo'ymaydigan bo'lishi kerak. Poyabzal tor bo'lsa, oyoqning qon bilan ta’minlanishi qiyinlashadi. Oyoqda turli qadoq, yara paydo bo'ladi. Bolalarning sof havoda bo'lishi, jismoniy mashqlar bilan shug'ullanishi, vaqtida ovqatlanishi yurak-tomirlaming normal ishlashida muhim ahamiyatga ega. Etiboringiz uchun rahmat!Foydalanilgan adabiyotlar: Yosh fiziologiyasi va gigiyenasi z. Rajabmurodov va boshqalar ,,Tafakkur bo’stoni’’ Toshkent 2013http://genderi.org Download 7.21 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling