Qon aylanish va nafas faolyatining to’xtashi,Shifoxonagacha shoshilinch tez tibbiy yordam


Download 12.23 Kb.
bet2/4
Sana25.10.2023
Hajmi12.23 Kb.
#1719265
1   2   3   4
Bog'liq
Qon aylanish va nafas faolyatining to’xtashi,Shifoxonagacha shoshilinch

Ikkilamchi tekshirishga o’ting


 Ikkilamchi tekshirishning maqsadi: voqyea sodir bo’lgan joyda, bemorni tezkor ravishda boshdan oyoqgacha baholash. Tekshirish texnologiyasi (birlamchi tekshirish, Glazgo shkalasi bo’yicha hush darajasini baholash, ko’rik, boshni palpasiyasi, ko’z qorachiqlari holatini baholash, bo’yinni ko’rish, ko’krak qafasini ko’rish, palpasiya, perkussiya, auskultasiya qilish, qorinni ko’rish, palpasiya qilish, chanoq suyaklari butunligini aniqlash, qo’l va oyoqlarni, umurtqa pog’onasi qismlarini ko’rish va palpasiyasi)

A. Nafas yo’llari o’tkazuvchanligini ta’minlash.

  • Nafas yo’llari to’silishiga yot jismlar bilan obstruksiya (qon, qusuq massalari, shilliq, til ildizi) sabab bo’lishi mumkin. Aksariyat hollarda til ildizi halqum orqa devoriga tegib qoladi (til ildizini halkum orqa devori ustida ushlab turuvchi pastki jag’ va bo’yin mushaklari tonusi yo’qolgach, til o’z og’irligi bilan tushib halqum orqa devoriga tegib qoladi). Bu komatoz holatdagi bemorlarda nafas olish paytida klapanga o’xshab havo kirishiga to’skinlik qiladi. Yot jism (kabob, meva bo’lagi va h.k) nafas yo’llariga tushgach, laringospazm, bronxospazmga sabab bo’lishi mumkin. 

Safarning uchlik usuli 

  • 1. Boshni ensa-buyin bo’g’imidan orqaga yozish. Bir qul kafti bilan bemorning peshonasiga bosib, boshni maksimal orqaga qayiring, ikkinchi qo’l bilan bo’ynini pastidan ko’taring. Esda tuting! Umurtqaning bo’yin qismi shikasti boshni orqaga qayirishga qarshi ko’rsatmadir (orqa miya shikasti ehtimoli borligi uchun).
  • 2. Pastki jag’ni oldinga va yuqoriga ko’tarish jag’ pastidan yoki burchaklardan ushlab bajariladi. Jag’ni ko’tarilganda yuqori va pastki tishlar bir xil tekislikda bo’lishi kerak.
  • 3. Og’izni ochish. Nafas yo’larida yot jism yo’qligiga ishonch hosil qilish uchun (ishonch hosil qiling). Agar shubha tug’ilsa, og’iz-halkum bo’shlig’i surg’ichda tozalanishi, yot jism bo’lsa, barmoqlar bilan chiqarib tashlashga urinib ko’ring (ko’rsatkich barmoqni halkumga, til asosigacha yuborib (tiqib), ilmokka uxshatib, yoki ko’rsatkich va o’rta barmoqlarni tiqib pinsetga o’xshatib yot jismni chiqarib tashlashga urinib ko’riladi). Agar yot jismni chiqarishni iloji bo’lmasa, bemorni yon boshiga yotkizib, kaft bilan uning orqasiga (kuraklar o’rtasiga) bir necha marta qattik uriladi, so’ngra yot jism olib tashlanadi.

Eslatma!

Download 12.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling