Qon fiziologiyasi va uning funksiyalari bilan tanishish
Foydalanilgan adabiyotlar
Download 103.14 Kb.
|
Foydalanilgan adabiyotlar
Odam va hayvon fiziologiyasi , K.T Almatov , Toshkent “Universitet” – 2004 Odam va Hayvonlar fiziologiyasi , Rajamurodov Z.T , «Tib kitob» nashriyoti Toshkent - 2010 yil Odam fiziologiyasi , E.Nuritdinov , Toshkent “ ALOQACHI” - 2005 12-mavzu; Limfositlat 1. Limfa haqida 2. Limfositlar Limfa - tiniq sargich suyuqlikdir. Qon plazmasiga nisbatan unda oqsilarning miqdori kam o'rtacha 3-4 %. Limfa oqsillariga-albuminlar va globulinlar kiradi, glyukoza o'rtacha 0,1 % ga yaqin, mineral tuzlar - 0 ,8- 0,9 % boiib, uning 67 % NaCl hajmiga to‘g4ri keladi. Limfa iviganida juda bo4sh tromb hosil boiadi, chunki uning tarkibidagi fibrinogenni miqdori plazma tarkibidagidan ancha kam. 1 mm' limfada shaklli elementlaming miqdori 2000 dan 20000 gacha boisa-da, ularning tarkibida eritrositlar va donador leykositlar, odatda, uchramaydi. Shaklli elementlaming 55 % ni limfositlar tashkil qiladi. Ulardan tashqari, monositlar va eozinofilar ham boiadi. Limfa tarkibida diastaza va lipaza fermentlari bilan birga antitanalar ham saqlanadi. Limfaning tarkibi nisbatan doimiy emas va moddalar almashinuvining o'zgarishiga qarab o'zgarib turadi. Ovqat hazmi organlaridan oqib kelayotgan limfaning tarkibida yog'li ovqat iste’mol qilinganidan keyin yog'ning miqdori ortib (3-4 %) u sut ko'rinishiga o'xshash bo'ladi. Limfaning hosil bo'lishi. Organlardan oqib kelayotgan limfaning miqdori keskin o'zgarib turadi va quyidagi sharoitlarda ortadi: 1) qon bosimi ortganda; 2) arterial qon kelishi ortganda; 3) vena qoni to'xtab qolganda; 4) qonning umumiy massasi ortganda; 5) organlar faoliyati kuchayganida (muskul, jigar). Qon tomirlaridagi va ulardan tashqaridagi qon bosimining farqi hisobiga limfa hosil boiadi. Limfaning hosil boiishiga ishlab turgan organlardan kelayotgan dissimilyasiya mahsulotlarining tushishi ta’sir ko'rsatadi, chunki undagi osmotik bosimni oshiradi va qondagi suvni o'ziga tortib oladi. Shu sababli, organning kuchli ishlashi uning miqdorini ko'paytiradi. Limfa yana kapillyarlar endoteliyasining faol faoliyati va uning turli moddalami tanlab o'tkazishi natijasida ham hosil boiadi. Bir qator moddalar limfa hosil boiishini tezlashtiradi va ular quyidagicha farqlanadi: 1) Birlamchi tartibdagi limfodonlar, bularga, oqsillar parchalanishining (peptonlar va albumozlar) mahsulotlari, parranda oqsili, qisqichbaqa muskullarining ekstrakti, yer tutlar kiradi. Nazarimizda bu moddalar kapillyarlar devorlarining limfa hosil qilish funksiyasini oshirsa kerak. Chunki, bu paytlarda limfa tarkibidagi organik moddalarning miqdori ortib, tuzlar miqdori esa o'zgarmay qoladi. 2) Ikkinchi tartibdagi limfodonlar, bularga tuzlar, qand va mochevinaning eritmalari kiradi. Bu eritmalar qonning osmotik bosimini oshiradi va suvni to'qimalardan qonga o'tishini chaqiradi. Bu esa qon bosimini oshirishiga olib keladi va limfa hosil boiishini tezlashtiradi. Turli organlardan oqib kelayotgan limfa o'z tarkibi jihatidan birbiridan ham farq qiladi. Masalan, jigardan, ko'krak limfa yoiidan oqib kelayotgan limfa tananing boshqa qismidan oqib kelayotgan limfaga qaraganda oqsillami ko'proq saqlaydi. Plazmadagi oqsillar konsentratsiyasini 100% deb olsak, u vaqtda jigardan kelayotgan limfadagi oqsillaming konsentratsiyasi 75-84% ga, ko'krak limfa yoiiniki 55-67%ga, ichaklamiki 41-50%ga teng boiadi. Ichakdan oqib kelayotgan limfa tarkibidagi yogiar ko'proq boiadi. Ichaklardan kelayotgan limfada yog'laming ko'payishi hayvon oziqalanganidan so'ng yaqqolroq bilinadi. Limfada oqsillar kamroq bo'lgani uchun uning kolloid-osmotik bosimi ham qon plazmasiga qaraganda kamroqdir. Limfaning mineral tarkibi plazmaning mineral tarkibiga yaqin turadi. Limfa ivish xususiyatiga ega. Chunki unda fibrinogen va protrombin oqsillari bor. Ammo limfaning trombokinaza faolligi past, sababi shuki, limfada trombotsitlar deyarli boimaydi; uning tarkibida ko'p boiadigan limfotsitlar esa bu fennentni juda kam miqdorda saqlaydi. Qayd qilinganidek, limfada qonning shaklli hujayralaridan asosan limfotsitlar ko'p saqlanadi. Limfotsitlar limfa bezlarida hosil bo'lish jarayonida limfaga chiqarib turiladi. Qoramollaming 1mm' limfasida 3500-12000 gacha limfotsitlar boiadi. Bulardan tashqari, limfaning tarkibida monotsitlar, donali leykotsitlar ham uchrab turadi. Limfaning organizmdagi umumiy miqdorini aniqlash ancha qiyin. Uning miqdori qon plazmasining miqdoriga taxminan teng deb qaraladi. Sut hosil boiishida, suv va tuzlar almashinuvida, turli chiqindi moddalarning chiqarilishida, organizmning himoya funksiyasida limfa katta ahamiyatga ega. Gistaminlar, peptonlar, o'tkazish suyuqligi kapillyarlaming o'tkazuvchanligini oshirib, limfa hosil boiishini tezlashtiradi. Bundan tashqari, qonga mochevina, gipertonik eritmalar, glyukoza yuborilganda ham limfaning hosil boiishi ko'payadi. Bu vaqtda qonning osmotik bosimi oshadi. Oqibatda tomirlarga suv so'rilishi kuchayadi. Natijada qonda oqsillaming konsentratsiyasi kamayadi, onkotik bosim pasayadi. Bulaming hammasi limfa hosil boiishining tezlashishiga sabab boiadi. Download 103.14 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling