Qon fiziologiyasi va uning funksiyalari bilan tanishish


Foydalanilgan adabiyotlar


Download 103.14 Kb.
bet9/39
Sana22.01.2023
Hajmi103.14 Kb.
#1109456
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   39
Foydalanilgan adabiyotlar

  • Odam va hayvon fiziologiyasi , K.T Almatov , Toshkent “Universitet” – 2004

  • Odam va Hayvonlar fiziologiyasi , Rajamurodov Z.T , «Tib kitob» nashriyoti Toshkent - 2010 yil

  • Odam fiziologiyasi , E.Nuritdinov , Toshkent “ ALOQACHI” - 2005

6-mavzu: Qonning morfo-biologik xususiyatlari


Reja:
1. Qonning umumiy xususiyatlari
2. Qon plazmaning va zardobning umumiy xususiyatlari
Qon-tiniq bo'lmagan qizil rangdagi sho'rtak ta’mli yopishqoq suyuqlik, boiib ikki qismdan: plazma va shaklli elementlar eritrositlar, leykositlar va trombositlardan iboratdir.
Qonning miqdori va tarkibi tinimsiz o'zgarib tursada, lekin har bir turga xos boigan nisbatan doimiyligi bilan ajralib turadi. Qonning miqdori, tuzilishi va shaklli elementlaming miqdori, plazmaning ximiyaviy tarkibi turli turdagi hayvonlarda bir xil emas. Qonning miqdori uning gavda ogirligining o'rtacha 7 % ini tashkil etadi va 5-9 % gacha o'zgarib turadi, otlarda - 9,8 %, qoramollarda - 8,0 %, qo'ylarda - 8,2 % va cho'chqada - 4,6 %. Normal sharoitda odamlarda tinchlik paytida qon ikki qismga boiinadi. Urtacha 40-50 % umumiy qonning bir qismi tananing barcha qismidagi qon tomirlari bo'ylab harakatda boiadi va aylanib yuruvchi qon
deb ataladi, qolgan qismi esa depolarda saqlanadi - depolarda saqlanib turuvchi qonlami tashkil etadi. Tana haroratining ko'tarilishi, jismoniy ish bajarish, nafasning qisishi, havo yetishmasligi, kuchli diqqatlanish - emosiya, adrenalin gormonini qonga kiritilishi depolarda saqlanuvchi qonning chiqarilishi hisobiga, aylanib yuruvchi qon miqdorining ortishini chaqiradi. Depolarda saqlanuvchi qon taloq, jigar va teriosti kletchatkasi kapillyarlarida jamlangan boiib deyarli aylanib yuruvchi qon bilan qo'shilmaydi. Hisoblashlarga ko'ra taloqda 16 %, jigarda 20 %, terida esa umumiy qonning 10 % saqlanadi. Depolarda saqlanuvchi qonning ahamiyati shundan iboratki, qonning depolarda saqlanishi tufayli aylanib yuruvchi qonning miqdori kamayadi,
natijada organizm tinch paytida yurakka tushadigan yuklama kamayadi. Qon yo'qotish paytlarida va yuqoridagi holatlarda zarur boiib qolgan vaqtlarda reflektor ravishda depo qonlarini aylanib yuruvchi qonga chiqarilishi kuzatiladi, bu esa uning miqdorini oshishiga sabab boiadi.
Shuni hisobga olish zarurki, depolardagi qonlar mexanik sababiarga ko'ra va plazmadan to'qimalarga undagi suvning so'rilishi hisobiga aylanib yuruvchi qonga nisbatan shaklli elementlaming miqdori ko'p boiadi. Masalan, taloqdagi qon tarkibidagi eritrositlar soni aylanib
yuruvchi qonga 3:2 nisbatda bo'ladi. Shu sababli ham, depolarda saqlanuvchi qonning umumiy qon aylanish tizimiga tushishi faqatgina mutloq jihatdan ortishni chaqirmasdan, balki nisbiy jihatdan ham qonda eritrositlar va gemoglobin miqdorini ham oshishini ta’min etadi.
Qisqa muddatga suyuqliklaming organizmga tushishi umumiy qonning miqdorini oshiradi. Qaysiki ichaklardan suvni qonga oiishi kuzatiladi. Organizmga suvni tushishi chegaralanganda, ayniqsa, qon yo'qotilganda qisqa muddatga umumiy qon miqdori kamayadi. Aylanib yuruvchi shaklli elementlarga nisbatan qonning miqdorini juda tez kamayishi organizm uchun juda xavfli, chunki bu paytda qon bosimi pasayib ketadi. Katta miqdordagi qonning sekin yo'qotilishi, kichik miqdordagi qonning tez yo'qolishidan ko'ra xavfsizdir. Sekin-asta yo'qotiladigan 2/3 qism eritrositlar hayot uchun xavfsizdir. Barcha qonning 1/3-1/2 qismini arterial qon yo'qotilishi o'limga olib keladi.
Odamlarda plazmaning hajmi umumiy qonning 55-60 %ini tashkil etadi. Qon plazmasini shaklli elementlardan ajratish uchun tindiriladi yoki sentrifugalanadi, buning uchun unga uni ivishdan saqlovchi moddalar antikoagulyantlardan qo4shiladi. Eritrositlar og ir boiganligi sababli
probirkani tubiga cho'kadi va qizil qatlam hosil bo 4ladi, uning ustida ancha yengilroq boigan rangsiz yoki oqroq qatlam hosil boiadi va uni leykositlar va trombositlar hosil qiladi.
Eng yuqorida esa rangsiz yoki sargish rangli qatlam plazma qoladi. Odam qoni plazmasi 90-91 % suv va 9-10% quruq moddadan iborat boiib, unda oqsillar va tuzlar saqlanadi. Voyaga yetgan odamlar plazmasining 6 ,6-8 ,2 % ini oqsillar yoki quruq moddaning 3/4 qismini
tashkil etadi. Shundan 4-4,5 %i albuminlar, 2,8-3,1 %i globulinlar va 0,1- 0,4 % fibrinogen tashkil etadi. Otlar qoni plazmasida 2,7 % albumin va 4,8 globulin, qoramollarda 3,3 va 4,1 %, cho'chqalarda - 4,4 va 3,9 % o'zaro mos holda saqlanadi. Albuminlami globulinlarga boigan nisbati (oqsil koeffisiyenti) odamlarda 1:1,5 dan 1:2,3 gacha o'zgarib turadi.
Odamlar qonidagi oqsillaming umumiy miqdori qishda ko‘payadi va yozda kamayadi. oqsillaming plazmadagi miqdori oziqlanish xarakteriga bog'liq holda kuzda ko'p va bahorda kam boiadi. Voyaga yetgan odamlarda plazma oqsillarining umumiy miqdori oziqlanishga bog'liq boimagan holda kamayadi. Bu paytda albumin]arning nisbiy miqdori kamayadi va aksincha globulinlar esa ortadi. Ayollarla esa globulinlaming miqdori erkaklarga nisbatan bir muncha ortiq. Globulinlar qonning himoya xususiyatini ta’min etadi. Globulinlar qatoriga kiruvchi fibrinogen qonning ivishida ishtirok etuvchi muhim biologik ahamiyatga ega. U jigarda hosil boiadi. Qon plazmasida moddalar almashinuvining oraliq mahsulotlari mavjud boiib, ulami barcha oqsillami cho'kmaga cho'ktirgandan keyin filtratdan ajratib olish mumkin. Bularga mochevina, siydik ldslotasi, aminokislotalar, kreatinin, ammiak va boshqalami kiritish mumkin.
Bu moddalarda mavjud boigan azot, qoldiq yoki oqsilsiz azot deb ataladi. Uning miqdori voyaga yetgan odamlarda 20-40 mg% yoki 100 sm3 qonga 20-48 mg. tashkil etadi. Qon plazmasida yana glyukoza, sut kislota, yog', yog' kislotalari va yog'simon moddalar ham boiadi. Ertalab och paytida odamlar qoni plazmasida 0 , 1-0,12 % ( 100-120 mg %) glyukoza va 0,5-1,0 % ga yaqin
yog'lar va yog'simon moddalar saqlanadi. Sog'lom odamlar qonida xolesterinni maksimal miqdori qish va kuzda (200-250 mg %) minimal miqdori esa bahor va yozda (170-180 mg %) kuzatiladi. Xolesterinning umumiy miqdori qonuniy ravishda 70 yoshgacha ortib
borsa, so'ngra kamayadi. Ovqat iste’mol qilinganidan keyin odamlar qoni plazmasidagi
glyukozaning miqdori 0,2 % gacha ortishi mumkin, buni alimentar giperglilcemiya deb yuritiladi. Plazmada glyukozaning 0,05 % gacha pasayishi esa gipoglikemiya deb ataladi. Qon plazmasida glyukozaning 0,2 % dan ortib ketishi va 0,05 % dan pastga tushib ketishi organizm
funksiyalarini o g ir buzilishiga va uning oiim iga olib keladi. Tinchlik paytida qondagi sut kislotasining miqdori 10-30 mg % ga teng. Kuchli jismoniy ish bajarilgan paytda uning miqdori bir necha bor ortadi, bundan tashqari, fosfor kislotasi va uning almashinuv mahsulotlari
oqsillar va uglevodlar bilan birikmalarining miqdori ham ortadi. Qonda turli fennentlar ham saqlanadi, ularning ayrimlari plazmada boisa, boshqalari shaklli elementlarda saqlanadi. Plazmada amilazauglevodlami parchalovchi, lipaza-yogiami parchalovchi va oksidlanish va tiklanish jarayonlarida ishtirok etuvchi oksidaza va peroksidaza fermentlari saqlanadi.
Plazmaning asosiy elektrolitlari (o'rtacha milligramm foizda): Na- 280-350, K -18-20, Ca-9-11, Mg-1-3, Cl-320-360, HCO3-I 6O, S0 4-22, НРО4-Ю. Bundan tashqari, odam qoni plazmasida: yod-0,002-0,013 mg %, brom-0,5-1,5 mg % ham saqlanadi. Eritrositlarda esa temir ham (oqsillar bilan birikkan holda) - 50-60 mg % miqdorda saqlanadi. Organizmga begona bo'lgan oqsil qonga kiritilganda, aynan shu oqsillarni parchalovchi himoyalovchi oqsilli fermentlar, ya’ni spesifik qobiliyatga ega proteazalar hosil boiadi. Ular faqatgina organizmga kiritilayotgan oqsillamigina parchalaydi. Qonni ivishida fibringa aylanuvchi, fibrinogen ajratib olgandan keyin zardob qoladi. Fibrinogenni ajratib olingan to'liq qon-defibrinlangan qon deb ataladi va u shakli elementlar va zardobdan iborat boiadi. Fiziologik eritmalar. Fiziologik eritmalar deb, tarkibidagi mineral
moddalarining konsentrasiyasi qon plazmasiga yaqin yoki shunday miqdorda boigan sun’iy tayyorlangan eritmalarga aytiladi. Bunday izotonik eritmalar qon bilan bir xil osmotik bosimga
egadirlar



Download 103.14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling