Qon fiziologiyasi va uning funksiyalari bilan tanishish
Fiziologiyaning asosiy vazifasi
Download 103.14 Kb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Foydalanilgan adabiyotlar
Fiziologiyaning asosiy vazifasi, odam va hayvonlar asab tizimi faoliyatining va organizmning o'ziga xos fiziologik qonuniyatlarini ochishdan iborat, ya’ni organizmni barcha hayotiy ko'rinishlarini va eng avvalo moddalar va energiya almashinuvi, psixika va xulq-atvorni boshqarish mexanizmlarini ishlab chiqish uchun zamr. Demak, fiziologiya hayot hodisalarini mazmunini tushuntirishda, tirik organizmning fizik va kimyoviy jarayonlami o'rganishda, boshqarilish mexanizmlarini ishlab chiqishda, aynan moddalar almashinuvi, irsiyat va organizmni maqsadli o'zgarishini ta’minlashda ishtirok etadi. Fiziologiya quyidagi maqsadlarni o'z oldiga qo'yadi: 1) tirik organizmdagi m o'’tadil funksiyalarni tinimsiz ravishda o'zgaruvchan va rivojlanuvchi sharoitga bogiiq holda bajarilish qonunlarini o'rganadi, 2) tirik organizmdagi jarayonlami tarixiy, filogenetik, xususiy va ontogenetic rivojlanishini va ulaming o'zaro bog'liqligini o'rganadi.
Foydalanilgan adabiyotlar Odam va hayvon fiziologiyasi , K.T Almatov , Toshkent “Universitet” – 2004 Odam va Hayvonlar fiziologiyasi , Rajamurodov Z.T , «Tib kitob» nashriyoti Toshkent - 2010 yil Odam fiziologiyasi , E.Nuritdinov , Toshkent “ ALOQACHI” - 2005 4-Mavzu :Qonning fizik tarkibi. Reja: 1.Qonning fizik tarkibi. 2.Osmotik bosim. 3.Onkotik bosim. Qon qizil rangli, sho'rtak ta’mli, yopishqoq suyuqlikdir. Toza idishga qon olib uni ivishdan saqlanuvchi modda qo'shilgach qonni bir necha vaqt tinch holatda qoldirsak, u ikki qismga sargich yoki rangsiz tiniq suyuqlik - plazmadan tashkil topgan ustki qismida va shaklli elementlar, ya’ni qizil qon tanachalari(eritrotsitlar), oq qon tanachalari (leykotsitlar) hamda qon plastinkalari (trombotsitlar)dan iborat pastki qismga ajraladi. Qonning 60% ni plazma, 40% ga yaqinini esa shaklli elementlar tashkil qiladi. Keltirilgan bu raqamlar nisbiy boiib, plazma bilan shaklli elementlar miqdorini o'zaro nisbati organizmning holatiga, hayvonlarning turiga qarab bir muncha o'zgarib turadi. Masalan, baliqlar qonining 10% dan 30% gacha qismini, issiq qonli hayvonlar qonining 30% dan 50% gacha qismini shaklli elementlar tashkil qiladi. Qon plazmasi bilan shaklli elementlaming o'zaro nisbati gemotakrit asbobi yordamida aniqlanadi. Qonning rangi uning kislorod bilan to'yinish darajasiga qarab o'zgarib turadi. Qon kislorod bilan yaxshi to'yinsa, och qizil rangga ega boiadi, bu arteriya qondir. Kislorod bilan yaxshi toyinmagan qon esa qaramtirqizgich rangli bo'lib, vena qoni deyiladi. Qonning yopishqoqligi 4,0-6,0 ga teng ya’ni qon suvga nisbatan 4,0-6,0 barobar yopishqoqroqdir. Qonning yopishqoqligi asosan tarkibidagi qizil qon tanachalari 37 eritrotsitlarning miqdoriga va kamroq darajada plazmaning oqsil tarkibiga bogiiq. Organizm ko'p suv yo'qotganida qonda eritrotsitlar karbonatangidridning miqdori ko'payganda, harorat ko'tarilganida qonning yopishqoqligi oshadi. Aksincha, eritrotsitlar va plazma oqsillari kamayganda, qonda kislorod ko'payganda qonning yopishqoqligi kamayadi. Qonning solishtirma ogirligi o'rtacha 1,050-1.060 kg/smJ ga teng. Bu ko'rsatkich ham hayvonlarning turiga va organizmning holatiga qarab o'zgarib turadi. Jumladan, qonning solishtirma og'irligi otlarda 1,046- 1,059 kg/sm3ga, qoramollarda 1,046-1,058 kg/snr’ga, qo'ylarda 1,041- 1,061 kg^m'ga, cho'chqalarda 1,039-1,059 kg/sm3ga, echkilarda 1,035- 1,049 kg/sm3ga teng boiadi. Eritrotsitlar ko'payganda solishtirma ogirlik oshishi ham. oshmasligi ham mumkin. Qonning 80% ga yaqin qismini suv, 20% ga yaqin qismini esa quruq moddalar tashkil qiladi. Qonning bir qator fizik-kimyoviy xususiyatlari plazmaning xossa va xususiyatlari bilan belgilanadi. Qonning osmotik bosimi. Xujayralar, shu jumladan qon xujayralari xam, yarim o’tkazgich membranaga ega bo’lib, ulardan suv ikki tomonga tusiksiz bemalol utadi, suvda erigan moddalar esa utmaydi. Bunday erigan moddalar kon plazmasida juda kup bulib, ularning ko’p qismini tuzlar tashkil kiladi, osmotik bosim ularning konsentratsiyasiga botik- Anorganik tuzlarning plazmada erigan mikdori 0,9 %. Osmotik bosim deganda suvni tuzlar mikdori kamrok bulgan eritmadan, yarim utkazgich membrana orkali, tuzlar mikdori kuprok bulgan eritmaga utishini ta’minlovchi kuch nazarda tutiladi. Suvni kon va tukima suyukdigidan xujayralarga utishi va ulardan tashkariga chikishi osmotik bosimga boglik. Osmotik bosimning doimiyligi, xujayra faoliyatining mu’tadil bulishini ta’minlovchi zarur shart xisoblanadi. Osmotik bosim turgunligini ushlab turishda kon tarkibida eng kup mikdorda buladigan NaCl tuzi katta rol uynaydi. Qon plazmasida tuzlarning konsentratsiyasi oshib ketsa plazmaning osmotik bosimi xam oshadi va bu sharoitda xujayralar faoliyati ogirlashadi. Masalan, eritrotsitlarning konsentratsiyasi kon plazmasi konsentratsiyasidan yukori bulgan NaCl eritmasiga solinsa, eritrotsitlardagi suv eritmaga faol utib, ular bujmayib koladi. Bunday eritmalar gipertonik eritma, ya’ni osmotik bosimi konnikidan yukori bulgan eritma deyiladi. NaCl konsentratsiyasi kon plazmasi konsentratsiyasidan kam bulgan eritmaga eritrotsitlar solinganda, ularning ichiga suv faol ravishda kirib burttirib yuboradi va xattoki yorib yuborishi mumkin. Bunday eritmalar gipotonik eritma, ya’ni osmotik bosimi konnikidan kam bulgan eritma deyiladi. Osmotik bosimi konning osmotik bosimiga teng bulgan eritmalar izotonik www.ziyouz.com kutubxonasi eritmalar deyiladi va bunday eritmalarga eritrotsitlar solinganda, ular uz shakllarini uzgartirmaydilar. Moddalar almashinuvi natijasida konning osmotik bosimini uzgartirib yuboradigan x,ar xil moddalar xosil bulishiga karamasdan konning osmotik bosimini turgun ushlab turadigan mexanizmlar mavjud. Bu vazifani birinchi navbatda, qonning oqsillari bajaradi, ular, qonda ionlarning konsentratsiyasi oshib ketib, osmotik bosim kutariladigan bulsa, bu ionlarni uz tarkibiga biriktirib olib osmotik bosimni kamaytiradi. Aksincha, qonning osmotik bosimi kamayib ketganda, oksillarga boglangan ionlar erkin xolga utadi va osmotik bosim kutariladi. Sut emizuvchilar qonining osmotik bosimi moddalar almashinuvi uchun nisbatan doimiy darajada buladi va u, 7,3 atm ( 5600 mm s.u. yoki 7,45 kPa, ya’ni muzlash xaroratiga -0,54 °S ga mos) ni tashkil kiladi. Uni ushlab turish uchun maxsus osmoboshkaruv mexanizmlar birligi mavjud, lekin konning uzi osmotik bosimni normallashtirish kobiliyatiga ega. Bundan tashkari, kon tomirlarining devorlarida, tukimalarda, gipotalamusda maxsus osmoretseptorlar mavjud bulib, ular osmotik bosimning uzgarishiga reaksiya Kiladi. Ularning kuzgalishi ayiruv a’zolari faoliyatining reflektorli uzgarishiga olib keladi va natijada, ortikcha suv yoki Konga kelib tushgan tuzlar chikarib yuboriladi. Bunday a’zolar — buyraklar va ter bezlari xisoblanadi. Download 103.14 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling