Qon fiziologiyasi va uning funksiyalari bilan tanishish


Foydalanilgan adabiyotlar


Download 103.14 Kb.
bet5/39
Sana22.01.2023
Hajmi103.14 Kb.
#1109456
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39
Foydalanilgan adabiyotlar

  • Odam va hayvon fiziologiyasi , K.T Almatov , Toshkent “Universitet” – 2004

  • Odam va Hayvonlar fiziologiyasi , Rajamurodov Z.T , «Tib kitob» nashriyoti Toshkent - 2010 yil

  • Odam fiziologiyasi , E.Nuritdinov , Toshkent “ ALOQACHI” - 2005



Fiziologiyamng predmeti, maqsadi va vazifalari
Reja

  1. Fiziologiya o’zi qanday fan?

  2. Fiziologiya fani maqsad, predmeti va vazifasi

  3. Fiziologiya fanida o’tkaziladigan tajribalar


Fiziologiya - tirik organizmda kechayotgan jarayonlar va ularni o'rab turgan muhitda hayot kechirishga moslashishini ta’minlovchi jarayonlar haqidagi fandir. Fiziologiya odam va hayvonlarni yaxlit organizmida va uning a’zolari, to'qima, hujayralar hamda ularning tuzilish birliklarini tashkil qiluvchi qismlarida bajarilayotgan funksiyalar bo'yicha qonunlami o'rganadi.
Funksiya - bu organizmda, uning organ va to'qimalarida tinimsiz o'zgaruvchan atrof-muhit sharoitiga faol holda moslashishida va shu bilan birga ularning o‘zlari ham tashqi muhitga yetarlicha ta’sir ko'rsatishi natijasida yuz beradigan moddalar almashinuvining o'zgarishi natijasidir.
Fiziologiya — eksperimental fan, eksperimentlar esa laboratoriya hayvonlarida (it, mushuk, quyon, baqa va boshqalar) hamda maymunlar, qishloq xo'jalik hayvonlarida (sigir, ko‘y, echki va boshq.) bajariladi.

Eksperimentlar ikki turda, o’tkir va surunkali tajribalar orqali bajariladi.
O'tkir tajribalarda odatda hayvon xushsizlantiriladi yoki qimirlay olmaydigan holatga keltirilib, hech qanday hayvon hayotini saqlab qolish qoidalariga rioya qilinmagan holda operasiya qilinadi (tiriklayin yorib ko'riladi) va tajriba oxirida esa hayvon so'yiladi. O'tkir tajribalarda hayvonning oiganilayotgan organi, unga kelayotgan nerv tolalari va qon tomirlari ochiladi. Bir qator o'tkir tajribalarda a’zolar maxsus usullar yordamida to'qimalar hayot faoliyati, mutadil moddalar almashinuvini saqlash yo'li bilan izolyatsiya qilinadi. Masalan, ulardan o'tuvchi qon tomirlari orqali kislorod bilan boyitilgan qon, yoki uni о‘rnini almashtiruvchi eritmalar o’tkaziladi (perfuziya usuli), bundan tashqari alohida a’zolarda esa (nerv, muskul va boshq.) ularning hujayralarini o‘sha eritmalarga joylashtirish yo’li bilan o‘rganiladi. O‘tkir tajribalaming kamchiligi shundan iboratki, ular hayvonning to'qimalarini, qon tomirlari va nerv tolalarini qoplab turuvchi po‘stloqlar jarohatlanganidan keyinoq notabiiy sharoitlarda bajariladi. Surunkali tajribalarda esa hayvonlar avvaldan sterillangan sharoitda operasiya qilinadi va hayvon to’lig’icha sog‘ayganidan keyin ularda uzoq yillar davomida mo'tadil hayot sharoitida tajribalar o'tkazish mumkin. Lekin, surunkali tajribalar davomida operasiya asoratlari, masalan qo'shni a’zolami (katta qorinni) siljishi kuzatilishi mumkin, bu esa o’rganiladigan organ fanksiyasini qisman bolsada buzadi. Hozirda odamlar va hayvonlar organizmidagi muhim funksiyalami yer yuzida va hatto kosmosda ham uzoq masofadan turib radio uzatgich va o'xshash tizimlar yordamida organizmni hayot faoliyatiga hech qanaqa zarar yetkazmasdan television kuzatishlar olib borish va qayd qilish mumkin. Odamlar va hayvonlaming bosh miya, yurak, qon tomirlari, nafas a’zolari, skelet mushaklari va boshqa a’zolari fimksiyasining sogiom hayot sharoitiga salbiy ta’sir ko'rsatmasdan tashqi yuzaga mahkamlangan yoki ichki a’zolarga kiritilgan (radiopilyuli) radiouzatgiehlar yordamida tadqiqot ishlarini olib borish mumkin.
Hozirgi zamon fiziologiyasida a’zolaming funksiyalarini oiganishda modellash ham keng qoilanilmoqda. Modellar fizik apparatlar holida boiib, matematik nazariyalar asosida yasalgan, ya’ni fiziologik jarayonni imitiasiya qiladi yoki funksiya tabiiy sharoitda bajariladi. Fizik modellardan foydalanish yoki modellar fiziologik gipoteza va nazariyalami to'giiligini organizmdan tashqarida tekshirib ko‘rish imkonini beradi va o'rganiladigan jarayon va funksiyalami bajarilishi bo‘yicha tabiat qonunlariga qanchalik to‘g’ri kelishi haqida yangi yechimlami topishda ya’ni yangi fiziologik qonunlami ochish uchun kata ahamiyatga ega. Masalan, asab tizimi, asab hujayralari, sezgi a’zolari, skelet mushaklari faoliyatining sun’iy elektron modellari yaratilgan. Modellashtirish muhim amaliy ahamiyatga ega, ya’ni kibemetik mashmkalardan aqliy va jismoniy mehnat qurollari sifatida foydalanilmoqda, tibbiyotda esa ayrim a’zolami vaqtinchalik almashtiradi. Masalan, hisoblash mashinkalari, matnlarni bir tildan ikkinchi tilga o'girish, harakat reaksiyalarining yuzaga kelish va davomiylik tezliklarini aniqlash, qonning kislorod bilan to'yinishi, eritrositlar miqdorini aniqlash, yurak-o‘pka apparati, sun'iy buyraklar va h.k. Ammo shuni qayd qilish kerakki, a’zolaming kibemetik electron modellari ularning funksiyasini jiddiy ravishda oseklashtiradi. Ularning asosiy farqi shundan iboratkim, ya’ni modellarda elektron jarayonlar harakatlansa, organizmda esa murakkab fiziologik va bioximik jarayonlar bajariladi. Fiziologiyada odam organizmi funksiyalarini o'rganish uchun uzoq vaqtlardan buyon aynan shu funksiyasi dastlab hayvonlarda o'rganiladi, ya’ni hayvonlar organizmi odam organizmining ancha qulay
modeli hisoblanadi. Izolyasiya qilingan a’zolar, to'qimalar va hujayralar faoliyatlarini o'rganish bo'yicha tajribalami ham modellashtirish mumkin. Hayvonlar organizmini funksional qonuniyatlarini o'rganish natijalari faqatgina odamlar organizmi funksiyalarini fiziologik mexanizmlarini ochish uchun foydalanilmasdan, balki hozirgi zamon texnikasida (bionika) qo'l keladigan yangi kibemetik mashinalar yaratish uchun foydalaniladi. Hozirgi zamon elektronika, kibemetika, avtomatika yutuqlariga asoslangan tabiiy sharoitda fiziologik jarayonlami chuqur va to'lig'icha o'rganish tadqiqotchiga avval imkoni bo'lmagan yangi fiziologik qonuniyatlarni ochish va hatto uzoq vaqt faoliyat ko'rsatmagan a’zoni almashtirish imkonini beradi.

Download 103.14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling