Qon guruhlari haqida muhim ma’lumotlar


Ushbu maqolani ham o‘qing


Download 170.68 Kb.
bet7/10
Sana08.01.2022
Hajmi170.68 Kb.
#247572
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Qon guruhlari haqida muhim ma

Ushbu maqolani ham o‘qing:  Donorlik haqida. Donorlik qilish tartibi va uning afzalliklari

Leykositlar

Leykositlar (oq qon tanachalari) — yadroli qon hujayralari bo‘lib, yadrosining shakliga va bo‘yalishiga qarab uch turga: monositlar-bir yadroli yirik leykositlar limfositlar-bir yadroli, lekin monositlardan bir oz maydaroq; donador leykositlar, ya’ni granulositlarga bo‘linadi.

Leykositlar sonining ko‘payishi leykositoz, kamayishi leykopeniya deb ataladi. Leykositlar suyaklarning ko‘mik qismida va taloqda (limfositlar) qon tarkibi sifatida hosil bo‘ladi.

Leykositlarning asosiy vazifasi organizmni yuqumli kasalliklardan himoya qilishdir. Ular organizmga kirgan mikroblarni yutib, eritib yuboradi. Bu hodisa fagositoz deb ataladi. Leykositlarning bu xossasini atoqli rus olimi I.I. Mechnikov aniqlagan.

Odam yuqumli kasalliklar bilan kasallanganda leykositlarning soni ko‘payib, 1mm3 qonda 10-20 mingga yetadi va undan ham ortishi mumkin. Odam uzoq vaqt davomida kam va sifatsiz ovqatlansa, bir necha kun, hafta davomida og‘ir mehnatdan charchasa, surunkali uzoq davom etuvchi kasalliklarda leykositlar soni kamayadi. Bu esa organizm nihoyatda kuchsizlanganligidan dalolat beradi.

Oq qon kasalligi haqida ushbu maqola orqali batafsil maʼlumot olishingiz mumkin: Leykoz (oq qon) kasalligi — sabablari, belgilari, tashxislash va davolash usullari



Trombositlar

Trombositlar (qon plastinkalari) — suyaklarning ko’mik qismida va taloqda hosil bo’ladi. Yadrosi bo’lmaydi. Past tabaqali umurtqali hayvonlar trombositlarning yadrosi bo’ladi. 1mm3 qonda 300-400 ming dona trombosit bo’ladi.

Ular leykositlarga o’xshab 2-5 kun yashaydi. Trombositlar asosiy vazifaslari qonning ivishini ta’minlashdan iboratdir. Ularning soni kamayganda qonning ivish xossasi buziladi. Bunday odamning jarohatlanishi juda xavfli, chunki qon oqishini to’xtatish qiyin bo’ladi.

Salgina urilish, turtilish natijasida badandan ko’karish (qon quyilishi) yuzaga keladi, o’z-o’zidan burundan qon kelishi mumkin. Shuning uchun trombositi kamaygan odam har xil shikastlanishlardan saqlanishi zarur.

Trombosit tarkibida serotonin moddasi bo’lib, u qon tomirlarini toraytirish va qon ketgan vaqtda uning ivishini tezlashtirish xossasiga ega.

Burun qonashi haqida ushbu maqola orqali batafsil o‘qing: Burun qonashi sabablari va uni to‘xtatish usullari




Download 170.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling