Qon guruhlari haqida muhim ma’lumotlar


Qonning shaklli elementlari


Download 170.68 Kb.
bet6/10
Sana08.01.2022
Hajmi170.68 Kb.
#247572
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Qon guruhlari haqida muhim ma

Qonning shaklli elementlari

Qonning shaklli elementlariga eritrositlar, leykositlar va trombotsitlar kiradi. Ular qon tarkibining quyuq qismini tashkil etadi.



Eritrositlar

Eritrositlar (qizil qon tanachalari) — suyaklarning ko‘mik qismida hosil bo‘ladi. Eritrositlarning hosil bo‘lishi va soni normal miqdorda bo‘lishi odamning sog‘lig‘iga, ovqatlanishiga, jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanishiga, quyoshning ultrabinafsha nurlarini yetarli qabul qilishiga bog‘liq.

Ayniqsa, ovqat tarkibida oqsillar, temir moddasi, B guruhga kiruvchi vitaminlar yetarli miqdorda bo‘lishi zarur. Eritrositlarning asosiy vazifasi organinzmning barcha hujayralarini kislorod bilan ta’minlashdan iborat.

Ular tarkibidagi gemoglobin o‘pkalardan kislorodni o‘ziga biriktirib hujayralarga yetkazadi, ularda moddalar almashinuvi natijasida hosil bo‘lgan karbonat angidridni yana o‘ziga biriktirib o‘pkalarga olib boradi. Bu orqali eritrotsitlar qonning vazifalari sirasiga kiruvchi tashuvchilik funksiyasini ta’minlaydi.

Eritrositlarning soni va ular tarkibidagi gemoglobin miqdorining kamayishi kamqonlik (anemiya) kasalligi deb ataladi. Bu kasalligning oldini olish uchun ovqat tarkibida oqsil, temir moddalari, vitaminlar yetarli miqdorda bo‘lishi, jismoniy mashqlar bilan muntazam shug‘ullanish, nafas oladigan havoning toza bo‘lishi kabilar katta ahamiyatga ega.


Download 170.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling