Qon ketishini vaqtinchalik to’xtatish usullari KLASTER
Qon ketishini vaqtinchalik to’xtatish usullari
Bosib turuvchi bog’lam
Oyoq-qo’lni bo’g’imdan bukish
Jarohatda tomirni bosib turish
Jarohatni tarang tamponlash
Qonab turgan tomirga qisqich qo’yish
Jgut qo’yish
Qon ketganda birinchi yordam haqida qisqacha ma’lumot. - Agar qon ketishi og’ir bo’lsa jarohat olgan odamni yotqizib,oyoqlarini ko’tarish zarur.
- Qonni vaqtincha to’xtatish uchun shikastlangan tomirni qisish yoki qo’l-oyoqni kuchli bukish yoki jgut qo’yish mumkin.
- Darxol shoshilinch yordamni chaqirish.
- Jarohatga tegish,yuvish,undan yot jismlarni olib tashlash mumkin emas.
- Agar jarohat yuzasi ifloslangan bo’lsa,uning chetlari jarohatdan tashqariga yo’nalishda tozalanishi kerak,jarohat atrofiga yod,xlorgeksidin,vodorod peroksidi kabi antiseptik surtilishi darkor.
Arterial qon ketishida birinchi tibbiy yordam - Qonni vaqtincha to’xtatish uchun jarohatlangan arteriyani darhol uning yonidan o’tadigan suyakka bosish kerak;
- O’mrov osti arteriyasidan qonni to’xtatish qiyin.Buning uchun jabrlanuvchining qo’lini orqaga olib,o’mrov ortida joylashgan arteriyani birinchi qovurg’aga bosish kerak;
- Qo’ltiq osti arteriyasini barmoqlar bilan qattiq bosish kerak,chunki u chuqur joylashgan bo’ladi;
Jgut qo’yish texnikasi. - Jgut qo’yishdan oldin jgut qo’yiladigan terini qisib qo’ymaslik uchun oyoq yoki qo’lga sochiq yoki bint o’raladi;
- Jgut oyoq yoki qo’l ostidan o’tkaziladi,uning uchi olinib,so’ng o’rta qismida cho’ziladi,jgutni qo’ yoki oyoq atrofidan qon oqishi to’xtaguncha aylantiriladi;
- Jgut qattiq qisib bog’lanmaydi,chunki uning ostidagi to’qimalar jarohatlanadi;
- Jgutni to’g’ri qo’yilganini nazorat qilish kerak.Bunda jgut solingan sohaning pastida puls yo’qoladi,qon oqishi to’xtaydi;
- Jgut o’ramlaridan birining ostiga jgut qo’yilgan vaqt(soat va daqiqalari) yozilgan qog’oz qistirib qo’yiladi
Do'stlaringiz bilan baham: |