Qon ketish turlari va usullari


Qon ketishini vaqtinchalik to’xtatish usullari


Download 1.08 Mb.
bet3/5
Sana06.04.2023
Hajmi1.08 Mb.
#1331057
1   2   3   4   5
Bog'liq
Qon ketish turlari va usullari[1] (2)

Qon ketishini vaqtinchalik to’xtatish usullari

KLASTER


Qon ketishini vaqtinchalik to’xtatish usullari
Bosib turuvchi bog’lam
Oyoq-qo’lni bo’g’imdan bukish
Jarohatda tomirni bosib turish
Jarohatni tarang tamponlash
Qonab turgan tomirga qisqich qo’yish
Jgut qo’yish

Qon ketganda birinchi yordam haqida qisqacha ma’lumot.

  • Agar qon ketishi og’ir bo’lsa jarohat olgan odamni yotqizib,oyoqlarini ko’tarish zarur.
  • Qonni vaqtincha to’xtatish uchun shikastlangan tomirni qisish yoki qo’l-oyoqni kuchli bukish yoki jgut qo’yish mumkin.
  • Darxol shoshilinch yordamni chaqirish.
  • Jarohatga tegish,yuvish,undan yot jismlarni olib tashlash mumkin emas.
  • Agar jarohat yuzasi ifloslangan bo’lsa,uning chetlari jarohatdan tashqariga yo’nalishda tozalanishi kerak,jarohat atrofiga yod,xlorgeksidin,vodorod peroksidi kabi antiseptik surtilishi darkor.

Arterial qon ketishida birinchi tibbiy yordam

  • Qonni vaqtincha to’xtatish uchun jarohatlangan arteriyani darhol uning yonidan o’tadigan suyakka bosish kerak;
  • O’mrov osti arteriyasidan qonni to’xtatish qiyin.Buning uchun jabrlanuvchining qo’lini orqaga olib,o’mrov ortida joylashgan arteriyani birinchi qovurg’aga bosish kerak;
  • Qo’ltiq osti arteriyasini barmoqlar bilan qattiq bosish kerak,chunki u chuqur joylashgan bo’ladi;

Jgut qo’yish texnikasi.

  • Jgut qo’yishdan oldin jgut qo’yiladigan terini qisib qo’ymaslik uchun oyoq yoki qo’lga sochiq yoki bint o’raladi;
  • Jgut oyoq yoki qo’l ostidan o’tkaziladi,uning uchi olinib,so’ng o’rta qismida cho’ziladi,jgutni qo’ yoki oyoq atrofidan qon oqishi to’xtaguncha aylantiriladi;
  • Jgut qattiq qisib bog’lanmaydi,chunki uning ostidagi to’qimalar jarohatlanadi;
  • Jgutni to’g’ri qo’yilganini nazorat qilish kerak.Bunda jgut solingan sohaning pastida puls yo’qoladi,qon oqishi to’xtaydi;
  • Jgut o’ramlaridan birining ostiga jgut qo’yilgan vaqt(soat va daqiqalari) yozilgan qog’oz qistirib qo’yiladi

Download 1.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling