Qon ketishi va birinchi yordam ko‘rsatish reja
TO‘SATDAN YURAK TO‘XTAB QOLGANDA BIRINCHI YORDAM
Download 40.12 Kb.
|
Qon ketishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Hushdan ketish
TO‘SATDAN YURAK TO‘XTAB QOLGANDA BIRINCHI YORDAM
Bunday hollarda asosan yurak to‘xtashining asosiy sabablarini bilish kerak. Ular besh xil: Tomir urishining sezilmasligi, es–hush yo‘qligi, ko‘z gavhari kengayishi, chiroq tutganda sezilmasligi va nafas olish to‘xtashi, shuningdek yuzning ko‘kimtir bo‘lishi yurak to‘xtab qolgan holni bildiradi. Endi ana shu hollarni qisqacha sharhlab o‘tamiz: Arterial qon tomiridan yurak urishi bilinmasligi. Bu asosan bo‘yin qismidagi tomirni ko‘rsatkich yoki o‘rta barmoq bilan ushlash natijasida aniqlanadi. Hushdan ketish – yurak urishi to‘xiagandan keyin 4–5 soniya o‘tgach, kishi hushidan ketib, har qanday harakatni yo‘qotadi. Tovushni eshitmaydi. Agar ko‘z gavhari kengayib yorug‘likni sezmasa, o‘pka va yurak faoliyati to‘xtaganidan darak beradi. Nafas olishi to‘xtashi, yuz sariq kulrang bo‘lib, tomir urishi sezilmay qolishi qon aylanishi buzilganidan dalolatdir. Nafas yo‘llarini tiklash va yurakni ishlatish uchun quyidagi choralarni amalga oshirish kerak: A– nafas yo‘llari (burun, og‘iz bo‘shliqlari) ni ivigan qon va balg‘amdan tozalash; V– ikki usulda sun’iy nafas oldirishni boshlash– “og‘izdan og‘izga” , “og‘izdan –burunga”. S– qon aylanish tizimini yo‘lga qo‘yish yurakni massaj qilish orqali amalga oshiriladi. Jarohatlangan shaxsni klinik o‘limdan qaytarish uchun barcha yordam harakatlari yo‘llarini ochishdan boshlanadi. Kishini tekis joyga chalqancha yotqiziladi va og‘izdagi ko‘pik, ivigan qon bint o‘ralgan barmoq bilan tozalab yuviladi. Kishining elkasi tagiga yupqa yostiq qo‘yiladi, keyin yordam beruvchi shaxs bir qo‘li bilan uning bo‘ynini orqa tomonidan, ikkinchi qo‘li bilan esa boshining tepa qismidan ushlab, borishi orqa tomonga egadi. Uning tili orqaga ketib, tomoq xalqumni yopib qo‘ymasligi uchun bir oz oldinga tortiladi va kuzatib turiladi. Kishining og‘ziga 2 qavat bint tutiladi. YOrdam beruvchi uning yon tomonida o‘tirib, bir qo‘lini uning bo‘ynini orqa tomonidan o‘tqazib, ikkinchi qo‘li bilan uning burnini qisadi. O‘zi chuqur nafas olib, labini uning labiga qo‘yib, bint orqali og‘ziga bor kuchi bilan puflaydi. SHundan keyin kishi burnini qisib turishdan bo‘shatadi. SHu vaqtda bemorning ko‘kragi bir oz ko‘tarilsa, puflangan havo o‘pkasiga borgan bo‘ladi. So‘ngra yordam beruvchi odam o‘zi yoki yordam ko‘rsatuvchi ikkinchi shaxs ikki qo‘li kaftini ko‘krakning ikki tmoniga qo‘yib bosadi va o‘pkasidagi havo chiqqandan keyin jarohatlangan kishi burnini yana qisib, og‘zini og‘izga qo‘yib puflashni takrorlaydi. Puflash har 4- 5 soniyada takrorlanadi, to‘g‘rirog‘i, bir daqiqada 12-15 marta puflanadi va ko‘krak bosib nafas chiqariladi. Agar kishining yuragi ishlab ketadigan bo‘lsa va uning o‘zi nafas ola boshlaguncha sun’iy nafas oldirish davom ettiriladi (6-rasm). 4. bemorning labi yara va tishlari qonagan bo‘lsa yoki boshqa sabablarga ko‘ra, u “og‘izdan-burunga” usulida sun’iy nafas oldiriladi. Buning uchun shaxsning burniga bint yoki ro‘molcha yopib, yordam beruvchi uning burniga puflaydi. Bir qo‘li bilan bemorning pastki jag‘ini ko‘tarib, uning og‘zini yopib turadi. Download 40.12 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling