Qon plazmasi. Qon plazmasi oqsillari va ularning funksional mohiyati


Download 123 Kb.
bet6/13
Sana06.04.2023
Hajmi123 Kb.
#1333693
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
QON PLAZMASI. mohigul

Qon ivish jarayon asoslari.
A.Shmit va P.Morovis asos solishgan. Hozir hamma e’tirof qilgan qon ivish nazariyasi fermentativ nazariya deyiladi. Bu nazariyaga ko’ra, plazmada erigan fibrinogen thrombin fermenti ta’sirida erimaydigan fibringa aylanadi. Fibrin ipsimon strukturaga ega bo’ladi.
Ikkilamchi gemostaz 5 bosqichga bo’linadi. 1-bosqich – tromboplastin hosil bo’lishi bosqichi. Tromboplastin deganda qonning protrombinini trombinga aylantiradigan fermentative faolligini tushunish kerak. “Tromboplastin” so’zi o’rniga “trombokinaza” atamasi ham ishlatiladi. Tomirda yurgan qonda tromboplastin bo’lmaydi. U qon plastinkalari parchalanganda (qon tromboplastini) yoki to’qimalar shikastlanganda (to’qima tromboplastini) ajraladigan yog’simon (lipid) omil va plazma omillari ishtirokida hosil bo’ladi.
2-bosqich – trombin hosil bo’lishi. Tromboplastin plazmada uchraydigan oqsil protrombinga nisbatan protiolitik faollikga ega. Protrombin α2 – globulin bo’lib, molekulyar massasi 66800. Plazmada 10-15 mg/% protrombin bor. Jigarda sintezlanadi. Bu jarayon vitamin K ga muhtoj, shuning uchun vitamin K yetishmovchiligida qonning ivishi buziladi. Protrombin tromboplastin ta’sirida Ca2+ ionlari hozirligida trombinga ayalanadi. Trombin peptidaza, fibrinogenni qisman parchalash qobiliyatiga ega.
3 – bosqich. Fibrinning hosil bo’lishi. Fibrin hosil bo’lishining 1-bosqichida fibrinogen (m.m-340000) trombin ikki nimtaga bo’linadi. Bu nimtalardan o’z navbatida ikkita aminopeptid A va B ga ajraladi, nimtalarning qolgan qismlari. Fibrin - monomer deb ataladi. Fibrinmonomerning molekulalari bir qatorga chizilib, polimeraziyaga uchraydi. Polimeraziya uchun plazma omilli fibrinopeptid A va Ca kerak. Fibrin polimer gelni hosil qiladi.
4- bosqich. Lahta retraksiyasi. Trombotsitlar parchalanganda ularda maxsus omil – trombostetin ajraladi. Trombosteninnta’sirida fibrin iplari qisqaradi. Bu qisqarish natijasida oldin hosil bo’lgan amorf lahtaning hajmi kamayib ixchamlashadi. Bu jarayon retraksiya deyiladi. Retraksiya natijasida lahta zichlashadi. Jarohatlangan joining yuzasi kamayadi, yaraning bitishi tezlashadi.
5 – bosqich. Fibrinoliz. Plazma globinlardan biri. Plazminogen (profibrinolizin) to’qima yoki qon omillari ta’sirida faol protiolotik ferment plazminga (fibrinolizinga) aylanadi. Plazmin fibrinni parchalab trombin yo’qotadi.

Download 123 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling