Qon plazmasi. Qon plazmasi oqsillari va ularning funksional mohiyati
Download 123 Kb.
|
QON PLAZMASI. mohigul
- Bu sahifa navigatsiya:
- Eritrotsitlar
QONNING SHAKLLI ELEMENTLARI.
Odam qonida uch tip hujayralar uchraydi: eritrotsitlar (qizil qon tanachalari), leykositlar (oq qon tanachalari) va trombotsitlar (qon plastinkalari). Qonning bu shaklli elementlari soni, tuzilishi, yetilishi, bajaradigan vazifasi bilan bir-biridan farq qiladi. Eritrotsitlar qondagi son jihatdan eng ko’p bo’lgan shaklli elementlar. Eritrotsitlarning eng asosiy xususiyati yadrosizligidir. Erkaklar qonining 1 mkl da o’rta hisobda 5,1 mln, ayollarnikida esa – 4,6 mln eritrotsit bo’ladi. Eritrotsitlarning soni fiziologik va patalogik holatlarda o’zgarib turadi. Ular sonining oshishi eritremiya, kamayishi – eritropeniya yoki anemiya deyiladi. Eritremiya baland tog’ga ko’tarilganda, odam organizmini kislorod bilan ta’minlashni qiyinlashtiradigan kasallik rivojlanganda (o’pka, yurakning surunkali kasalliklarida), kislorod yetishmovchiligi tufayli yuzaga chiqadi. Eritropeniyaga eritrotsitlar yaralishining sekinlashishi, tez yemirilib ketishi yoki qon yo’qotilishi sabab bo’ladi. Katta odamning qonida jami 25*1012 – 30*1012 eritrotsit bo’ladi. Qondagi eritrotsitlar yig’indisi eritron deyiladi. Eritrotsitning tayanch tuzilmasi – stromasi va yuza qavati – qobig’i tafovut qilinadi. Qobiqning tuzilishida boshqa hujayra membranalarining tuzilishidan farqi yo’q. uning kationlar uchun o’tkazuvchanligi juda past, ammo anionlarni bemalol o’tkazadi. Eritrotsitlar massasining 34 % quruq modda, quruq moddaning 90 % gemoglobin. Odam eritrotsitlari o’ziga xos shaklga ega: o’rtasi yupqa kulchaga o’xshaydi. Diametri 7,2-7,5 mkm, qalinligi 2,2 mkm. Eritrotsitning o’rtacha hajmi 90 mkm 3. Katta odam qonidagi barcha eritrotsitlarning umumiy yuzasi 3000 m2, ya’ni butun gavda yuzasidan 1,5 ming marta ortiq. Bunday katta yuzaning hosil bo’lishi bir tarafdan eritrotsitlar soniga bog’liq bo’lsa, ikkinchidan shakliga bog’liq. Agar eritrotsit hajmi 90 mkm3 shar shaklida bo’lganda, yuzasi 20 % kam bo’lar edi. Bunday sharning radiusi 2,5 mkm ni tashkil qilardi yoki yuzasidan eng uzoq nuqtasigacha bo’lgan masofa 2,5 mkm ga teng bo’lardi. Kulchasimon eritrotsitlar qobig’idan eng uzoq nuqtasigacha bo’lgan masofa 1 mkm dan oz. demak, eritrotsitlar ichida eng chuqur joylashgan gemoglobinning molekulalarigacha kislorod tez yetib boradi. Eritrotsitlarning o’ziga xos shakli va yadrosizligi kislorodni o’pka kapillyarlaridan o’tayotganda tezroq biriktirib olish va to’qimalarga to’la yetkazishga qaratilgan. (yadroli hujayralarda modda almashinuvi va unga aloqador kislorod sarfi bir necha o’n marta yuqori bo’lardi). Download 123 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling