Qon plazmasi. Qon plazmasi oqsillari va ularning funksional mohiyati
Download 123 Kb.
|
QON PLAZMASI. mohigul
- Bu sahifa navigatsiya:
- Shilling formulasi
Qon plastinkalari – Trombositlar. Trombositlar qonning qolgan shaklli elementlari – eritrosit va leykositlardan farqi, haqiqiy xujayralar bo'lmay, suyak ko'migidagi gigant megakariositlarning sitoplazmasini mayda parchalari hisoblanadilar. Ularning razmerlari o'rtacha 2-3 mkm, shakllari har xil yumaloq, oval va boshqa xilda bo'ladilar. Tuban hayvonlarda (masalan baqalar qonida) trombositlar yadroli hujayralardir. Trombositlar 1 mm3 qonda o'rtacha 250-300 mingtacha bo'lib, qonda ularning miqdorini ko'payishiga – trombositoz, kamayishiga esa – trombositopeniya deb ataladi. Elektron mikroskopda ularning strukturasida ochroq bo'lgan – gialomer va donador – xromomer zonalari farq qilinadi. Trombositlar muhim boiologik vazifalarni – ya'ni qonning ivishida muhim rol o'ynaydi. Hayot sikli 2-3 sutka.
Gemogramma deb qon shaklli elementlarini miqdoriy nisbati, gimoglabinning miqdori gemotakrit ko'rsatkichi va eritrositlarning cho'kish tezligiga aytiladi. Turli leykositlarning prosent hisobida ifodalanishiga esa – leykositar yoki Shilling formulasi deyiladi. Gemogramma praktik medisinada katta ahamiyatga ega bo'lib, yoshga qarab, organizmning turli fiziologik holatlarida va kasalliklarda o'zgarib turadi. QONNI OQISHINI TO’XTATISH. QON GURUHLARI. QONNING HOSIL BO’LISHI, GOMEOSTAZ VA UNING BOSHQARILISHI. Qon oqishining to’xtashi (gomeostaz). Qonning ivishi – suyuq holatdan jelesimon lahtaga aylanishi organizmning qon yo’qotishga to’sqinlik qiladigan muhim biologik himoya reaksiyasidir. Sog’lom odamda kichik qon tomirlar jarohatlanganda qon oqishi 1-3 minutda to’xtaydi. Bu birlamchi gemostaz (qon to’xtashi) asosan kichik qon tomirlarining torayishi va bir –biriga yopishib, g’uj bo’lib qolgan trombotsitlarning ularga tiqilib qolishiga bog’liq. Qon tomirlarining torayishini serotonin va katexolaminlar ta’minlaydi. Trombotsitlar agregatsiyasi (bir-biriga yopishishi) uchun ADF kerak. Ammo ADF yordamida hosil bo’lgan trombotsitlar agregatsiyasi hali mustahkam emas. Trombotsitlarning mustahkam agregatsiyasi ikkilamchi gemostaz jarayonida thrombin ta’sirida ro’yobga keladi. Download 123 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling