Qonun loyihasi


-bob. Energetik mahsulotlarning tarqatilishi hamda iste’mol qilinishini cheklash sohasida


Download 19.58 Kb.
bet2/3
Sana10.11.2023
Hajmi19.58 Kb.
#1762687
1   2   3
Bog'liq
QONUN LOYIHASI

2-bob. Energetik mahsulotlarning tarqatilishi hamda iste’mol qilinishini cheklash sohasida davlat kafolati va uning organlari vazifalari
4-modda. Energetik mahsulotlarning tarqatilishi hamda iste’mol qilinishini cheklash sohasidagi davlat kafolati
Davlat O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqariladigan yoki O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kiriladigan energetik mahsulotlarining inson hayoti va sog‘lig‘i uchun xavfsizligini baholash qoidalari hamda tartib-taomillari belgilanishini va ularga rioya etilishini kafolatlaydi.
Davlat energetik mahsulotlarga qaram bo‘lib qolgan va ushbu mahsulotlarni belgilangan me’yordan ortiq iste’mol qilishi natijasida sog’lig’iga zarar yetgan shaxslarga tibbiy-sanitariya yordami ko‘rsatilishini, shuningdek energetik mahsulotlarini iste’mol qilishning salbiy oqibatlari to‘g‘risidagi axborotdan energetik mahsulot idishining old qismida keltirilishini qonunchilik talablariga muvofiq ta’minlaydi.
5-modda. Energetik mahsulotlarning tarqatilishi hamda iste’mol qilinishini cheklash sohasida Sog’liqni saqlash vazirligining asosiy vazifalari
O`zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligining Energetik mahsulotlarning tarqatilishi hamda iste’mol qilinishini cheklash sohasidagi vazifalari:
O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqariladigan yoki O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kiriladigan energetik mahsulotlarining inson hayoti va sog‘lig‘i uchun xavfsizligini tekshirishi;
ushbu mahsulotlarning iste’mol qilishga yaroqliligi yoki yaroqsiz ekanligi xususidagi hujjatni ushbu mahsulotni ishlab chiqarayotgan va (yoki) mamlakat hududiga olib kirayotgan shaxs yoki shaxslarga 3 (uch) kunlik muddat ichida tegishli tartibda xabardor qilishi zarur.
6-modda. Energetik mahsulotlarning tarqatilishi hamda iste’mol qilinishini cheklash sohasida O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining asosiy vazifalari
O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Energetik mahsulotlarning tarqatilishi hamda iste’mol qilinishini cheklash sohasida vazifalari:
energetik mahsulotlarni ishlab chiqarayotgan yoki mamlakat hududiga olib kirayotgan shaxslarning Sog’liqni saqlash vazirligi tomonidan berilgan hujjat bilan faoliyat yuritayotganligini tekshirishi;
ushbu hujjat mavjud bo`lmagan shaxslarga tegishli tartibda bir marotaba ogohlantirish berishi;
ushbu ogohlantirish berilgan vaqtdan boshlab 24 soatdan so`ng ushbu shaxsni qayta tekshirishi;
qayta tekshirilganda noqonuniy faoliyat yuritayotgan shaxsning tegishli tartibda Sog’liqni saqlash vazirligidan energetik mahsulotning yaroqliligi xususida hujjat olmaganligi aniqlansa, ushbu shaxsning hujjatsiz bo`lgan barcha mahsulotlari olib qo`yilishi kerak. Agar ushbu olib qo`yilgan mahsulotlar iste’molga yaroqsiz hisoblanadigan bo`lsa, mahsulotlar tegishli tartibda yo`q qilinadi.

Download 19.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling