Qonuni kiberxavfsizlik to‘G‘risida


-bob. Kiberxavfsizlik sohasini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish


Download 116.64 Kb.
Pdf ko'rish
bet14/16
Sana18.06.2023
Hajmi116.64 Kb.
#1583702
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
7-bob. Kiberxavfsizlik sohasini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish 
32-modda. Kiberxavfsizlik subyektlarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash 
Kiberxavfsizlik subyektlarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash quyidagilardan iborat: 
kiberxavfsizlik sohasidagi normativ-huquqiy bazani takomillashtirish; 
kiberxavfsizlik subyektlariga soliq, bojxona imtiyozlari va preferensiyalar berish; 
xo‘jalik yurituvchi subyektlarning mablag‘larini kiberxavfsizlik sohasini moliyalashtirish 
uchun jalb etishga shart-sharoitlar yaratish; 
kiberxavfsizlik sohasida ilmiy-texnika yutuqlariga asoslangan mahsulotlarning va ilg‘or 
texnologiyalarning kafolatlangan tarzda joriy etilishini ta’minlash maqsadiga qaratilgan davlat 
xaridlarini tashkil etish; 
kiberxavfsizlik sohasida kadrlarni tayyorlashga, qayta tayyorlashga, shuningdek ularning 
malakasini oshirishga ko‘maklashish. 
33-modda. Kiberxavfsizlik sohasida ilmiy-texnik va innovatsion faoliyatni qo‘llab-
quvvatlash 
Davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va xo‘jalik yurituvchi 
subyektlar tomonidan kiberxavfsizlik sohasidagi ilmiy-texnik va innovatsion faoliyatni qo‘llab-
quvvatlash quyidagilar vositasida amalga oshiriladi:
ilmiy-tadqiqot, tajriba-konstruktorlik va texnologik ishlarni davlat buyurtmasi doirasida 
bajarish uchun buyurtmalarni joylashtirish; 
investitsiya loyihalarini amalga oshirish jarayonida amalga oshiriladigan ilmiy-tadqiqot
konstruktorlik va texnologik ishlarni moliyalashtirish uchun kiberxavfsizlik subyektlariga 
subsidiyalar ajratish
innovatsion mahsulotlarga bo‘lgan talabni, shu jumladan davlat ehtiyojlari uchun sotib 
olinadigan tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) maqbullashtirilishini rag‘batlantirish; 
kiberxavfsizlik darajasini yaxshilash bo‘yicha loyihalarni amalga oshiradigan, shu jumladan 
mavjud ilg‘or texnologiyalardan foydalangan holda xizmatlar ko‘rsatish borasidagi innovatsion 
faoliyat bilan shug‘ullanadigan tashkilotlarga moliyaviy yordam ko‘rsatish; 
kiberxavfsizlik sohasida ilmiy, ilmiy-texnik va innovatsion faoliyatni amalga oshirish hamda 
muhim axborot infratuzilmasi obyektlarining kiberxavfsizligini ta’minlash uchun shart-sharoitlar 
yaratish; 
kiberxavfsizlikni ta’minlash bilan bog‘liq davlat xaridlarini amalga oshirishda 
mamlakatimizda ishlab chiqarilgan mahsulotga ustuvorlik berish. 

Download 116.64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling