Qonunlar loyihalarini tayyorlash va o‘zbekiston respublikasi oliy majlisining qonunchilik palatasiga kiritish tartibi to‘G‘risida
-modda. Qonunchilik tashabbusi huquqini amalga oshirish
Download 23.26 Kb.
|
jsldhf
- Bu sahifa navigatsiya:
- 6-modda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qonunlar loyihalarini tayyorlash borasidagi faoliyati
4-modda. Qonunchilik tashabbusi huquqini amalga oshirish
Qonunchilik tashabbusi huquqi Qonunchilik palatasiga qonunchilik tashabbusi huquqi subyektlari tomonidan qonunlar loyihalarini kiritish orqali amalga oshiriladi. 5-modda. Qonunchilik tashabbusi huquqi subyektining vakili Oldingi tahrirga qarang. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Qonunchilik palatasida o‘zi kiritgan qonun loyihasi ko‘rib chiqilayotganda ishtirok etish uchun, shu jumladan qonun loyihasini Qonunchilik palatasi majlisida birinchi o‘qishda ko‘rib chiqish chog‘ida, qoida tariqasida, ma’ruza bilan so‘zga chiqish uchun o‘z vakilini tayinlaydi. Qonunchilik tashabbusi huquqining boshqa subyektlari ham (Qonunchilik palatasi deputatlaridan tashqari) qonun loyihasi Qonunchilik palatasida ko‘rib chiqilayotganda ishtirok etish, shu jumladan qonun loyihasini Qonunchilik palatasi majlisida birinchi o‘qishda ko‘rib chiqish chog‘ida, qoida tariqasida, ma’ruza bilan so‘zga chiqish uchun o‘z vakilini tayinlashi mumkin. (5-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 10-avgustdagi O‘RQ-631-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.08.2020-y., 03/20/631/1153-son) LexUZ sharhi Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2016-yil 29-yanvardagi 368-III-sonli Qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Reglamentining 115-moddasi. 6-modda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qonunlar loyihalarini tayyorlash borasidagi faoliyati O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi: 1) o‘z tashabbusi bilan yoxud O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining topshirig‘iga binoan, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qo‘mitalarining takliflari va tavsiyalari asosida qonunlar loyihalarini ishlab chiqadi hamda Qonunchilik palatasiga ko‘rib chiqish uchun kiritadi; 2) vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar hamda davlat va xo‘jalik boshqaruvining boshqa organlariga qonunlar loyihalarini tayyorlash to‘g‘risida topshiriqlar beradi, qonunlar loyihalarini tayyorlash ishini tashkil etadi va unga rahbarlik qiladi; 3) qonunlar loyihalarini davlat organlariga, nodavlat tashkilotlarga va ilmiy muassasalarga taqriz uchun yuboradi; Oldingi tahrirga qarang. 4) vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarning amaldagi qonunchilikning qo‘llanilish amaliyoti hamda ularning samaradorligini o‘rganish natijalari to‘g‘risidagi axborotlarini eshitadi; (6-modda birinchi qismining 4-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) 5) qonunlar loyihalarini tayyorlash borasida boshqa faoliyatni amalga oshiradi. LexUZ sharhi Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida”gi Qonuni va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 22-martdagi 242-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Reglamentini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori. Oldingi tahrirga qarang. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisidagi vakolatli vakili qonun loyihalarini tayyorlashda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Apparati tarkibiy bo‘linmalarining, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining yaqin hamkorligini ta’minlaydi, qonun ijodkorligi faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari bilan hamkorligini tashkil etadi. (6-modda O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 10-maydagi O‘RQ-536-sonli Qonuniga asosan ikkinchi qism bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.05.2019-y., 03/19/536/3114-son) Download 23.26 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling