Qonunlar loyihalarini tayyorlash va o‘zbekiston respublikasi oliy majlisining qonunchilik palatasiga kiritish tartibi to‘G‘risida
-modda. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining qonunlar loyihalarini tayyorlash sohasidagi vakolati
Download 23.26 Kb.
|
jsldhf
7-modda. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining qonunlar loyihalarini tayyorlash sohasidagi vakolati
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi o‘z vakolati doirasida: 1) qonun ijodkorligi masalalarida davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining faoliyatini muvofiqlashtirib boradi hamda mazkur faoliyatga uslubiy jihatdan rahbarlik qiladi; 2) qonun ijodkorligi va huquqning qo‘llanilish amaliyoti sohasida yagona davlat siyosati olib borilishini ta’minlaydi; 3) qonun ijodkorligi faoliyatini takomillashtirishning ustuvor yo‘nalishlarini ishlab chiqadi, ularning amalga oshirilishini ta’minlaydi; 4) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining topshiriqlariga binoan va o‘z tashabbusi bilan qonunlar loyihalarini ishlab chiqadi hamda ko‘rib chiqish uchun belgilangan tartibda kiritadi; 5) davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari hamda mahalliy davlat hokimiyati organlarining qonunlar loyihalarini tayyorlash masalalari bo‘yicha takliflarini ko‘rib chiqadi va umumlashtiradi; Oldingi tahrirga qarang. 6) qonunlar loyihalarini ularning O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga va qonunlariga, qonunchilik texnikasi qoidalariga muvofiqligini aniqlash nuqtai nazaridan, shuningdek havola qiluvchi normalar qo‘llanilishining asosliligi va maqsadga muvofiqligi nuqtai nazaridan huquqiy ekspertizadan o‘tkazadi; (7-moddaning 6-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 14-maydagi O‘RQ-372-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 20-son, 222-modda) Oldingi tahrirga qarang. 61) qonunlar loyihalarining ulardagi davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari tizimida korrupsiya, boshqa huquqbuzarliklar sodir etilishi uchun sharoitlar yaratadigan, shuningdek tadbirkorlik subyektlari uchun ularning asossiz xarajatlar qilishiga olib keluvchi ortiqcha ma’muriy hamda boshqa cheklovlarni joriy etadigan qoidalar va normalarni aniqlash nuqtai nazaridan tahlilini amalga oshiradi; (7-modda O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 14-maydagi O‘RQ-372-sonli Qonuniga asosan 61-band bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2014-y., 20-son, 222-modda) Oldingi tahrirga qarang. 7) qonun hujjatlarini O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga va O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiqlashtirish to‘g‘risida, huquqiy jihatdan tartibga solishning tizimliligi va yaxlitliligini ta’minlash to‘g‘risida takliflar ishlab chiqadi, qonun hujjatlarini takomillashtirishga oid takliflarni tahlil qiladi va umumlashtiradi hamda ularni O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga ko‘rib chiqish uchun kiritadi, qonunchilikni kodifikatsiyalash ishlarini amalga oshiradi; (7-moddaning yettinchi bandi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) Oldingi tahrirga qarang. 8) davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari tomonidan qonunlar loyihalarini tayyorlash zaruriyatiga oid masalalarning oldindan kelishib olinishini amalga oshiradi. (7-moddaning 8-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 14-maydagi O‘RQ-372-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 20-son, 222-modda) LexUZ sharhi Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 5-avgustdagi 227-sonli “Qonunlar loyihalarini ishlab chiqish va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qonunchilik palatasiga kiritish bo‘yicha dasturlarini tayyorlash va qabul qilish, shuningdek ularning bajarilishi monitoringi tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori. LexUZ sharhi Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-apreldagi PQ-3666-sonli qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi to‘g‘risida”gi nizom. Download 23.26 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling