Qo’qon-2022 Reja: I. Kirish. II. Asosiy qism


Oy mavzusi: “Kuz bo’yoqlari”


Download 0.57 Mb.
bet2/3
Sana17.12.2022
Hajmi0.57 Mb.
#1025674
1   2   3
Bog'liq
Irkabayeva Ma\'mura

Oy mavzusi: “Kuz bo’yoqlari”
Hafta mavzusi: “O’zbekistonning oq oltini”
TA’LIMIY FAOLIYAT TURI:
1.Tabiat bilan tanishtirish
2. Badiiy adabiyot.
Maqsadi: Bolalarning tabiat haqidagi bilimlarini aniqlab, O’zbekiston Davlat boyliklaridan bo’lgan paxta o’simligi haqida ularning tasavvurini kengaytirish. Paxtakorlar mehnati va oq oltindan olinadigan xom ashyolar haqida bilimlar berish.
Kerakli jihozlar: Paxta mulyaji, paxta, ip, mato, paxta dalalari va paxtakorlar tasvirlari.
Markazlar: “Tabiat va biz” faoliyat va “Milliy” faoliyat burchaklari. Faoliyatning borishi:



Tarbiyachi: Bolalar kelinglar sizlar bilan paxta o’simligi haqida suhbatlashamiz. Bilasizlarmi bolajonlar mirishkor dexqonlarimiz paxta chigitini erta baxorda ekib, suv berib, chopiq qilib, parvarish qilishdi. Kech kuzda mo’l xosil yigishtirib olinadi. Ona yurtimiz dalalarida bug’doy, sholi, makkajo’xori, poliz ekinlari, bog’u rog’lardan tashqari paxta ekini ham ekib, etishtiriladi. Bolalar chigitdan o’sib chiqqan g’o’za juda chiroyli o’simlik. Barglari va gullari yirik, pushti va sariq rangda bo’lib, faqat bir kun davomida ochilib turadi. G’o’zaga yoz davomida dexqonlar ishlov berishadi. Asta sekin gul o’rnida mevalar –ko’saklar kuzda momiq tolalar bilan qoplangan paxta bo’lib ochiladi.Bolajonlar men sizlarga paxta mavzusida judayam ajoyib videorolik qo’yib beraman ko’rasizlarmi unda siz paxtani qanday etishtiradi, yig’ishtirib oladi, undan nimalar ishlab chiqariladi, o’zingiz tanishib chiqasizlar. (tarbiyachi videorolikni bolalarga namoyish qilib beradi).
Bolalar videorolik sizlarga yoqdimi, ko’rdinglarmi bolajonlar paxta milliy boyligimizni qanday etishtirilishini va undan nimalar qanday tayorlanishini. Endi sizlarga she’r o’qib beraman: Asom Ziyomatovning “Paxta
Chanoqlarda oppoq paxta.
Kulib turar qanday baxt-a!
Erkalanib, tebranadi,
Yal-yal yonib tovlanadi.
Raxmat senga aziz dehqon,
Uyding bizdan ulkan xirmon.
Mehnatingdan oltin bo’ldik.
Chanoqlarda lim-lim to’ldik.


Xulosa.
Mashg`ulot bolalar bog`chasida bolalarga ta`lim berishning asosiy shaklidir. Mashg`ulot – pedagogning bolalarni kerakli bilim va malakalardan frontal holda xabardor qilishidir. Tarbiyachi bolalarga ta`lim berishni kun davomida amalga oshiradi: ularning bilimlarini boyitadi, madaniy-gigienik, xulq madaniyati, gaplashishi nutiqi, sanoq - hisob harakatlari kabi turli-tuman malaka va ko`nikmalarini shakllantirib boradi. Ammo ta`lim berishda bosh rolni mashg`ulot egallaydi. Mashg`ulotlar bolalar bog`chasida ta`limni tashkil etish shaklidir. U maktabgacha tarbiya yoshidagi hamma bolalar uchun majburiydir: unda dastur mazmuni belgilab berilgan, kun tartibida unga ma`lim o`rin va vaqt ajratilgan. Mashg`ulot tarbiyachi rahbarligida o`tkaziladi, tarbiyachi mashg`ulotda bolalarni yangi bilimlardan xabardor qiladi, bolalar egallab olgan bilimlarni esa aniqlab, mustahkamlaydi, bolalarning amaliy mashg`ulotlarini tashki etadi. O`quv materialining mazmuni asta-sekin murakkablashtirilib boriladi. Mashg`ulot bolalarni maktabga tayorlashda katta ahamiyatga ega. Mashg`ulot yaxshi tashkil etadigan bo`lib qoladilar. Ularda barqaror diqqat, irodani, diqqatni jalb eta olish kabi qobiliyatlar rivojlanadi. Izchillik bilan ta`lim berish natijasida bilimga qiziqishlari rivojlana boardi. Bolalarga bilim berishni jamoa usulida olib borish katta ahamiyatga ega: birgalikdagi faoliyatda bolalar bir birlariga faol ta`sir etishadi, o`z tashabbusi, topag`onligini namoyon qilish imkoniyati tug`iladi. Bolalar oldiga umumiy zo`r berishni talab etivchi vazifa qo`yilganda birgalikda qayg`urishadi, jamochilik hissi shakillanadi. Ekskursiyalar, rasm qirqib yopishtirish, qurish-yasash ishlarini birgalikda bajarish, umumiy raqs-o`yinlarini ijro itish, badiiy asarlarni eshitish, o`qishda paydo bo`lgan birgalikdagi kechinmalar bolalarning birlashgan do`stona jamoasini yara`tishga yordam beradi, birga ishlash, yashashga o`rgatadi. Mashg`ulotda ta`lim berish orqali bolalarda maktabdagi o`xishga qiziqish tarbiyalanadi, javobgarlik hissi, o`zini tuta olish, mehnat qilishga intilish odati, topshirilgan ishni bajarish kabi to`qri sifatlar hosil qilinadi. Prezident endilikda paxta yetishtirishda klaster usuli qo‘llanilishini ma'lum qildi. Bu yerlarni tayyorlashdan boshlab ekinni yetishtirish, hosilni yig‘ib olish, saqlash va qayta ishlashdan tortib tayyor mahsulotni sotishgacha bo‘lgan barcha jarayonlarni bitta boshqaruv tizimi holida ishlashdan iboratdir.
Joriy yilda hali paxta mavsumi boshlanmasidanoq majburiy mehnatning har qanday turiga keskin choralar ko‘rilishi haqida rasman – prezident va hukumat darajasida e'lon qilindi. Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Sherzod Kudbiyev bunday holatlar alohida nazoratga olinishi va paxta yig‘im-terimi mavsumida majburiy mehnatga oid har bir shikoyat o‘rganilib, tegishli choralar ko‘rilishini bildirdi. Shuningdek, Bosh prokuratura, Ichki ishlar vazirligi kabi tashkilotlar ham bunday holatlarga qarshi kurashishi bo‘yicha bayonotlar berishdi.

Download 0.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling