Qo’qon Davlat Pedagogika Instituti akademik litseyning “Aniq va tabiiy”fanlar kafedrasi informatika fani o’qituvchisi Ahmedova Nigoraxonning “Delphi dasturlash


Download 0.96 Mb.
bet1/6
Sana08.05.2023
Hajmi0.96 Mb.
#1441896
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
122- ochiq dars (2)


Qo’qon Davlat Pedagogika Instituti akademik litseyning “Aniq va tabiiy”fanlar kafedrasi informatika fani o’qituvchisi Ahmedova Nigoraxonning “Delphi dasturlash muhiti” mavzusida litseyning “Aniq fanlar” yo’nalishi I bosqich 122– guruhida o’tkazgan ochiq dars tahlili
B A Y O N N O M A S I
02.02.2023 yil Qo’qon shahri
Qatnashdilar:

  1. Yig’ilish raisi – O’quv ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari Z. Meliyev

  2. Yig’ilish kotibi – aniq va tabiiy fanlar o’qituvchisi Burhonova H.

  3. Fan o’qituvchilari – N.Shomatov, X. Xasanova, H. Burxonova , Yu Kulidjanova.

Kun tartibi:

  1. Informatika fani o’qituvchisi Ahmedova Nigoraxon litsey I bosqich “Aniq fanlar” yo’nalishidagi 122-guruhida “Delphi dasturlash muhiti ” mavzusida o’tgan ochiq dars tahlili.

Eshitildi:
Informatika fani o’qituvchisi Ahmedova Nigoraxon so’zga chiqib ochiq darsni o’tkazishda o’z oldiga qo’ygan maqsadiga qanchalik erishganligi, talabalarning bilimini oshirish bilan birga, ularning ruhan qo’llab quvvatlash orqali yanada qiziqishini, o’z bilimlariga ishonchni orttirishni maqsad qilganligi haqida gapirdi.
Litseyning o’quv ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari Z. Meliyev so’zga chiqib Ahmedova Nigoraxonning ochiq darsi barcha talablarga mos o’tkazilganligini, o’qituvchi yangi mavzuni tushuntirish jarayonida talabalarga ma’naviy tarbiya berish bilan birga, milliy g’urur tuyg’usini singdirishga e’tibor berganligi haqida gapirib o’tdi.
So’zga “Aniq va tabiiy” fanlar kafedra mudiri N.Shomatov chiqib, mavzu bo’yicha qo’yilgan maqsadga erishganligini aytib o’tdi. O’quv dasturda belgilangan o’quvchilar egallashi lozim bo’lgan bilim va ko’nikmalarni shakllantirilganligini aytib o’tdi.

Kimyo fani o’qituvchisi H. Burxonova so’zga chiqib, ochiq dars haqida fikrlarini bildirib o’tdi. U dars to’g’ri tashkillanganligi, dars jarayonida bajarilgan barcha mashqlar mavzuga mos tanlanganligi haqida gapirib o’tdi. Shuningdek, dars jarayonida talabalarning tinglab tushunish, gapirish, o’qish va yozish ko’nikmalarini rivojlantirishga alohida e’tibor berilganligini aytib o’tdi va ochiq darsni na’munali deb baholadi.


Fizika fani o’qituvchisi X. Xasanova so’zga chiqdi va dars haqida fikrlarini bayon qildi. N. Ahmedova ochiq dars davomida talabalarni to’liq darsga jalb qilinganligi, dars jarayonida turli xil mavzuga mos interfaol metodlardan unumli foydalanilganligini tahlil qilib berdi.A. Kunazarov ochiq darsni na’munali deb topishini aytib o’tdi.
Yu. Kulidjanova ochiq dars yuzasidan so’zga chiqdi.U dars jarayonida vaqtdan unumli foydalanilganligi, o’qituvchining nutqi ravon, bilimi yetarli ekanligi haqida gapirib o’tdi. Dars davomida yangi innovatsion pedagogik texnologiyalardan samarali foydalanilganligi haqida gapirdi. Shuningdek, talabalar bilan individual, juft, guruh va ommaviy tarzda ish olib borilganligi haqida gapirib o’tdi va ochiq darsni na’minali deb baholadi.
Yig’ilish so’ngida o’quv ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari Z. Meliyev so’zga chiqdi. Ochiq dars mazmunli o’tganligi, o’quvchilar mashg’ulot davomida faol va erkin ishtirok etganligi, o’qituvchi yuqori bilim darajasiga ega ekanligi, dars yangi pedagogik texnologiyalar asosida o’tganligini aytib darsni na’munali deb baholadi.
Qaror qilindi:

  1. Informatika fani o’qituvchisi Ahmedova Nigoraxon litsey I bosqich “Aniq fanlar” yo’nalishidagi 122-guruhida “Delphi dasturlash muhiti” mavzusidagi ochiq darsi na’munali deb topilsin.

  2. Dars jarayonida qo’llanilgan metodik usullar o’quv jarayoniga tadbiq etilsin.

  3. Ushbu dars ishlanmasi o’quv mashg’ulotida “Aniq va tabiiy”fanlar kafedrasi o’qituvchilari uchun foydalanishga tavsiya etilsin.



Download 0.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling