Qo’qon davlat pedagogika instituti Magistratura bo’limi Aniq va tabiiy fanlarni o’qitish metodikasi (biologiya) ta’lim yo’nalishi 2-kurs magistranti Karimova Dilnoza Faxriddin qizi “Intеgrаtsiоn yоndаshuv аsоsidа bо`lаjаk о`qituvchilаrning kаsbiy kоmpеtеnsiyаlаrini rivоjlаntirish” mаvzusidаgi dessertatsiya ishiga
Taqriz
Magistrant D.Karimova magistrlik ishining dolzarbligi va mavzuning tanlanishida Biologiyani o’qitishda ta’lim sifati va samaradorligini oshirishda Intеgrаtsiоn yоndаshuv аsоsidа bо`lаjаk о`qituvchilаrning kаsbiy kоmpеtеnsiyаlаrini rivоjlаntirish muammosini o’rganishga qaratilgan. Bunda bo’lajak o’qituvchilarning kasbiy kompetensiyalarini oshirishda integratsion yondashuv orqali o’quvchilarni o’quv bilish faoliyatni rivojlantirishga imkon beradi. Tabiiy fanlarni o’qitishda integratsiyadan foydalanish darsda o’quvchilarning faolligini oshiradi,o’quvchilarni mustaqil fikrlashga o’rgatadi,o’quvchining fanlar bo’yicha to’plagan bilimlarini mustaxkamlaydi,yangilaydi va bilim olishga bo’lgan qiziqishni orttiradi. Eng muhimi sinfdagi o’quvchilar o’rtasidagi tabaqalashtirish muammosini oldini olishga yordam beradi.
Bo’lajak o’qituvchilarning kasbiy ko’nikma, og’zaki va yozma nutq malakalari, funksional, hisoblash, rasmiy –mantiqiy, o’lchash ,badiiy-tasviriy,grafik,fikrlash faoliyati,bo’lajak o’qituvchilarning kasbiy kompetensiyalarini rivovlantirishning muammosini o’rganishga qaratilgan.
Bitiruv malakaviy ish 3 ta bob,6 ta paragraf va ilovalardan iborat bo’lib,mavzuni belgilangan reja asosida yoritib berilgan. Bo’lajak biologiya o’qituvchilarini kasbiy-pedagogik faoliyatga tayyorlashning pedagogik-psixologik jihatlari integratsion va kreativ faoliyat uzviyligida asoslab o’tilgan.
D.Karimova “Integratsion yondashuv asosida bo’lajak o’qituvchilarning kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish”mavzusida yozilgan magistrlik
dissertatsiya ishi DAK talablariga to’liq javob beradi deb hisoblayman,mazkur dissertatsiya ishini himoyaga tavsiya etish mumkin.
Qo’qon pedagogika instituti,
Tabiiy fanlar fakulteti,Biologiya fanlari
bo’yicha falsafa doktori (PhD),dotsent X.Abdinazarov
Do'stlaringiz bilan baham: |