Qo‘qon davlat pedagogika instituti tarix fakulteti tarix yo‘nalishi 101-guruh talabasi Vahobjonov Diyorbekning O'zbekiston tarixi fanidan taqdimoti


Download 0.84 Mb.
Sana31.03.2023
Hajmi0.84 Mb.
#1313172
Bog'liq
O\'zbekiston tarixi 101

Qo‘qon davlat pedagogika instituti tarix fakulteti tarix yo‘nalishi 101-guruh talabasi Vahobjonov Diyorbekning O'zbekiston tarixi fanidan taqdimoti

1


Mavzu:Xorazmshohlar davlshohlar davlati
Reja:
1.Xorazmshohlar davlati asos solinishi
2.Xorazmshohlar davlatida ijtimoiy-iqtisodiy hayot
3.Jaloliddin Manguberdi Mohir sarkarda
XI asr va XII asrning birinchi yarmida Xorazm saljuqiylar davlati (Gʻaznaviylar davlati xarobalarida XI asrda tashkil topgan) tarkibiga kirgan. Xorazmning XI asrdagi yuksalishi turkiylar sulolasiga mansub xorazmshohlar siyosati bilan uzviy bogʻliq. Mazkur sulolaga saljuq amirining tashtdori Anushtegin asos solgan. Sulton hammomchilari mahkamasining sardori boʻlgan Anushtegin Garchoi Malikshoh (1072-1092 yy.) saroyida yuksak martabaga erishgan. U rahbarlik qilgan mahkama zimmasiga Xorazmni boshqarish ham yuklangan.
1077-yilda Malikshoh Anushtegin Garchoini Xorazmga noib etib tayinlaydi va Xorazmda Anushteginlar sulolasi hukmronligi boshlanadi. Anushteginlar turkiylar sulolasidan boʻlib, oʻsha paytda, Osiyoda hukmronlik qilgan uch buyuk sulola: Anushteginlar, Saljuqiylar va Gʻaznaviylar bir negizdan kelib chiqqan. 1097-yilda Anushtegin vafot etgach, Xorazm noibi etib Ekinji ibn Qorachar tayinlanadi. Biroq u oʻsha yili noiblikdan chetlatilib, uning oʻrniga Anushteginning oʻgʻli Qutbiddin Muhammad (1097-1127 yy.) qoʻyiladi.
Alovuddin Muhammad (1200-1220) davrida mamlakat hududi yanada kengadi. 1210-yilda Movarounnahrni Qoraxitoylardan tortib oladi. Uning davrida mamlakat qanchalik gullab-yashnamasin, mamlakat ich-ichidan yemirilib borgan. Xatto, sulton saroyida ham ichki nizolar avj olib, ularning boshida Turkon Xotun va qipchoqlar turgan. Sulton saroyidagi bunday nizolardan foydalangan moʻgʻullar 1219-1221-yillarda mamlakatning asosiy qismini bosib oladilar. Xorazmshoh Jaloliddin Manguberdi (1220-1231 yy.) 11 yil davomida Hindiston, Eron va Ozarbayjon hududlarida moʻgʻullarga qarshi mardonavor kurash olib boradi. 1231-yil avgustda Jaloliddin Manguberdi Ozarbayjonda halok boʻlgach, 154-yil hukmronlik qilgan Anushteginlar sulolasining hukmronlik davri tugaydi.
Xorazm davlati qadimdan sun‘iy sug‘orishga asoslangan dehqonchilik, chorvachilik, xunarmandchilik rivojlangan xududlardan biri bo‘lgan. Qadimgi davrlarda bu xududning rivojlanishining aosisy omillardan biri buyuk ipak yo‘lining bu xududdan o‘tganligi edi. Xorazmshohlar davlati davrida -yirik siyosiy birlashmaning vujudga kelishi bilan davlatning siyosiy mavqei oshdi. Bu esa o‘z navbatida hunarmandchilikning, savdoning rivojlanishiga, shaharlarning yuksalishiga zamin yaratdi.
Xorazmshoxlar davlati markazi -Gurganj yirik savdo va madaniy markazga aylangan. Shuningdek, Xazarasp, Kat, Xushmusan, Darg‘on, Savag‘on, Mang‘ishloq, Nuzkat kabi shaxarlari obod shaxarlar qatoriga kirgan. Xorazmshohlar davlatida raiyat, ya‘ni oddiy aholining ijtimoiy turmush tarzi yashi bo‘lishi uchun hukmdorlar alohida ahamiyat berganlar. Jumladan, Xorazmshoh Takash o‘z farmonlaridan birida raiyatga nisbatan adolatli bo‘lshga, dehqonlarning manfaatini himoyaga qilishga, soliqlarni olish jarayonida qonunlarga to‘liq rioya etishga amr qilgan. Jaloliddin Xorazmshoh ham urush natijasida qiyin ahvolga tushib qolgan aholini soliqlardan ozod etgan.
Jaloliddin Manguberdi(1198—1231) — Xorazmshohlar davlatining soʻnggi hukmdori (1220-yildan), Muhammad Xorazmshohning toʻngʻich oʻgʻli. U 33 yil umr koʻradi va uni 11 yili jang ichida oʻtadi. Toʻliq ismi Jaloliddin ibn Alovuddin Muhammad. Onasi — Oychechak boʻlgan. Jaloliddining burnida xoli (mank) boʻlgani uchun Mankburni nomi bilan atalgan. Keyinchalik bu nom talaffuzda oʻzgarib „Manguberdi“ nomi bilan mashhur boʻlib ketgan.
Jaloliddin Manguberdi voyaga yetgach, otasi uni Gʻazna, Bomiyon, Gʻur, Bust, Takinobod, Zamindovar va Hindiston hududlarigacha boʻlgan yerlarga hokim va taxt vorisi etib tayinlagan (1215), biroq Turkon xotun va qipchoq amirlarining qat’iy noroziligi sababli Qutbiddin Oʻzloqshoh foydasiga vorislikdan mahrum etilgan. Jaloliddin Manguberdi otasining harbiy yurishlarida ishtirok etib, oʻzining jasur jangchi, iqtidorli sarkardalik qobiliyatlarini namoyish etgan (qarang Irgʻiz daryosi boʻyidagi jang). Chingizxon boshchiligidagi moʻgʻul qoʻshinlari Movarounnahrga bostirib kirib birin-ketin shaharlarni egallab, Samarqandga yaqinlashganlarida xorazmshoh Muhammad Kaspiy dengizi boʻyida joylashgan Obeskun shahri yaqinidagi Ashura orolidan panoh topgan. Ogʻir bemor boʻlgan Muhammad oʻgʻillarini yoniga chorlab, soʻnggi damda Jaloliddin Manguberdini oʻz oʻrniga xorazmshoh etib tayinlagan
Chingizxon katta qoʻshin toʻplab Jaloliddin Manguberdiga qarshi shaxsan oʻzi otlangan. Fapdiz qalʼasi yaqinida Jaloliddin Manguberdi Chingizxon qoʻshinining ilgʻorini tor-mor keltiradi va kuchi ozligi sababli Sind (Hind) daryosi tomon chekinadi. Chingizxon qoʻshini Jaloliddin Manguberdini daryodan oʻtishiga imkon bermay qurshab oladi. 1221-yil 25-noyabrda boʻlgan tengsiz jangda (Sind daryosi boʻyidagi jang) magʻlubiyatga uchragan Jaloliddin Manguberdi 4000 jangchisi bilan 18-20 metrlik jarlikdan Sind daryosiga sakrab, uning oʻng sohiliga suzib oʻtib, choʻl ichkarisiga kirib ketdi (Bu choʻl hozirda ham Choʻli Jaloliy deb ataladi).
E'TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT
Download 0.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling