Qo‘qon davlat pedagogika instituti Tarix fakulteti


Download 284.47 Kb.
bet2/8
Sana06.11.2023
Hajmi284.47 Kb.
#1751313
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
mustaqil ish Dilraboo

O’qitish metodlari — o’qituvchilarning aktiv fikrlash asosida o’quvchilarni o’qitishga, o’qituvchi rahbarligida o’quvchilarning ilmiy bilimlarni o’zlashtirishi va amalda qo’llana bilishlariga, dunyoqarash va e'tiqod hosil qilishlariga, aqliy va jismoniy mehnat, ko’nikma va malakalarini egallashlariga, bilish va ijodiy qobiliyatlari o’sishiga yordam berishni ta'minlovchi
usullar.
Tarix o‘qitish metodlari va usullari “Metod yunoncha - metodos” so‘zdan olingan bo‘lib, izlanish, bilish yo‘li, nazariya, ta’limot, biror narsaga yo‘l ma’nosini anglatadi. Aniq vazifani yechishga bo‘ysundirilgan, borliqni amaliy yoki nazariy o‘zlashtirish yo‘llarining yig‘indisidir. Shuningdek, maqsadga erishishning aniq, qisqa va maqbul yo‘li hisoblanadi.
Metod-tarixiy tadqiqotlar jarayonida aniq maqsadga olib boruvchi usullar va jarayonlar yig‘indisidan iborat. O‘qitish metodi esa ta’lim jarayonida o‘qituvchi va o‘quvchilarning ma’lum maqsadga erishishga qaratilgan birgalikdagi faoliyat usullari yoki ta’limda maqsadga erishish, masalalarni hal qilish yo‘llari, usullari tushuniladi. O‘qitish metodi tarkibida usullar alohida ajralib turadi.
Usul – metodning tarkibiy qismi, metodni amalga oshirishda bir martagina qo‘llaniladigan va alohida qadam hisoblanadi. Boshqacha qilib aytganda, o‘qitish metodlari har ikkala faoliyatning, ya’ni o‘qituvchi tomonidan o‘quvchilarni bilim, ko‘nikma va malakalar bilan qurollantirish, ahloqiy jihatdan tarbiyalash, ularda ilmiy dunyoqarashni shakllantirish hamda o‘quvchilar tomonidan o‘sha nazarda tutilgan ilmiy bilim, ko‘nikma va malakalarni o‘zlashtirish faoliyatida ko‘llaniladigan usullarni o‘z ichiga oladi.
Pedagogikaga oid adabiyotlarda o‘qitish metodlariga katta ahamiyat beriladi. Didaktika bilan shug‘ullanuvchilar metodni o‘quv jarayonining o‘zagi, ko‘zlangan maqsad va pirovard natijani bog‘lovchi vosita deb izohlaydilar. O‘qitish metodi “o‘qitishning maqsadi - mazmuni, metodi, shakli, usullari” tizimida muhim o‘rin egallaydi.

Download 284.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling