Qo‘qon davlat pedagogika instituti Tarix fakulteti


Tarix o‘qitish metodlari klassifikatsiyasi


Download 284.47 Kb.
bet4/8
Sana06.11.2023
Hajmi284.47 Kb.
#1751313
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
mustaqil ish Dilraboo

Tarix o‘qitish metodlari klassifikatsiyasi.
O‘qitish metodlari va usullari orqali o‘qituvchining o‘qitishi va o‘quvchilarning o‘rganishi yoki bilish faoliyati tashkil etiladi. O‘qitish metodlari - o‘qituvchining faol fikrlashi asosida o‘quvchilarni o‘qitishga, o‘quvchilarning ilmiy bilimlarni o‘zlashtirishi va amalda qo‘llay bilishlariga, dunyoqarash va e’tiqod hosil qilishlariga, aqliy va jismoniy mehnat, ko‘nikma va malakalarini egallashlariga, bilish va ijodiy qobiliyatlari o‘sishiga yordam berishni ta’minlovchi usullaridan iboratdir.
Metodlarni quyidagi ikki katta yo‘nalishga tasniflanadi:
1) Bilish (anglash) manbaiga ko‘ra: og‘zaki, bosma matnlar bilan ishlash, ko‘rsatmali, amaliy metodlar;
2) Bilish (anglash) faoliyatining bosqichlariga ko‘ra: illustrativ tushuntirish, reproduktiv (tayyor bilim berish), muammoli, qisman izlanish, ilmiy-tadqiqotchilik.
Tarix o‘qitish metodlari klassifikatsiyasi haqida pedagoglar turli fikrlarni bildirganlar. Bir-biri bilan bog‘langan o‘qitish metodlarini quyidagi guruhlarga ajratish mumkin:
1) og‘zaki o‘qitish metodi, (hikoya, monolog, dialog, suhbat, syujetli hikoya, tahlil qilib tushuntirish, tarixiy manbalar bilan ishlash; tarixiy adabiѐtlar, tarixiy hujjatlarni izohlash)
Og‘zaki bayon metodi – o‘qituvchining xotirasiga mo‘ljallab tashkil etiladi, tuzilish jihatidan ularning tarkibi bir xil: o‘qituvchi tushuntiradi, o‘quvchilar tinglaydilar.
Hikoya. Bayon shaklidagi hikoyada o‘qituvchi o‘quv materiali mazmunini turlicha aytadi, uning asosiy va ikkinchi darajali xususiyatlarini izohlaydi. Ma’ruza jarayonida o‘quvchilarning faolligi, tashabbuskorligini oshirish maqsadida o‘qituvchi o‘z nutqini ko‘rsatmali qurol, muammo va topshiriqlar bilan uyg‘unlashtiradi.
Ko‘rinib turibdiki, boshqa matodlar, xususan ko‘rsatmali va amaliy metodlar ham jalb etilmoqda. O‘quv materialiga oid iboralarga izoh berish, ayrim o‘rinlarda o‘quvchilarning o‘zlariga xulosa chiqarishni taklif etish o‘quvchilarning o‘quv-bilish faoliyatining samarasini oshiradi. Suhbat. Suhbat o‘qituvchi o‘quvchining o‘zaro ta’siri dialog shaklidagi ta’lim metodidir.
Unda mavzu mazmuniga xos, atroflicha o‘ylangan, birbiriga bog‘liq savollarni qo‘yish va savollarga javob izlash hamda javob qaytarish yo‘llari bilan o‘qituvchi va o‘quvchi faoliyati o‘zaro muvofiqlashadi. Suhbat evristik ham bo‘ladi.
Ya’ni, bunda o‘quvchilarning tafakkuriga mo‘ljallangan usul bo‘lib, unda o‘zaro ta’sir o‘qituvchi savollari o‘quvchilarning javoblari shaklida amalga oshiriladi. Evristik suhbat uzoq tarixga ega bo‘lib, undan qadimgi Yunonistonda Suqrot mohirona foydalangan.
U hozirgi ilmiy-didaktik tadqiqotlarda - izlanish suhbati deb ham yuritiladi. Evristik suhbatning qator ijobiy tomonlari bo‘lib, ijodiy yo‘l bilan o‘quv materialini o‘rganish, o‘zlashtirishning individual xarakter kasb etishi.
2) ko‘rsatmali ta’lim metodi (jadvallar, shartli-grafik illustrasiyativ ko‘rgazmalilik, surat tahlili, rasm, tarixiy xaritalar bilan ishlash);
` Ta’limning rivojlanish printsiplariga ko‘ra, o‘quvchilarni mustaqil fikrlash va ijodiy ishlay bilishga o‘rgatish va ularda zarur ko‘nikma, malakalarni yuzaga keltirishda ta’lim mazmuni bilan birga o‘qitish metodlari ham muhim rol o‘ynaydi. O‘qitish metodlari murakkab muammo bo‘lib, o‘rta ta’lim va professional ta’lim tizimida oldiga qo‘yilgan mas’uliyatli vazifalarning hal etilishi ko‘p jihatdan uning to‘g‘ri hal qilinishiga bog‘liqdir. Biroq, hozircha o‘qitish metodikasining bu muhim problemasi, xususan tarix o‘qitish metodlari sistemasi yetarli darajada ishlab chiqilmagan. Metodik adabiyotda metodistlar tomonidan «Metod», «Metodik usullar» tushunchasi turlicha talqin etiladi va klassifikatsiya qilinadi. O‘qitish metodikasida tarix ta'limi metodlari tizimining yetarli darajada ishlab chiqilmaganligi va bu sohada yagona fikr bo‘lmaganligi o‘rta ta’lim va professional ta’lim tizimida tarix o‘qitish amaliyotida jiddiy kamchiliklarga olib keldi. Ko‘p hollarda o‘qituvchilar o‘qitish metodlari va usullarini tanlashda dars va darsdan tashqari mashg‘ulotlarda o‘quvchilarga faqattayyor bilim berish, ya’ni ularni o‘qitish 4(ta’limning bir tomonini)ni ko‘zda tutib, o‘quvchilarning o‘rganishi (ta’limning ikkinchi muhim tomonini)ni uyushtirish, unga rahbarlik qilish, bilish, malaka va qobiliyatlarini sistemali ravishda o‘stirib borishkabi muhim momentlarni e’tibordan chetda qoldiradilar. Shuningdek, o‘qitishning metod va usullarini tanlashda o‘quv materialining mazmunidagi o‘ziga xosliklarni, uning ta’lim-tarbiya vazifalarini, o‘quvchilarning bilimi va malakalarini e’tiborga ola bilmaslik hollari ham shunday jiddiy kamchiliklar jumlasidan edi. Bu hol ma’lum darajada o‘quvchilarning tarix predmetiga qiziqishlari pasayishiga, umumiy ta’lim-tarbiya ishlarining natijasiga salbiy ta’sir ko‘rsatdi. Shu bilan birga, o‘rta ta’lim va professionalta’lim tizimida amaliyotida, ayniqsa keyingi yillarda o‘quvchilarni tarix predmeti vositasida tarbiyalashda, uni o‘qitishni ilmiy asosda olib borish, ta’lim-tarbiya ishlari samaradorligini oshirish sohasida ko‘pgina ilg‘or tajribalar to‘plandi va umumlashtirildi.
Kurgazmali uslub tug’risida pedagog Ya.A.Komenskiy,... o‘quvchilar sezib idrok etishi mumkin bo‘lgan narsalarni, albatta, sezgilar vositasi bilan , yani kurish mumkin bo‘lgan narsalarni ko‘z bilan kurib, eshitish mumkin bo‘lgan narsalarni quloq bilan eshitib hidi bor narsalarni hidlab ko‘rib, tamini sezish mumkin bo‘lgan narsalarni tatib ko‘rib, ushlab sezish mumkin bolgan narsalarni ushlab bilib olishlari kerak” (Krmenskiy Ya.A. Buyuk didaktika.T,,”O‘qituvchi” 1975, 174- bet). Ko‘rsatmalilik deganda, avvalo o‘qitish va o‘rganishning ko‘rsatmali usuli, o‘qituvchi bayonining ko‘rastmali bo‘lishi, uning o‘quvchilardagi tayyor obrazlarga suyana bilishi, o‘quv materialini band qilish vaqtida ko’rsatmali qurollardan foydalanish va ko‘rsatmali qurollar vositasida o‘quvchilarning bilish faoliyatini tezlashtirish hamda ularning o‘rganilayotgan tarixiy asoslarni voqea va hodisalarni aynan o‘zini eki ularning tasvirlarini ko‘rish yordamida o‘rganishlari tushuniladi. Ko‘rsatmali tasvirlar tarixiy fakt va hodisalarning tashqi ko‘rinishigina emas, balki ulraning ichki mohiyatni ham ochib beradi. Tarix o‘qitishda ko‘rsatmalilikning ahamiyati tarixiy faktlarni, hodisalarni ko‘rish organlari ishtirokida mushohada etish va ular haqida aniq tasavvur hosil qilish bilan chegaralanmaydi, murakkab tarixiy hodisalarni, tushunchalarni tushunib olishni ham yengillashtiradi, tarixni to‘g‘ri real tushunishda yordam beradi. Demak, tarixiy voqealar takrorlanmaydi. shuning uchun ham tarixiy bilimning muhim manbai sifatida har xil ko‘rsatmali qurollarni qabul qilamiz. Ular orqali tarixiy o‘tmish gavdalantiriladi. Faktlar konkretlashtiriladi. Masalan: o‘rta asr hunarmandchilik ustaxonasi bilan ingliz manufaktrasining kartinasini fabrika-zavod kartinalari bilan taqqoslash orqali ijtimoiy taraqqiyot bosqichlarini, uning qonuniyatlarini o‘zlashtirishga bo‘ladi. Ko‘rastmali o‘qitish usuli-nazrozat, qabul qilish, esda saqlash, so‘zlash malakalarini oshirishga yordam beradi. 42 2. Tarix o‘qitishda qo‘llaniladigan ko‘rsatmali qurollar klassifikatsiyasi: ko‘rsatmali qurollar o‘zining mazmuni, tarixiy obrazlarning xarakteri, ularni tayyorlash texnikasi va foydalanish usullariga qarab bir qancha turlarga bo‘linadi. 1.ko‘rsatmalilik: tarixiy yodgorliklar, esdalik joylari, memorchilik yodgorliklari, xo‘jalikka doir va boshqa qurilishlar, mehnat qurollari; qurol-yarog‘lar, ro‘zg‘or buyumlari, shu jumladan arxeologik topilmalar. Bunda maktab muzey eksponatlari ahamiyatga ega. 2. Tasviriy ko‘rastmalar: o‘qitishda foydalanish uchun ishlangan tarixiy tasvirlar va albomlar, san’at asarlari, suratlar, rasmlar, fotohujjatlar va foto‘kochirmalar, darsliklardagi rangli suratlar, o‘quv diapozitivlari diafilmlar va kinofilmlar, maketlar, har xil modellar va boshqalar. (Kompozitsion tasvirlash qurollariga-o’quv kartinalari, reproduktsiya, badiiy kinofilm va boshqalar kiradi). Tasviriy ko‘rgazmalilik-ko‘rsatmali o‘qitishda eng muhim o‘rinda turadi. (Bu haqida S.A.Pavlovichning, N.S.Michurina bilan birgalikda yozgan ”İzgotovlenie naglyadnıx posobiy po istorii v shkole”. L., 1961. P,A.Gerasimov, G.G.Gerasimovalarning ”Samodelnıe maketı i modeli po istorii. Albom chertejey”. M., 1967. kitoblarida va ”Oborudovanie urokov istorii samodelnımi naglyadnımi posobiyami” nomli maqolalar to’plamidan ko’rish mumkin). 3. Shartli ko‘rsatmali qurollar: Tarixiy va tekshiruv xaritalari, tarixiy atlaslar, chizmalar, grafika, diagramma va pedagogik rasmlar. Badiiy kartinalar-bu san’at asaridir. U ma’lum bir tarixiy davrning konkret rassomiga tegishli. U orqali madaniyatni o‘rganish bilan birga tarixiy jarayonni bilib olish mumkin bo‘lgan tarixiy manba sifatida ham qabul qilishga bo‘ladi. Masalan: V.Surikovning ”Suvorovning Alp tog‘i bo‘yicha kesib o‘tishi”, G.G.Myasoedovning ”Zemstvo tushlik qilmoqda” va boshqa kartinalar ham madaniy ham tarixiy ahamiyatga ega. Uslubiy adabietlarda tarixni bilish jrayonidagi o‘quv kartinasining o‘rni qo‘yidagicha ko‘rsatiladi: a) kartina manba sifatida ko‘rinadi; g‘) kartina o‘qituvchining bayonini illyustratsiyalaydi; q) kartina hikoyadan so‘ng o‘qituvchining bayonini mustahkamlaydi Boshqa fanlardagi bo‘lgani singari tarix o‘qitishda qo‘llaniladigan-tasviriy ko‘rsatmali vositalar ichida o‘quv rangli tasvirlari muhim o‘rin tutadi. O‘quv kartinalariga ko‘rsatmali qo‘llanmalar maxsus rassom yoki illyustratorlar tomonidan maktab tarix kursining malum bir mavzulari bo‘yicha ishlangan ko‘rsatmali qo‘llanmalari kiradi. Syujet xarakteriga binoan o‘quv kartinalari voqealik va tipologik bo‘lib bo‘linadi. 1) voqealik tasvirlarda-muhim voqealar, ijtimoiy hayotdagi noyob faktlar, harbiy harakatlar siyosiy ahvol, ozodlik uchun harakatlar yoritiladi. Ular syujetli bayonlashni talab qiladi. O‘qituvchi boshchiligida kartina ko‘rib chiqiladi.Bunday voqealik kartinalar bilan ishlashda quyidagicha izchillikni saqlash kerak: a) kartina mazmuniga umumiy aniqlik berish; b) Tasvirlangan voqeaning o‘rni va vaqtini ko‘rsatish; v) Uning mazmunidagi bosh va ikkinchi darajali tomonlarini tavsiflash (xarakteristika) umumiy xulosa qilish. Masalan: voqealik kartina bayon ishlashni ko‘rib chiqamiz. ”Rossiyadagi birinchi dehqonlar urushi” degan mavzuda qo‘zg‘olonning olib borilishini ochib berishda rassom E.E.Lissnerning ”Moskva yonida Bolotnikovning dehqonlar armiyasi jangining boshlanishi” kartinasidan foydalanimiz. Uni quyidagi faktlar bilan hikoya qilish mumkin: “Kartinada Nijnie Kotlı selosida Moskva yonidagi hal qiluvchi jang ifodalangan. U 1606 y. 2- dekabrda 43 bo‘lib o‘tdi. Ung tomonda otda turgan İvan Bolotnikovning o‘zi. U Nijnie Kotlıdagi o‘rnashgan dushman tomonga otlanayotgan otlik kazak bo‘linmalarini qutlamoqda. Piyodalar h‘am tez yurmoqda. Qo‘zg‘olonchilarning har xil kiyimlari, qurollari aniq ko‘rsatilgan. Dehqonlar qo‘llariga tushgan narsalari: kolya bolta, pichoq va hokazolar bilan qurollangan. Ularning ko‘pchiligini o‘zlari yasashgan yoki bo‘lmasam Shuyskiy askarlari bilan bo‘lgan jangda tortib olgan. Mana kartinada 3 ot bilan tortib dushmandan olingan pushkani sudrab borayotir. Qo‘g‘olonchilarning birqanchasi tun (shuba), ayrimlari yarim tun, ayrimlari esa mis shlem ham kiyishgan, oyoq kiyimlari ham har xil. Bitta kazak orqalariga qo‘llari bog‘langan qo‘lga tushgan ikkita dushmanni boshqaruvchiga olib borayotir. Bu hikoya orqali o‘quvchilar İvan Bolotnikov qo‘zg‘olonining mag‘lubiyatga uchrash sabablarini ham anglaydi. Masalan: qatnashganlarning ijtimoiy tarkibining har xilligi, past darajada qurollanish. Tipologik kartinalar-o‘rganilayotgan davr uchun yaqqol bo‘lgan voqealarni aks ettiruvchi tasvilar. Bunday kartinalar ijtimoiy, iqtisodiy hayot hodisalarini ifoda etadi. O‘rganishda hikoya va suhbat usullaridan foydalanish mumkin. Hikoya paytida dramatizatsiya elementlarini to‘g‘ri so‘zlardan (pryamoy rechi) kiritiladi. Masalan: ”Russkaya Pravda” vaqtidagi sud” kartinasi bo‘yicha hikoya qilish. ”Knyaz hovlisi. Knyaz o‘z qasrining pillapoyasida o‘tiribdi. Atrofida knyaz drujinasi. Yaqinda kimdir boyaringa tegishli g‘allani yoqib yuborgan. Bunda yosh bir yigitdan gumon qilinadi. -Usha kuni, sen uyingda yo‘q eding-qaxr bilan deydi unga knyaz. -Ha, men uyda tunamadim. Men ovda edim va kim yoqib ketganligini bilmayman. Ammo knyaz yosh yigitni va uning otasini tinglashni ham istamaydi. (bolasining so‘zini tasdiqlashga harakat qilgan otasini) Knyaz ishni (olov bilan) temir bilan sinash orqali yechishga buyuradi. -Sen, -deydi u yigitchaga-yalong‘och qo‘ling bilan qizdirilgan temirni olovdan tortib olishing kerak. Agar qo‘ling qattiq kuysa demak sen aybdorsan. Ayblanuvchi yenglarini shimarib, xudodan uzining aybsiz ekanligiga guvohlik bershi uchun iltijo qilib, cho‘qindi va sinovga tayyorlandi. Uning otasi bir qadam oldiga qadam ottiyu, qatib qoldi. Cholni bolasi uchun qo‘rqinch bosgan. U albatta, agar bolasining qo‘li kuysa nima bo‘lishini bilar edi, haqiqatda u aybsiz bo‘lsa ham, qishloqdan haydab chiqarilib, mulki tortib olinar edi. Shu tariqa sud feodallarning manfaatlarini himoya qilgan”., Qadimgi shaharlar qurilishlar, me’morchilik, yodgorchilik yoki ularning ansambli tasvirlangan tarixiy tasvirlar ham bor bo‘lib, unda o‘qituvchining ta’riflari va tushuntirish qo‘llaniladi. Mehnat qurollarini tavsif qilishda analitik ta’riflash, turar joy, kiyim, madaniy yodgorliklarni qarashda suratli ta’riflashdan foydalaniladi. Tipologik kartinalarni o‘rganishda ko‘pincha suhbat usulidan foydalaniladi. Masalan: ”Gonchar ustaxaasi” kartinasini o‘rganishda har xil savollar, topshiriqlar berish mumkin: Kartinalar qanday ishlab chiqarish tasvirlangan: Tasvirdagi odamlar nima bilan mashg‘ulot Aniqroq qaranglar ustoxona qaysi shaharda joylashgan Kartinada kimlar qo‘l, kimlarning ozod fuqorolar ekanligini ajrata olasizlarmi Bunday xulosaga kelishinglarga sabab qullarning ahvoli haqida nima ayta olasiz va hokazo. 44 Ayrim hollarda o‘quvchilrning o‘zlarining gapirib berishlariga e‘tibor qilib, joiz bo‘lsa qo‘shimcha savollar beriladi. Kartinalar bilan ishlashda ham aniq talab qo‘yiladi yani darsda kartinalar demonstratsiyasiga aylanib yuborish mumkin emas. Tarix o‘qitishda ijtimoiy guruhlarning, tarixiy shaxslarning tipik obrazlarini shakllantirishda portretlar katta o‘rin tutadi. Ular bilan ishlashda tavsifnoma, tarixiy shaxs hayoti va xizmatlari haqida bayon etiladi. Masalan: (”Jahon tarixi 7 sinf). 61. Markaziy hokimiyatning kuchayishi” (Fr,) degan mavzuda XVIII asrda Filipp da Shampen chizgan Kardinal Rishelening portretini foydalanish mumkin. U 1624-1642 yillarda Frantsiyani idora qilib turgan Kardinal unvonini olgan Rishele Frantsiyada kotolik cherkoviga boshchilik qilar va shu bilan bir vaqtda qirolning birinchi vaziri edi. Tarix darsida karikaturalardan ham foydalaniladi. Bu o‘quvchilarda davrni tushunishda qiziqish uyg‘otdi. Masalan: o‘-sinf ”Jahon tarixi” Reformatsiyaning Evropaga yoyilishi. Katolik cherkovining reformatsiyaga qarshi kurashi mavzusida. XVI asrga oid ”Rim papasi” karikaturasini kurish mumkin. Karikatura ostiga: “Papaning injilni tushuntirish eshakning surnoy chalishidan va notalarni o‘qiy olishidan ham xunukroq eshitiladi”-deb ezilgan va h. Tarix o‘qitishda ko‘rsatmali qurollardan foydalanishda eng qo‘l keladigani darslik illyustratsiyalari hisoblanadi. Masalan: S.V.İvanovning ”Bosqoqlar” kartinasi. İndulgentsiyalar sotish (XVI asr gravyura) va h. Tasvirlar ustida mustaqil ishlay olish uchun o‘quvchilar: a’) tasvirni to‘g‘ri tahlil qilishlari va tushunishlari 2) undan tarixiy bilim ola bilishlari 3) so‘zlashganda tasvirdan foydalanish va tasvirga qarab hikoya qila bilishlari. 4) tasvirni h‘am tarixiy manba ham san’at asari sifatida tushuna bilishlari lozim. Shartli-grafik qo‘llanmalar tarixiy jarayonning son va sifat tomonlarini tasvirlaydi. Grafiklar va diagrammalar jamiyat hayotining ijtimoiy-siyosiy hodisalarini, iqtisodiy rivojlanishini sifatlash uchun kengroq foydalaniladi. Ular aniqlik kirgazib, yangi bilimlar manbai sifatida ko‘rinadi. İjtimoiy-iqtisodiy statistika materiallari maktab darsliklarida va ko‘rgazma qo‘llanmalarda statistik malumotlar, jadval, diagrammaYu grafik turida beriladi
Belgilab bergan muhim vazifa —tarixiy bilimlarning samaradorligi va sifatini oshirishning muhim sharti va vositalaridan biri bo‘lgan bu ishlar tarix o‘qitish metodlari sistemasini va metodik usullarini ham ilmiy asosda ishlab chiqish va amalda ulardan muvaffaqiyatli foydalanish imkoniyatini beradi. O‘qitish metodlarini ilmiy asosda klassifikatsiyalash masalasi pedagogika fanida o‘qitishning turli bosqichlarida turlicha hal qilib kelindi. O‘qitish metodlari klassifikatsiyasiga ba‘zan analiz va sintez, deduktsiya va induktsiya kabi mantiqiy operatsiyalar asos qilib olinib, o‘qitish metodlari induktiv, analitik va boshqa mantiqiy usullar sifatida xarakterlanadi. O‘qitish metodiga bu xil qarash, A.Vagin ta’kidlaganidek, tarix o‘qitish metodikasida tan olinmadi.O‘rta ta'lim va professional ta'lim tizimida tarix o‘qitish tajribasi shuni isbotladiki, yuqoridagi mantiqiy operatsiyalar o‘qitish va o‘rganishning barcha bosqichlarida turli xarakterdagi xilma-xil didaktik va metodik vazifalarni hal qilishda ishtirok etsada, mustaqil o‘qitish metodlari bo‘lib xizmat qila olmaydi. Taniqli metodist A.I.Strajev aytganidek: «Tarix o‘qitish metodi tarixiy material bo‘yicha qilinadigan ana shu mantiqiy operatsiyalardan tashkil topadi». O‘qitish metodlarini ba'zan o‘quvchilarning bilish faoliyati, faollik darajasiga qarab klassifikatsiyalash tavsiya qilinadi. Bu tarzda ajratish o‘qitish metodlaridan ko‘ra, ko‘proq o‘qitishning umumiy xarakteriga taalluqlidir.
O‘qitish metodlarini ba'zan o‘quvchilarning bilish faoliyati, faollik darajasiga qarab klassifikatsiyalash tavsiya qilinadi.
Bu tarzda ajratish o‘qitish metodlaridan ko‘ra, ko‘proq o‘qitishning umumiy xarakteriga taalluqlidir.
60yillarda tarix o‘qitish metodlari va ularni klassifikatsiyalash turlicha hal qilindi. Metodist A.I.Strajev «Tarix o‘qitishning tashkil etilishi, metodlari va vositalari tarix fanining ma'lum ta'lim tarbiya vazifalarini amalga oshirishga xizmat qiladi»— deydi. Biroq, u ham 
o‘qitishning asosiy metodlarini tarixiy jarayonning o‘zini o‘rganish metodidan iborat qilib qo‘yib, masalada noaniqlikka yo‘l qo‘yadi. A.I.Strajev quyidagi o‘qitish metodlarini tavsiya qiladi:
1) tarixiy faktlarni o‘rganish metodlari; 
2) xronologiyani o‘rganish metodlari;
3) mahalliy tarixiy voqealarni o‘rganish metodlari; 
4) asosiy tarixiy tushunchalarni shakllantirish metodlari; 
5) sabab-natija aloqalarni o‘rganish metodlari; 
6) tarixiy jarayonning qonuniyatlarini ochib berish metodlari. 
Ma’lumki, tarix o‘qitish - o‘qitish va o‘rganishni tashkil etish jarayonidan iborat. Metodist A.Strajevning klassifikatsiyasidan ham ko‘rinib turibdiki, u faqat o‘qituvchining o‘quvchilarni o‘qitishini ko‘zda tutadi, o‘quvchilarning o‘rganishini tashkil etish va ularning o‘rganishiga o‘qituvchining rahbarlik qilishini e’tiborga olmaydi. 
Ko‘zga ko‘ringan metodist V.G.Kartsev bu masalada boshqacha yo‘l tutadi. U metodlar sistemasiga o‘quv harakteriga ega bo‘lgan belgilar («Bayon qilish metodi», «so‘rash metodi») va umumiy didaktiv vazifalar («materialni o‘rganish metodi», «mustahkamlash metodi», «bilimni tekshirish metodi» va boshqalar) ni emas, balki o‘quvchilarning tarixiy voqealarni bilish qonuniyatlarini asos qilib oladi. Metodlar haqidagi nazariyaning metodologii asosini, ya’ni jonli mushohadadan abstrakt tafakkurga va undan amaliyotga o‘tish tashkil etadi. Binobarin, deb hisoblaydi V.G.Kartsev, o‘quvchilarda tarixiy tasavvur va tarixiy tushunchalarni shakllantirish metodlari haqidagi masala metodikaning markaziy masalasi bo‘lishi keraq Shu asosda u, o‘quvchilarda tarixiy tasavvur va tushunchalarni shakllantirishning 4 guruhi borligini aytadi: 
1) tarixiy tasavvurlar va tushunchalarni shakllantirkii metodlari; 
2) umumiy tushunchalarni shakllantirish metodlari;
3) vaqt va fazoda tarixiy rivojlanish dialektikasini ochib berish metodlari; 
4) tarixni zamonaviy voqealar bilan borlash metodlari; 
5) tarixiy bilimlarning hayot va praktikada qo‘llanilishi. 
60yillar pedagogikasida o’rganilayotgan fanni bilish manbalari (o’qituvchining jonli so‘zi, ko‘rsatmalilik va tekstlar)ni o‘qitish metodlariga asos qilib olishga katta o‘rin berildi. 
O‘qitish metodlarini bilish manbalari bo‘yicha klassifikatsiyalash masalasi Leningrad olimlarining 1966- yilda nashr qilingan asarlarida aniq ta’riflab berildi.
O’zbekiston Respublikasi ”Talim tug‘risida”gi qonunining 9-moddasida ”Umumiy talim uzluksiz davlat talimi tizimida asosiy bug‘in bo’lib, talim oluvchilar ilmiy bilim, 15 meh’nat va boshlang‘ich kasbkor ko‘nikmalari, ishbilarmanlik asoslarini egallashlarini, shuningdek o‘z ijodiy qobiliyatlari va manaviy fazilatlarini rivojlantirishlarini taminlaydi”, - deyiladi. Umuman olganda maktabda O‘zbekiston xalqlari tarixi o‘qitishning asosiy vazifasi o‘quvchilarga tarix fanidan puxta bilim berish, shu bilimlarni amalietda qo‘llanish ko‘nikmalari va mahoratini hosil qilish, duneqarashini shakllantirishdan iborat. O‘rta umumtalim maktablarida o‘tiladigan tarix kursining bazi bir vazifalarini uslubchi A.A.Vagin quidagi bosqichlarda ifodalab bergan:
1. O‘quvchilar tarixiy jaraenni va tarixiy rivojlanishning hamma bosqichlardagi ijtimoiy haetning turli tomonlarini xarakterlab beruvchi muhim tarixiy asoslarni puxta uzlashtirib olgan bo‘lishlari lozim.
2. Tarixiy asoslarni o‘zlashtirish natijasida o‘quvchilar tarixdagi asosiy voqealarni, ular o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni, hamda ularning rivojlanib borishini aks ettiruvchi aniq tarixiy tasavvurlar tizimini hosil qilishlari lozim.
3. O‘quvchilar maktab tarix kursidagi muhim tarixiy tushunchalarni puxta o‘zlashtirish jamiyatning ijtimoiy rivojlanish qonuniyatlarini mukammal tushunib etishi, tarixni o‘z eshiga qarab ilmiy asosda har tomonlama bo‘lib olishi lozim. 4.O‘quvchilar tarix kursidan olgan bilim va malakalarini yangi tarixiy materiallarni o‘rganishda, o‘tmish va hozirgi zamon voqealarini tushunishda, kundalik ijtimoiy ishlarda, hayotda qullay bilishlari lozim.
5. O‘quvchilar tarixiy material bilan, har xil materiallar, darslik, tarixiy h’ujjatlar, ilmiy ommabop-adabiet, siesiy risolalar, ro’znoma va oynomalar, xaritalar bilan ishlay bilishi, reja tuza olishi, tarixiy materialni tizimni va asosli baen qila bilishi, ayrim tarixiy mavzularda axborot bera olishi, maruzalar qila olishi lozim. Yuqorida ko‘rsatilgan vazifalar bevosita o‘rta maktablarda O’zbekiston xalqlari tarixini o‘qitishda ham asos bo‘la oladi, shuning uchun ham o‘quvchilar bilimini asosiy tarixiy faktorlar bilan boyitib chuqurlashtirib borish maktabda tarix o‘qitishning eng muhim vazifalaridan biri hisoblanadi. Masalan, o‘quvchilar O‘zbekiston xalqlari tarixini o‘rganish jaraenida O‘zbekiston jamiyat taraqqietining har bir tarixiy bosqichida odamlar qanday yashaganini, hukmdorlikka asoslangan sinfiy davlatlar qanday vujudga kelganligini, ayniqsa O‘rta Osiyo xalqlarining o‘z ozodligi va mustaqillligi uchun chet el bosqinchilariga forslar, makedoniyaliklar, arablar, mug‘ullarga qarshi olib borgan qahramonona kurashlarini, o‘zbek xalqi bilan qardosh xalqlar o‘rtasidagi qadimdan davom etib kelaetgan iqtisodiy, siyosiy va madaniy aloqalarni, bulardan tashqari mustaqil O‘zbekiston davlatining hozirgi davrdagi sanoati, qishloq xo‘jaligi, fan va madaniyati yutuqlarini, qisqasi, faqat Sharqda emas, balki jahon tarixida o‘zining mustaqil yo‘liga ega bo‘lgan davlatga aylanaetganligi va boshqa faktorlarni puxta bilishlari kerak. Umuman olganda, tarixiy faktlarni o‘zlashtirish talim-tarbiya jihatidan har qancha muhim bo‘lsa ham, faktlarni bilishninng uzi o‘quvchilarning tarixini bilish jarayonidagi birinchi bosqichdir.
a) Tarixni bilish jarayoni faktlarni o‘zlashtirishdan boshlanadi. Tarixiy faktlar 2 turda bo‘lishi mumkin. Birinchidan yagona voqealarni aks ettiruvchi faktlar. Ular takrorlanmaydi. Masalan:”Loy jangi”;” Ankara jangi” va hokazo. İkkinchidan: tarixiy hodisa turidagi faktlar. Ular malum bir tarixiy davr xususiyatlarini aks ettiradi. Masalan: barshina va obrok bular feodalizm davriga xos bulgan 16 qarom dehqonlarning to‘lami. O‘z malum bir ijtimoiy tuzumga xos bo‘lgan tarixiy fakt. Yana bir misol: Sanoat tuntarilishi-bu qo‘l meh’natidan mashinaga o‘tishni belgilaydigan jaraen. b) O‘quvchilarni puxta bilimlar bilan qurollantirishda tarixiy tasavvur va tushunchalarni hosil qilish, qonuniyatlarni tushunib olishning ahamiyati ham kattadir. Tarixiy tasavvur bilan tushunchalar bir-biri bilan uzviy boglangan. O‘quvchilarda hodisalar, tarixiy jaraenlar haqida etarli darajada to‘liq va aniq tasavvurlar mavjud bulgandagina tushunchalar hosil bo‘ladi. Tarix o‘qitish jarayonida o‘quvchilarning tassavurlari chuqurlashib borish natijasida tushunchalarni shakllantirish uchun zamin yaratiladi. Tushunchalar o‘z navbatida tasavvurlarni mazmunan boyitib, aniqlashtirib borishga erdam beradi. Tarix o‘qitishda ayniqsa, O‘zbekiston xalqlari tarixini o‘qitishda o‘quvchilarning ko‘z o‘ngida o‘tmishdagi ijtimoiy hayotning yaxlit manzaralarini shakllantirishda jonli va erqin obrazlardan foydalanishning ahamiyati kattadir. Tasavvurlarni shakllantirishda tarixiy hodisalar obrazlarini o‘quvchilr faol suratda idrok etishga qaratilgan usullardan foydalanadi. O‘qituvchi hikoyasining mazmunan kurgazmali va obrazli bo‘lishi, darslik matnidagi tarixiy hujjatlardagi voqea va tasviriy elementler, badiiy adabiet asarlari o‘quvchilarda tarixiy tasavvurlarni shakllantirishning asosiy manbai bo‘lib xizmat qiladi. O‘qituvchi materialni bilan qilayotganda. tarixiy hujjatlardan, ilmiy-ommobop va badiiy adabiet asarlaridan olingan erqin tafsilotlarga hamda o‘quvchilardagi mavjud tasavvurlarga suyangan holda ish tutadi, o‘quvchilarning tarixga qiziqishining ortishi, ularning muhim tafsilotlarni ajratib olishi va esda saqlab qolishlari erdam beradi. Biroq, o‘qituvchi kurgazmali qurolni shundaygina ko‘rsatib uning mazmunini tushuntirib, hujjatlarni o‘qib quya qolmay, balki hikoyadan eng muhim joylarni alohida takidlashi, ko‘rgazmali qurollarni, matnlarni o‘quvchilarning faol ishtirokida tahlil qilib, undagi eng muhim elementlarni ajratib chiqishi, o‘rganilgan hujjatlardagi, u eki bu jihatlarga ular diqqatini jalb qila bilishi kerak.
O‘qitishning texnik vositalari (T.S.O) ekran qo‘llanmalar yani diafilmlar diapditivlar kodopditivlar, kinofilmlar, radio-teleeshittirishlar kiradi. Texnika vositalarining o‘qituvchi qo‘yidagi o‘ziga xos o‘quv qo‘llanmasi ekanligi haqida uslubchi N.M.Shaxmaev ”O‘rta maktablarda o‘qitishning texnik vositalarini qo‘llanma didaktik talablar” asarida keng aytiladi. Ammo texnik vositalar o‘qitish jaraenida o‘qituvchining o‘rnini bosa olmaydi. Amalietda quiyidagicha situatsiya yuz berishi mumkin, yani bitta mavzudagi dars bo‘yicha darslikda illyustratsiyalar, devoriy (tablitsa) jadvallar, doskaga sxematik kuratlar ishlanishi mumkin, yana bundan boshqa diafilm, kinofilm va boshqa xillari ham bo‘lishi mumkin. Masalan: Uy‘onish davri madaniyati haqidagi darsda darslikdagi (rangli) illyustratsiyalar, davriy tablitsalar (Nikiforov D.İ. Kartinı po istorii srednix vekov.M., 1970) ”O‘rta asr madaniyati tarixi bo‘yicha albom” dan (Nikiforov D.N.M., 1969) betlar, diafilmlar (XV asrning oxiri-XVII asrning boshidagi “arbiy Evropa madaniyati”, ”Monardo da Vinchi”, ”Muzeylardagi jahon sanati indevrlari-I bo‘lim, İtalyan Uyg‘onish sanati”), kinofilm (”uyg‘onish davrining buyuk mohirlari”. q-bo‘lim.M., 1957, 1965) va boshqa radio, teleko‘rsatuvlardan ham foydalanish mumkin. ”Stalingrad jangi” diapozitivlarda (Vatan urushi, 4- bo‘lim 20 kadr, ”Volgogradni mudofaa qilish”), ”Volgadagi jang” filmida, 2 bo‘lim.M.,1964 jang qatnashchilarining fonozapislarida (tarix bo‘yicha fonoxrestomatiya. III “Ulug‘ vatan urusha”) tasvirlangan. Albatta, hech bir darsda bularning hammasini foydalanish imkoniyati yo‘q. Demak, nimani tanlash kerak, o‘lar bilan ishlishni qanday tashkil qilish mumkin. Bu savollarga o‘qituvchi o‘qitish sharoitini va sinfning xususiyatlarini hisobga olib javob beradi. Dastavval bu qo‘llanmalarning mazmunligi, qo‘layliliga etibor berish kerak. Masalan, italyan uyg‘onish davrining sanati bo’yicha darsda ko‘proq rangli diapozitivlardan eki diafilmlardan parchalar deyarli jivopis asarning yaxshi qabul qilish imkoniyatini bera oladi. (O‘quv diafilmlari, oq-qora tasvirdagi kinofilmlarda tasviriy materiallar ko‘p berilgan bo’ladi, va o‘larni bu mavzu bilan birinchi bor tanishtirishda qiyinchilik to‘g‘dirishi mumkin). Agarda rangli ekran qo‘llanmalari bo‘lmasa, D.N.Nikiforov albomdagi tablitsalardan foydalaniladi. Mavzuni uyda mustaxkamlash va takrorlash uchun darslik illyustratsiyalari beriladi. Kinofilmlar esa kelgusi darslarda parchalarda bolsa ham qo‘llanilishi mumkin. Unda o‘quvchilar ulardan yangi bo’lgan tomonlarini anglay olishlari kerak. Ekran ko‘rsatmaliligining o‘qituvchi uchun eng qo‘laylisi bu-diafilm va dipozitivlardir. Tarixiy vaqealarni qamrab olish, syujetlarning har xilligi bo’yicha, tasviriy materiallarga boyligi bilan boshqalaridan ustun turadi. Diapozitivlarni ko‘rsatish izchilligini o‘qituvchining o‘zi aniqlab beradi. Kadrlarga tayanib o’qituvchi h’ikoya qilish, tushuntirish va suh’bat utkazish mumkin. Agar texnik imkoniyatlar bo’lsa ekranda ikkita kadrni ko’rsatish mumkin. Bu‘nda masalan taqqoslash uchun, o‘zgarishlarni aniqlash uchun kerak bo‘ladi, aytaylik shah’arlarning kurinishida, mehnat kurslaridagi har xil tarixiy davrlardagi o’zgarishlar va hokozolarni ko’rsatish mumkin bo’ladi. Maktab amalietida kodoskoplar foydalaniladi. ekranda eki sinf doskasida matnlarni, sxematik rasm, chizilma, diagramma va hakazoni ko‘rsatishda qo‘llaniladi. ShuningdekYu kodoskop bilan ishlashda xonani qarong‘ilotmoq talab qilinmaydi. Bu o‘quvchilarning materialni nafaqat ko‘rishlarini balki matnlardan kerakli joylarini daftarlariga 47 ezib olishlariga ham imkon beradi. O‘qituvchi ham o‘quvchilar bilan kontaktni yo‘qotmaydi. Teleeshitirishlar, kinofilmlar qisqa vaqt ichida keng malumot bera oladi. Ular orqali tarixiy voqealar qatnashchilarining (akterlar ijrasida) jonli ovozini eshita oladi. Telekursatuvlar filmlarga nisbatan (aktual) dolzrblikga ega. Ular orqali ayniqsa o‘quvchilar yaqin vaqtlardagi voqealar bilan tanishib boradi. Bularga nisbatan filmlarni ishlashning uziga ancha vaqt ketadi. Kinofilmni o‘quvchilarga ko’rsatishdan oldin, o‘qitiuvchining o‘zi uni sinchiklab kurib chiqishi va o‘rganishi lozim. Tarix o‘qitish tajribasida o‘quv filmlaridan foydalanishning bir qancha usullari bor: a) o‘qituvchi o‘z bayanini o‘quv filmining eng muhim va erqin sahifalarini ko‘rsatish bilan bog‘lab olib boradi; b) 10-15 minutda qisqa o‘quv filmlariga bag‘ishlab dars o‘tkaziladi; v) massus kino darslari tashkil etiladi. Hozirgi vaqtda O‘zbekiston xalqlari tarixi va boshqa fanlarni o’qitishda teleeshitirishlarning ikki xilidan foydalanilmoqda: a’) sinfda qabul qilish uchun beriladigan ertalabki teleko‘rsatuvlar 2) o‘qishdan tashqari vaqtdagi teleko’rsatuvlar O‘quv teleko‘rsatuvlarini qabul qilish uchun maxsus tarix xonasi bo‘lishi kerak. Tarix darsida o‘quv teleko‘rsatuvlarining ikki xil turi qabul qilinadi. a) 15 minutlik teleko‘rsatuv b) 30-40 minut davom etadigan yangi materialni bilan qilishga bag‘ishlangan tematik teledars eki takrorlash darsi (Sadiev A. Maktabda tarix o‘qitish metodikasi.T., 1988, 192-bet). O‘qituvchi darsda kinoparcha eki teleko‘rsatuvni kirgazganda, ularning bilim berish jarayonidagi funktsiyasini aniq bilish kerak bo‘ladi. Murakkab va masuliyatlisi, bu kinofilm, teleko‘rsatuvlarni mavzu bo’yicha asosiy bilim manbai sifatida qabul qilish yani amalda buni tele yani kinodars deb atashadi. Bunga o‘qituvchi ham o‘quvchilar ham e’tiborsiz qaramasligi kerak va u katta tayergarlikni talab qiladi. Dars oldidan o‘quvchilarni ekrandan qanday malumot olishlari kerakligini aytib, tushundirilib, tayerlanish ham yaxshi usul. Unda film (kursatuv) ko‘rish paytida bajarishlari lozim bulgan topshiriqlar berish mumkin. Bunga film bo‘yicha savollar, reja tuzish (ular doskaga ezib qo’yiladi) kiradi. O‘quvchilar javob izlashi kerak. Kurish paytida bunday topshiriqlar ko‘pincha yuqori sinf o‘quvchilariga beriladi. Ko‘rish paytida o‘qituvchi muhim kadrlar paytida o‘quvchilarning etiborini jalb qilib, tanish bulmagan terminlarga, geografik atamalarga aniqlik beradi, ismlar, sanalar doskaga ezib qo’iyladi. Shuningdek, teleekran tarix o‘qitishda ko‘rsatmalilikning samorodorligini yanada oshiradi. Tarix o‘qitish tajribasi teledars g‘oyaviy-tarbiyaviy va didaktik jihatdan boshqa kursatmali vositalardan ko‘ra ancha qulay va afzal ekanligini isbotladi.



Download 284.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling