Ligi farg’ona davlat universiteti


Download 402.5 Kb.
bet1/22
Sana21.04.2023
Hajmi402.5 Kb.
#1370319
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
Bog'liq
Mehnat psixologiyasi


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
FARG’ONA DAVLAT UNIVERSITETI

“Mehnat va muhandislik psixologiyasi”


O’QUV USLUBIY MAJMUA


Bilim sohasi: -100000 - Gumanitar soha


Ta’lim sohasi: -120000 - Gumanitar fanlar
Ta’lim yo’nalishi: -5210200 - Psixologiya

Umumiy o’quv soati: 8- semestr


Jumladan;


Maruza- (8-semestr 16 soat)


Seminar mashg’uloti- (8-semestr 16 soat)


Mustaqil ta’lim soati- (8-semestr 22 soat)


Farg’ona 2021


1-MAVZU: MEHNAT PSIXOLOGIYASI FANNING PREDMETI VA VAZIFASI
REJA:
1. Mehnat psixologiyasi fanning predmeti
2. Mehnat psixologiyasi fanning vazifasi
3. Mehnat psixologiyasi sohalar sistemasi

Mehnat psixologiyasining asosiy muammolari va vazifalarini, uning sohalar sistemasini tushunish va malakali ishchilar tayyorlash yuzasidan olib boriladigan pedagogik faoliyatda o’z ixtisosi bo’yicha ularni hal qilishda bevosita ishtirok etish.


Muammo: Mehnat psixologiyasi predmeti
Mehnat psixologiyasn psixologiya fanining bir sohasi bo’lib, turli mehnat faoliyatlarining o’ziga xosligini ijtimoiy-tarixiy va konkret ishlab chiqarish sharoiti, mehnat quroli, mehnat ta’limi metodlari hamda mehnatkash shaxsning psixologik sifatiga ko’ra o’rganadi.
Mehnat faoliyatining psixologik mohiyati, mehnatkash shaxsining xususiyatlari (uning kasbiy qobiliyati sifatida) hamda uning ishlab chiqarish muhiti bilan o’zaro hamkorligi mehnat psixologiyasining predmetini tashkil qiladi.
Mehnat faoliyatining psixologik mohiyati mehnatkashga uning kasbi taqozo qiladigan psixik xususiyatlarga, holat va protsesorlarga qo’yiladigan talablardan iborat bo’ladi. Ishlab chiqarish faoliyatining har-hil turlari (kasblar va ixtisoslar) uni muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun ishchi shaxsining turli-tuman xususiyatlarini: uning maqsadga yo’naltirilganligini, tajribani, xarakterni, qobiliyatni, psixik holatlarni, diqqat-e’tiborni, tasavvurni, xotirani, fikrlashni, emotsionallikni, iroda kuchi va psixomotorikani talab qiladi - bular mazkur faoliyatga qobiliyatni belgilaydi.
Mehnatkashlarning psixik xususiyatlari, psixik protsesslarining holati va xususiyati turlicha, ularning ishlab chiqarish faoliyati esa muayyan sifatlarni talab qiladi. Ishlab chiqarishning mehnatkashlarga qo’yadigan talabi va mehnatkashning bu talablarni bajara olish imkoniyatlari o’rtasida qarama-qarshilik paydo bo’ladi. Bu o’zlashtirilayotgan mehnat turiga layoqatli yoki professional ta’lim jarayonida hamda amaliy faoliyat davomida talab qilinayotgan shaxsiy sifatlar rivojlanishi mumkin bo’lgan shaxsni tanlash va mehnat jarayoni, ishlab chiqarish texnologiyasi va texnik vositalarni insonning umumiy psixik xususiyatiga moslashtirish zarurati ana shundan kelib chiqadi.
Ishlab chiqarishning mehnatkashga qo’yadigan talabi bilan mehnatkashning bu talabni qondirish imkoni o’rtasidagi ziddiyatni yo’qotish- mehnat psixologiyasining birinchi asosiy muammosidirki, uni hal qilish ustida psixolog mutaxassislargina emas, balki injenerlar, texniklar, novator ishchilar va ‘unar-texnika ta’limi pedagoglari ham ishlamoqdalar.
Bu muammoni hal qilish talablarning texnika vositalariga va ishlab chiqarish texnologiyasiga bog’liqligi tufayli murakkablashib boradi. Texnik vositalar va ishlab chiqarish texnologiyasi o’zgarib turadi, ular ayni paytda ishchilar psixikasiga bo’lgan talabni ham o’zgartiradi. Uz navbatida psixika ham ma’lumotning, tajribaning oshishiga, shaxs munosabatlarining o’zgarishiga qarab o’zgarib turadi
Ishchilar o’zaro hamkorlik qiladigan ishlab chiqarish mu’iti - bu eng avval ular bilan birgalikda bitta ishlab chiqarish hamda umuman ishlab chiqarish jamoasida ishlaydigan kishilardir. Jamoa o’zining harbir aozosiga muayyan talablar qo’yadi. Jamoa va shaxsning o’zaro hamkorligidan mehnat psixologiyasining ikkinchi muhim muammosi ishlab chiqarish protsessida shaxslararo qulay munosabat hamda korxonada qulay sotsial psixologik mu’it yaratish muammosi vujudga keladi.
Tashqi muhit - bu ishchi doimo o’zaro hamkorlik qiladigan mehnatning moddiy va estetik sharoiti hamda ishlab chiqarishning texnik vositalaridir. Ishning temperatura sharoiti, yoritish va moddiy predmetning rangi ishchining; kayfiyatiga va kayfiyatining borishiga ta’sir ko’rsatib, uning ishga yaroqliligiga va demakki, ishning unumdorligiga ijobiy yoki salbiy ta’sir qiladi. Ishchi boshqaradigan texnika vositalari, o’zining murakkabligi, mehnattalabligi, harakatchanligi, tuzuk yoki buzuqligi, boshqarishga qulay yoki noqulayligi va ‘atto tashqi ko’rinishi bilan ham uning psixikasiga ta’sir etadi. (Biroq o’zaro hamkorlik ta’siri texnik vositalarni ishchi qanday holatda tutishi va qanday boshqarishiga ham bog’liq. Tashqi muxiti ishchining yuqori darajada ishchanligini taminlaydigan darajaga ko’tarish. Mehnat psixologiyasining uchinchi eng asosiy muammosidir.
Mehnatkashning ishchanligi ishining xarakteri: ish surati, maromi, mehnat va hordiqning almashinib turishi, texnologik jarayonda birga ishlayotgan jamoa aozolarining o’zaro hamkorligi bilan taominlanadigan jismoniy, aqliy va asab yukiga ham bog’liq. Bularning hammasi ishlab chiqarish mehnatini tashkil qilish sistemasi tomonidan taominlanadi. Mehnatkashlarning yuqori darajadagi, ish qobiliyatshsh taominlash va ularning mehnat unumdorligini oshirish maqsadida mehnat jarayonlarini psixologik asoslash - mehnat psixologiyasining eng muhim muammolaridan to’rtinchisidir.
Mehnat psixologiyasi o’z muammolarini hal qilishda sifat-ni oshirish va mehnat faoliyatini; yengillatish uchun hamda mehnatkashlarga kasbiy ta’lim berish va ularni muvaffaqiyatli tarbiyalash, ular tomonidan kasb tanlash va uni o’zlashtirishni yaxshi taominlash uchun umumiy psixologiyaning qonuniyatlaridan foydalanadi. SHu bilan birga mehnat psixologiyasi o’ziniig spetsifik qonuniyatini kashf etadi. Psixik ‘odisalarni o’rganish, ulardan mehnatda va ishchi shaxsini shakllantirishda foydalanish printsiplarini ishlab chiqadi. Bu bilan umumiy psixologiya fanini boyitadi. Mehnat psixologiyasi mustaqil so’a sanalgan sotsial psixologiya bilan ham uzviy boьlangandir.
Mehnat psixologiyasi o’z taraqqiyoti davomida mehnat haqida ko’pgina psixologik bilimlarni to’pladi va muayyan sistemaga keltirdi. Mehnat jarayonida ulardan oqilona foydalanish mehnatkashlar ish layoqati va mehnatining unumdorligini oshirishda katta samara beradi, shuning uchun ham ‘ozirgi sharoitda mehnat psixologiyasi mehnat to’ьrisidagi bilimlarni to’plovchi va sistemalashtiruvchi fangina emas, balki ishlab chiqarish kuchlaridan biri ham bo’lib qoldi.

Download 402.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling