Ligi farg’ona davlat universiteti
Mehnat psixologiyasi umumiy vazifalarning o’zlashtirilishini tekshirish
Download 402,5 Kb.
|
Mehnat psixologiyasi
Mehnat psixologiyasi umumiy vazifalarning o’zlashtirilishini tekshirish:
1, Mehnat psixologiyasining umumiy vazifalarini nimalar oldindan belgilay-di? 2. Nima uchun kasbni psixologik o’rganish mehnat psixologiyasnshshg birinchi navbatdagi vazifasi bo’lib qoldi? 3. Nima uchun ‘unar-texnnka bilim yurtlari-ning barcha o’qituvchilari o’quvchilarning kasbiy qobiliyati shakllanishining psixologik qonuniyatlarini o’rganishlari zarur? 4. Uquvchilarning xato ‘arakat-larini o’rganish nima uchun zarur? 5. Mehnat psixologiyasining qaysi vazazifala-rini hal qilishda injener-pedagoglar bevosita ishtirok etishlari zarur? Mehnat psixologiyasi oldida turgan muammolar, u hal qiladigan umumiy va xususiy masalalar hamda to’plangan ilmiy material bir qancha sohalarda sistemalashtirilgan, Bundan, tashqari, kelajakda mehnat psixologiyasi hal qiladigan barcha alo’ida masalalarni unda jamlash uchun bu sistemani yetarli va zarur deb hisoblashga barcha asoslar mavjud. I. Mehnat psixologiyasining metodologiyasi. II. Psixologik professiografiya. III. Mehnat psixologiyasi tarixi (o’tmnshda mehnat psixologiyasi o’rnida chet eldan tanqidiy o’rganilmay olingan psixotexnika qo’llanilib va buning ustiga, u mustaqil fan o’rniga da’vo qilganda ko’pgina qimmatli fikrlar bilan birga ko’plab xatolar ham bo’ldiki, bu xatolar tendentsiya tusini oldi). A. SHaxsning mehnat turlariga moslashuv formalari sistemasi: IV. Kadrlar tanlashni psixologik ji’atdan ratsionalizatsiyalash: 1. Kasbga yo’naltirish: a) kasbiy ta’lim, tarbiya va targ’ibot; - b) kasb bo’yicha konsul’tatsiya; v) kasbga moslashish. Psixologik asosda kasbga layoqatli kishilarni tanlash. Psixologik asosda jamlash. Baxtsiz hodisalar va brakda shaxsiy omilning rolini o’rganish (retrospektiv mehnat ekspertizasi). V. Kasbiy ta’limni psixologik ratsionalizatsiyalash. Mehnat tarbiyasi psixologiyasi. Mehnat ta’limi psixologiyasi. Mashq va trenajer psixologiyasi. harxil mehnat turlariga psixologik tayyorgarlik va safar- barlik. B. Mehnatni shaxs talablariga moslashtirish formalari sistemasi: VI. Mehnatni tashkil qilish psixologiyasi: Ish-joyinq va funktsiyalararo ishlab chiqarish aloqasini ratsionalizatsiyalash. Mehnat va dam olish rejimi. CHarchashning oldini olish. Birxillikka qarshi kurash. SHaxslararo munosabat va sotsial-psixologik muhitni boshqarish. VII. Injenerlik psixologiyasi (texnikani psixologik jihatdan insoniylashtirish); Mehnat qurollari va texnikani shaxsga moslashtirish. Texnika estetikasining psixologik muammolari (texnika va ishlab chiqarish muhitini go’zallashtirish psixologiyasi). Mehnat psixologiyasi muammolari va sohalar sistemasining ichki mantiqi ana shulardan iborat. Biroq u yondosh fanlar bilan o’zaro hamkorlik qilganda bu tartibi ham, ‘atto uning yuqorida sanab o’tilgan komponentlarining alo’ida ta’riflari ham o’zgaradi. Agar mehnat psixologiyasi meditsina bilan o’zaro hamkorlik qilsa professiografiya emas, balki mehnat ekspertizasi muammosi va mehnat rejnmi ustunlik qiladi (binobarin, birinchi o’rinni egallaydi). SHuning uchun ham mehnat psixologiyasi professnonal tayyorgarlik bilan (baozan yuqorida eslatilganidek noto’ьri ravishda «injenerlik pedagogikasi» deb yuritiladi 16-betga qarang); mazkur kitobda mehnat psixologiyasining taoriflari ham, qoidalari ham keltirilgan sistemaga. to’la mos kelmaydi va ayni choqda zid ham bo’lmay, ‘unar-texnika ta’lim-tarbiyasining vazifa hamda muammolariga butunlay bo’ysungan (ularga singdirilgan va ular tomonidan yakunlangan). Mehnat pstsxologiyasi tekshirish oboekti - «jamoa - in-son - mashina mu’iti» sistemasidan iborat bo’lgan sintetik fan- ergonomika sistemasiga kiradi. Modomiki ergonomika - mehnatni ilmiy tashkil qilish (NOT) sistemasi zkan, mehnat psixolo-giyasi ham shu sistemaga kiradi. Download 402,5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling