QO`qon davlat pedagogika institutining 303-guruh talabasi bo`riyev bexruzning ‘’jaxon tarix’’fanidan yozgan kurs ishi


Download 49.82 Kb.
Sana19.05.2020
Hajmi49.82 Kb.
#108006
Bog'liq
kurs ishi



QO`QON DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTINING

303-GURUH TALABASI BO`RIYEV BEXRUZNING ‘’JAXON TARIX’’FANIDAN YOZGAN
KURS ISHI
MAVZU: XX ASR OXIRIDA YAPONIYA


KURS RAHBARI: R.AHMEDOV TALABA: B.BO`RIYEV

XX asr oxirida Yaponiya

Reja:

1.Yaponiyaning 2-Jahon urushidan keying ahvoli.

2. Islohotlar va Yaponiyaning iqtisodiy taraqqiyoti.

3.Tashqi siyosat va XX asr oxirida dunyo miqiyosida tutgan o`rni.

4.O`zbekiston Respublikasi bilan munosabatlari.

1.Yaponiyaning II Jahon urushidan keying ahvoli.

Urush Yaponiyani vayronaga aylantirdi. Ishlab chiqarish urushdan oldingi darajaning 30 foizigatushib qoldi. 10 mln. kishi ishsiz qoldi. Yaponiya taslim bo'lganidan (1945-yil 2 sentabr) ikki haftadan so‘ng uning hududi AQSH armiyasi tomonidan okkupatsiya qilindi. Bu armiyaga general D.Makartur rahbarlik qildi.U Yaponiyada cheklanmagan hokimiyatga ega edi.Yaponiya qurolsizlantirilishi va mamlakatda demokratik tartib o‘rnatilishikerak edi. Bu vazifaning amalga oshirilishini nazorat qilish maqsadida Tokio shahrida ittifoqchi davlatlar (AQSH, SSSR, Buyuk Britaniya va Xitoy) vakillaridan iborat Ittifoq Kengashi tuzildi.Amerikaliklar losudani Bosh vazir qilib qo‘ydilar. U 1944-yildan qurol-yarog‘ vaziri bo‘lib ishlagan va amerikaliklarga «kommersiya xabarini»yetkazishda ayblanib, 1945-yil boshida qamoqqa olingan edi. Iosida ozgina tanaffus bilan (1947—1948) mamlakatni 1954-yil dekabrigacha boshqardi.Mamlakat armiyasi demobilizatsiya qilindi. Harbiy muassasalar tarqatib yuborildi. Militaristik tashkilotlar taqiqlandi. Harbiy va siyosiy jinoyatchilar sudga tortildi. Davlat apparati jinoyatchi unsurlardan tozalandi. Yashirin politsiya tugatildi. Kasaba uyushmalari faoliyati tiklandi. Demokratik siyosiy partiyalar tuzildi. Bular taraqqiyparvar, liberal va sotsialistik partiyalar edi.Mamlakat demokratik yo‘ldan taraqqiy etishi uchun barcha zarur choralar ko‘rildi. Shu tariqa ikkinchi jahon urushida Yaponiyaning mag'lubiyatga uchrashi yapon xalqi va mamlakat kelajagi uchun katta ijobiy ahamiyatga ham ega bo‘ldi1. Chunki mag‘lubiyat tufayli Yaponiyada militarizm tugatildi.Bu esa Yaponiyani Osiyo va Tinch okeani havzasida yangi bosqinchilik urushlari olib borish imkoniyatidan mahrum etdi. Bu hol Yaponiya hukumatiga butun imkoniyatni tinch bunyodkoriik ishlariga qaratishga sharoit yaratdi.2 Ayni paytda AQSH ning Yaponiyani ishg‘ol etishi oxir-oqibatda bu mamlakatning kelgusi taqdiri uchun katta ijobiy hodisa bo'ldi.Chunki aynan AQSH ning okkupatsiyachi ma’muriyati Yaponiyada chuqur ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy islohotlar o‘tkazilishining kafolati vazifasini bajardi.Yaponiya parlamenti 1947-yilda mamlakatning yangi Konstitutsiyasini qabul qildi. Bu Konstitutsiyaga ko‘ra, Yaponiyada Konstitutsion monarxiya

tuzumi amal qiladi.Yangi Konstitutsiyaga ko‘ra,imperator hokimiyati saqlanib qolgan bo‘lsa-da, Yaponiya demokratik davlat, deb e’lon qilindi. Imperator amalda real hokimiyatdan mahrum etildi. U millat birligi ramzi sifatida saqlab qolindi. 1947-yilda qabul qilingan konstitutsiya asosida demokratik huquq va erkinliklar, urushni rad etish, o’z qurolli kuchlarini taqiqlash e'lon qilindi. Shu bilan birga imperator millat rahbari, uning birligining ramzi bo’lib qoldi.

Agressiv siyosat olib borgan partiyalar tarqatib yuborildi. Urushdan so’nggi Yaponiyada davlat siyosatini bel-gilab bergan yangi — progressiv, liberal va sotsialistik partiyalar tashkil topdi. Urushdan keyingi davrda ko’p vaqtlar hukumat tepasida liberal (1955-yildan liberal-demokratik) partiya turdi.

1946-yilgi parlament saylovlarida liberal partiya g’alaba qozondi. General Makartur tashabbusi bilan par-lament 1946-yilda agrar islohotlar to’g’risida qonun qabu! qildi. Unga ko’ra hukumat pomeshchiklardan yer sotib olib, uni dehqonlarga sota boshladi. Yer islohoti dehqonlar foydasiga yerni qayta laqsimlashga olib keldi. Yagona pul solig’i asosiy soliq bo’lib qoldi. Endilikda dehqonlar o’zlari yetishtirgan mahsulotga o’z bilganicha xo’jayinlik qilishi mumkin bo’iib qoldi.

Agrar islohot Yaponiyada inqilob yasadi. Qishloq xo’jaligida jadal sur'atlarda kimyoviy o’g’itlar, gidro-poniklar, shuningdek, kichik dala-yerlarga mo’ljallangan minitraktor hamda boshqa texnikalardan foydalana boshlandi.

AQSH bilan bir qator shart- nomalar tuzilishi munosabati bllan Yaponiyadagi ahvol keskin o’zgardi. 1951-yili San-Fransiskoda "Xavfsizlik to’g’risida shartnoma" imzolandi. Unda ikki mamlakat o’rtasidagi harbiy-siyosiy ittifoq rasmiylashtirilchi.

Shartnoma Yaponiyada ushbu mamlakat "suvereni-tetini ta'rninlaydigan AQSH qurolli kuchlarini ushlab turish"ni nazarda tutar edi. Mazkur shartnoma mam-lakatda amerika harbiylarining bo’lishini abadiylashtirib qo’ydi va yapon qurolll kuchlarini tashkil etishga yo'l bermadi.

Garchand bosh vazirni imperator tayinlasa-da, uni parlament tasdiqlashi zarur edi. Konstitutsiyaga Yaponiyaning kelgusi taraqqiyoti uchun juda katta ijobiy rol o‘ynagan bir modda kiritildi. Bu — Yaponiyaning urushdan millatning suveren huquqi sifatida voz kechganligi va mamlakatning armiyaga ega bo'lishi huquqini taqiqlaganligi to‘g‘risidagi modda edi.Yaponiya bilan tinchlik shartnomasini imzolash maqsadida 1951-yilda AQSH ning San-Fransisko shahrida xalqaro kon feren siy a chaqirildi. Konferensiya yakunlariga ko‘ra, 1951-yil 2-sentabrda bir tomonlama tinchlik shartnomasi imzolandi va 1952-yil 28-apreldan kuchga kirdi. Unga ko‘ra, Yaponiya Koreya mustaqilligini tan oldi. Tayvan, Peskador, Kurill orollari va Saxalinning janubiga daxl qil- maydigan bo‘ldi. Ittifoqchi davlatlardan SSSRbu shartnomani imzolamadi. Buning sababi nimadan iborat edi? «Sovuq urush» boshlangach, AQSH Yaponiyaga nisbatan munosabatini o‘zgartirdi. Chunki AQSH Uzoq Sharqda SSSR ta'sirining kuchayishini xohlamas edi.AQSH — Yaponiya harbiy ittifoqi buning kafolati bo'lishi kerak edi. Ayni paytda Yaponiya o‘zining shimoliy yerlaridan bir qismi (Yalta konferensiyasi qaroriga ko‘ra) SSSRga berilganligiga toqat qila olmas edi. Shunday sharoitda Yaponiya uchun ham AQSHdek qUdratli tayanch zarur edi. Ikki davlat manfaatlarining mushtarakligi amerika-yapon harbiy itti- foqini tuzish masalasini ko‘ndalang qo‘ydi. San-Fransisko konferensiyasida Yaponiya bilan tuziladigan tinchlik shartnomasi AQSH — Yaponiya harbiy ittifoqi to‘g‘risidagi shartnoma bilan birgalikda imzolanadigan bo'ldi.SSSRbunga qarshi chiqdi va norozilik belgisi sifatida konferensiya ishida qatnashishni to‘xtatdi. AQSH va Yaponiya o‘rtasida imzolangan shartnoma «xavfsizlik to‘g‘risidagi shartnoma» deb ataldi. Unga ko‘ra, Yaponiyada AQSH ning harbiy bazalari saqlab qolindi. Ayni paytda AQSH ning okkupatsiya tartibi bekor qilindi.

1953-yiida tuzilgan do’stlik, savdo va dengiz kemalari qatnovi to’g’risidagi Amerika-Yapon shart-nomasi har ikki mamlakat fiiqarolari hamda kom-paniyalariga bir-birlarining hududlarida tijorat faoliyali borasida teng huquqqa ega bo’lish imkoniyatini berdi. o’zaro yordam va mudofaani ta'minlash to’g’risidagi 1954-yiIgi bitim yapon sanoati uchun ochilgan amerika bozoridagi iqtisodiy chora-tadbiriarga sannoya kiritish kafolatini o’z ichiga olgan edi. Nihoyat, 1960-yilgi "o’zaro hamkorlik va xavfsizlikka kafolat" to’g’risidagi shartnoma bu ikki mamlakatning harbiy-siyosiy ittifoqi-ni rasmiylashtirishni yakunladi va Yaponiyani AQSHning Uzoq Sharqdagi kenja sherigiga aylantirdi deyish mumkin.

Mazkur shartnomaga ko’ra, Amerika harbiy xiz-matchilari yapon yurisdiksiyasi nazoratidan chiqarildi va soliq hamda bojxona lekshiruvidan ozod qilindi.

1 million aholi yashaydigan Okinava oroli AQSHning Tinch okean havzasidagi doimiy harbiy-havo kuchlari bazasi bo’lib qoldi. Amerika bombardimonchilari aynan shu yerdan Vyetnam. Laos, Kampuchiya shahar va qishloqlariga bomba tashlash uchun uchar edi.

Yaponiya bilan harbiy-siyosiy ittifoq tuzgan AQSH uni Sovet Ittifoqiga qarshi qayray boshladi. Amerika senati 1951-yilgi Yalta shartnomasini ratiflkatsiya qilib, uning Yaponiyaga tegishli bandlarini shubha ostiga ola boshladi. Malumki, mazkur shartnomada Kurill orollari va Janubiy Saxalin Sovet Ittifoqiga berilganligi qayd qilingan edi. Shundan beri Kurill tizmasiga kiruvchi Xabomai, Shikatan, Iturup va Kunashir orollari SSSR va Yaponiya o’rtasidagi doimiy qarama-qarshilik manbaiga aylandi.

2. Islohotlar va Yaponiyaning iqtisodiy taraqqiyoti.

1946-yilda Yaponiya parlamenti agrar islohot to ‘g‘risida qonun qabul qildi. Uning maqsadipomeshchik yer egaligini tugatish edi. Davlatyer egalari yerini sotib oldi va ularni dehqonlargasotdi. Shu tariqa pomeshchik yer egaligi tugatildi. Endilikda mamlakat qishloq xo‘jaligida katta bo‘lmagan fermer xo‘jaliklari asosiy rol o‘ynay boshladi.Sanoatni tiklash uchun ham barcha zarur choralar ko'rildi. Ayni paytda AQSH reparatsiya olishni to‘xtatdi. Yapon xalqi yuksak vatanparvarlik,mehnatsevarlik, nihoyatda intizomlilik, toqatlilik va sabr-bardoshliliknamunalarini ko‘rsatib mehnat qildi. Ayni paytda yapon xalqi o‘ta tejamkor xalq hamdir. Bundan tashqari, ish beruvchilar bilan xodimlar o‘rtasida yaponlargagina xos bo‘lgan hamkorlik vujudga keldi. Unga ko‘ra, ish beruvchi bilan xodim o‘rtasida shartnoma tuzilar edi.Shartnomada korxona xodim to pensiyaga chiqquncha ish bilan ta’minlash, xodim esa shu yillar mobaynida sidqidildan mehnat qilish majburiyatini olardi. Bundan tashqari, Yaponiyaning harbiy xarajatlari nihoyatda kam bo‘lib, yillik ijtimoiy mahsulot qiymatining atigi 1 foizinitashkil etardi. Bu hol butun kapital mablag‘ning juda katta qismini ishlab chiqarishga yo‘naltirishga imkon berar edi. Yaponlarga xos yana bir xususiyat o‘zgalar yutug‘ini erinmay o‘rganish va ulardan unumli foydalana olishdir.Yuqoridagi omillar Yaponiyaning gurkirab rivojlanishini ta’minladi.Chunonchi, 1951-yildayoq sanoat ishlab chiqarishi urushdan oldingi darajaga yetdi. 1951—70-yillarda mamlakat iqtisodiyotining yillik o‘sishi o‘rtacha14,6 foizni tashkil etdi. 1950-yil yozida AQSHning Koreyadagi urushi munosabati bilan Yaponiyaga juda ko‘plab harbiy buyurtmalar berildi. Natijada Yaponiya valuta zaxirasi 1952-yilda 1 mlrd. dollarni tashkil etdi. 1960-yilga kelib Yaponiyada sanoatning yillik o‘sishi 20 foizni tashkil qildi. Bunday o‘sish hech bir mamlakatda bo‘lgan emas. «Yapon mo‘jizasi» dunyoni lol qoldirdi.Olimlarning kuzatishiga qaraganda, bu m o‘jizaning siri quyidagi sabablarga bog‘liqdir:

1. Asosiy kapitalning yangilanishi. Sanoat korxonalarida barcha eskirgan jihozlar 50-yillarda almashtirildi. Bu narsa 1960-yilda o‘rta va mayda korxonalarga ham joriy etildi. Chunki 30 foiz ishchilar shunday korxonalarda ishlaydi. 2. Harbiy buyurtmalar. Koreya va Vetnam urushlari munosabati bilan berilgan buyurtmalar sanoatchilarga juda katta foyda keltirdi. Keyinchalik mamlakatning o‘zida buyurtma ko‘paydi.

3. Urushdan keyin harbiy xarajatlarning yo‘qligi. Chunki AQSH 80% harbiy xarajatni moliyalashtirdi. Harbiy xarajatlar 1970-yilga kelganda budjetning 1,2 foizini tashkil etdi.

4. Konsernlarning ko‘ptarmoqliligi kapitalni aylantirishda qo‘l keldi.Masalan, kemasozlik korxonalari qiyin paytlarda mashinasozlik, ximiya jihozlari, turbinalar va boshqa mahsulotlar ishlab chiqarishga moslashgan.

5. Davlat monopolizmining xususiy korxonalar bilan yaqinligi. Vazirlar Mahkamasida tashkil etilgan Iqtisodiy rejalashtirish qo‘mitasi ichki va tashqi bozor muhitini o ‘rganadi hamda ilmiy-texnikaviy axborotni barcha korxonalarga tarqatadi.Davlat eng muhim sanoat tarmoqlari bo'lgan atom sanoati, raketasozlik va boshqalarni hamda ilmiy-tadqiqot ishlarini moliyalashtirayadi va kapital qo‘yishini muvofiqlashtiradi. Yaponiyada rejalashtirishdan ustalik bilan foydalaniladi.Yana muhim tomoni ma’lum bir tumanda uy-joy, kommunikatsiya,vodoprovod va boshqa infra tuzilmani yuzaga keltirish bilan davlat ishlab chiqarish kuchlarini jamlaydi. Davlat hisobidan ko‘plab sanoat korxonalari yangi joylarga ko'chiriladi.

6. Boshqa mamlakatlar tajribasidan texnik yordam to ‘g‘risida bitimlar tuzish, litsenziyalar sotib olish yo‘li juda keng foydalaniladi. Lekin bu narsa mamlakat ichkarisida ilmiy-tadqiqot bazasiga salbiy ta’sir etishini hisobga olib, ilmiy-texnik izlanishlarga har 10-yilda 6 baravardan ko‘p mablag' sarflamoqda.

7. Ilmiy-texnika inqilobini bevosita ishlab chiqarishda nihoyatda tez qo‘llab samaradorlikka erishmoqda. Bir soha chiqindilarini boshqa siklga yo'naltiriladi. Jumladan, neftni qayta ishlash — sintetik materiallarga, kimyo— qurilish materiallariga va h.k.

8. Xodimlarga «psixologik yondashuv». Yaponiya korxonalari ishchilarni ishga layoqatsiz bo'lib qolgunicha yoki umrbod ish bilan ta’minlash to‘g‘risida shartnoma tuzadi. Ishchi esa intizomli, har qanday qiyinchilikka chidaydigan, korxonani o'ziniki deb biladigan, unga xiyonat qilmaydigan

bo‘lishi zarur.

9.Yaponiya iqtisodiyoti rivojlanishida tashqi savdo muhim rol o‘ynaydi.Yapon iqtisodi jahon bozoriga boglangan va 100 foiz paxta, jun, kauchuk,nikel, boksitni, 99 foiz neftni, 90 foiz temir rudasi, ya’ni 80 foiz xomashyo va 20 foiz oziq-ovqatni chetdan sotib oladi. 1965-yilgacha Yaponiya importi darajasi eksportga nisbatan yuqori edi. Undan keyin balans faollashdi, eksport ko‘paydi.1968-yilga kelib Yaponiya jami milliy mahsuloti hajmi jihatidan Fransiya, Buyuk Britaniya va GFR ni ortda qoldirdi. Bu borada dunyoda AQSH dan keyin ikkinchi o'ringa chiqib oldi.1981 -yilda yana bir mo'jiza ro‘y berdi. Shu yili Yaponiya yengil avtomobil ishlab chiqarish bo'yicha AQSH ni ortda qoldirdi. Mamlakatda videotexnika,rangli televizor va boshqa maishiy xizmat texnikasi misli ko‘rilmagan darajada o ‘sdi. Raqamli axborot texnologiyasi, robotlar ishlab chiqarishda dunyoda oldingi o‘rinda turibdi. Mitsui, Mitsubisi, Sumitomo, Toyota, Kavasaki kabi gigant korporatsiyalar milliardlarcha foyda ko‘rmoqda. Mamlakatda temir va ko'mir konlari bo‘lmasa-da, elektron sanoatning tayyor mahsulotlari, avtomobillar, kimyo sanoati mahsulotlari, optika, sintetik tola va boshqa muhim tovarlami eksport qiladi.Yaponiya avtomobillar, kemalar, ro‘zg‘or elektr texnika asboblari, sanoat robotlari ishlab chiqarish, stanoksozlik jihatidan dunyoda birinchi o‘rinni egallaydi. Baliq ovlash bo‘yicha dunyoda 1-o‘rinda turadi. Dunyoning 15 foizdan ortiq balig‘ini ovlaydi va uni qayta ishlaydi. Dunyoning 2 foiz (127mln) aholisiga ega bo'lgan Yaponiya jahonning 13,3 foiz mahsulotini ishlab chiqaradi.

Yana bir Yaponiyaning rivojlanish to`g`risida ilmiy nazariya bilan tanishib chiqamiz.

Har qanday davlat o’z ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti turli shartsharoitlar va omillar ta’sirida ro’y beradi. Ayrim mamlakatlar yirik davlatlarta’sirida va ularning ko’magida taraqqiy topsa, boshqalari o’zining ichkiimkoniyatlaridan to’la va samarali foydalanib taraqqiyotning yuqori cho’qqilariga chiqib olishi ham mumkin. Yaponiya uchun har ikkala yo’l ham xos hisoblanadi.Yaponiya ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotining “yapon modeli” nomi bilan dunyoga tanilishi asosan 2-jahon urushidan keyingi davrga to’g’ri keladi. Mana shu davrdan keyingi rivojlanishini ko’pchilik mutaxassislar quyidagi davrlargaajratib ko’rsatishadi3:

1-bosqich - 1945-1969 yillar.

2-bosqich - 1970-1989 yillar.

3-bosqich - 1990-2000-yillar oxiri.

4-bosqich - 2010-yillardan hozirgacha.

Mana shu bosqichlar uchun asosiy mezon sifatida jahondagi umumiy iqtisodiy vaziyat hamda tendensiyalarning davrlararo o’zgarishi, ishlab chiqarish shart-sharoitlarining har xilligi, shuningdek, ijtimoiy-iqtisodiy tuzilmalardagi sifat o’zagishlari olingan.



1-bosqich. Yaponiyaning Ikkinchi jahon urushidagi mag’lubiyatidan so’ng Ittifoqchi qo’shinlar oliy shtabi iqtisodiy islohotlar yo’nalishlarini belgilab berdi. AQSHning Yaponiyadagi okkupatsion hukumati maslahatchisi Djozef Dodj tomonidan taklif etilgan “Dodj rejasi”ga (1949-1950 yillar) muvofiq, Yaponiya iqtisodiyotini qayta tiklash uchun istiqbolli ishlab chiqarish tizimi joriy etildi4. Bunday ishlab chiqarish tarmoqlariga qora metallurgiya, toshko’mir sanoati, elektroenergetika, temir yo’l va dengiz transporti kabilar kiritildi. Bu tarmoqlarni rivojlantirishda to’g’ridan-to’g’ri nazorat metodlari (past narxlarning belgilab qo’yilishi, narxlar orasidagi farqni kompensatsiya qilish, imtiyozli kreditlash, import tovarlarini kvotalash) qo’llanildi. Shuningdek, soliqlar oshirilib, inflyatsiya darajasini kamaytirish maqsadi qo’yildi. Natijada Yaponiyada davlat byudjetining profitsit bilan bajarilishiga erishildi5. Agrar islohotlar feodal yer egalik shaklini bekor qildi. Antimonopol chora-tadbirlar Yaponiya konsernlari tuzilmalarining qayta qurilishiga olib keldi. Urushdan voz kechish siyosati esa mamlakat harbiy xarajatlarining jahon bo’yicha eng minimal darajada, ya’ni YaIMga nisbatan 1 foiz atrofida qolishiga turtki berdi. Yuqorida sanab o’tilgan omillar Yaponiya iqtisodiyotining qayta tiklanishida hal qiluvchi rol o’ynadi. Bu davr iqtisodiyotning mehnat va kapital sig’imi yuqori bo’lgan tarmoqlarini rivojlantirishga urinish bilan ham tavsiflanadi. Urushdan keyin iqtisodiy rivojlanish mineral-xom ashyo resurslariga past narxlar belgilanishi sharoitida yuz bera boshladi. Bu Yaponiyaga importga tayanib rangli va qora metallurgiya, neftni qayta ishlash, kemasozlik va shu kabi energiya, resurs va kapital sig’imi yuqori bo’lgan sanoat tarmoqlarini barpo etish imkonini berdi. Masalan, 1953-1971-yillar oralig’ida qayta ishlash sanoati 10,6 marta, mashinasozlik sanoati mahsulotlarini ishlab chiqarish 24,9 marta, neft mahsulotlari va toshko’mir ishlab chiqarish 19,3 marta, kimyo mahsulotlari ishlab chiqarish 12 marta hamda po’lat mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmi 10 martaga oshdi. Kapital sig’imi yuqori bo’lgan tarmoqlarning rivojlanishi natijasida ish bilan bandlik va aholining turmush darajasi ko’tarildi. Qog’oz, radiotexnika, avtomobil kabi mehnat sig’imi yuqori sanoat tarmoqlari ham yonma-yon ravishda rivojlandi. 1964-1973-yillarda iqtisodiy o’sish sur’ati oldingi yillarga nisbatan yanada jadallashdi. Mamlakatning 1964-1973-yillardagi iqtisodiy rivojlanish davri mamlakat iqtisodiyoti tarixida “tez taraqqiyot” davri nomini oldi. Shu yillarda iqtisodiy o’sish yiliga o’rtacha 14 foizni tashkil qildi va “iqtisodiy mo’jiza”ga erishildi.Natijada 1970-yillardan boshlab Yaponiya mamlakati “kunchiqar mamlakat” deb atala boshlandi. Yalpi ichki mahsulot 1955-1973-yillar oralig’ida o’rtacha 10 foiz o’sdi6. Yangi tarmoqlarning rivojlanishiga hukumat tomonidan olib borilgan protektsonizm siyosati ham yordam berdi. Bu siyosat doirasida hukumat moliya institutlarining kreditlari hamda turli imtiyozli soliqlar kabi dastaklardan foydalandi. Eksportni qo’llab-quvvatlash kompleks chora-tadbirlari amalga oshirildi. Xususan, faqat tashqi savdo operatsiyalarini sug’urta qiluvchi va kreditlovchi maxsus tashkilotlar tuzildi. 1950-60-yillarda mamlakatda qattiq valyuta nazorati tizimi amal qilgan bo’lib, bu xususiy milliy kapitalning xorijga “oqib” ketishi va xo’jalikka xorijiy kapitalning kirib kelishiga to’sqinlik qilar edi. O’sha davrda Yaponiya iqtisodiyoti kapital qo’yilmalar darajasi yuqoriligi bilan ajralib turardi. Bu ko’rsatkich bir necha yillar mobaynida yuqorilab borib, 1970 yillarning birinchi yarmida sanoati rivojlangan mamlakat uchun juda katta ko’rsatkich – 39 foizga chiqdi.Xorijiy kapitalning portfel investitsiyalar, qarzlar va zayomlar shaklida ishlatilishi jamg’arish normasining ko’tarilishiga olib keldi. Lekin 1950-1960-yillar oralig’ida xorijiy valyutadagi qo’yilmalarning yalpi kapital qo’yilmlardagi ulushi 2,5 foiz atrofida bo’ldi. 1950-1975-yillar oralig’ida qariyb 32 mlrd. AQSH dollari miqdorida mablag’ jalb etildi. Yangi tarmoqlarning shakllanishi va tez rivojlanishida xorijiy kapital muhim ahamiyat kasb etdi. Qarz va zayomlar Yaponiyaga AQSHning eksport-import banki tomonidan taqdim etildi. Kapital qo’yilmalarning yuqori normasi mavjud ishlab chiqarishning qayta jihozlanishi hamda qurilishning katta hajmlarda amalga oshirilishini bildirar edi. Asosiy vositalar yangi ishlab chiqarish quvvatlarini yaratishga sarflandi. Bu esa asbob-uskunalarning eng so’nggi modelda bo’lishini ta’minlab berdi. Ularning o’rtacha foydalanish muddati 5,5 – 6 yil qilib belgilandi. AQSHda esa bu ko’rsatkich 9-10 yildan iborat edi. Seriyali ishlab chiqarish esa kapital qo’yilmalarning yuqori samaradorligini ta’minladi7. 1960-yillarning o’rtalarigacha ishlab chiqarish fondlari hajmi o’sishi qishloq xo’jaligidagi mehnat resurslarining ommaviy oqimi bilan ta’minlangan. Arzon, ammo yetali darajada malakaga ega bo’lgan ishchi kuchini ishlatish raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarish imkonini bergan. Yaponiyaning 1950-60-yillardagi xo’jalik rivojlanishi xorijdan texnik va texnologik patent va litsenziyalarni sotib olish siyosatining o’ziga xosligi bilan ham ajralib turadi. Ya’ni chet davlatlarning ilm-fan sohasidagi yutuqlaridan o’zida uncha katta bo’lmagan texnologik takomillashtirishni aks etgan mahsulot ishlab chiqarishda foydalanish keng tus oldi. Bu avvalambor moddiy va moliyaviy resurslarni tejash hamda vaqtdan yutish, shuningdek, ham anhanaviy, ham zamonaviy sanoat tarmoqlarida ishlab chiqarish turlarini kengaytirish imkonini berdi. Bu siyosat natijasida 1950-60-yillarda YaIM yiliga o’rtacha 11-12 foiz o’sib bordi. Yaponiya shu yillarda jahon sanoat ishlab chiqarishidagi o’z pozitsiyasini mustahkamlab oldi. 1960-yilda Yaponiyaning yalpi jahon ishlab chiqarishidagi ulushi 3 foizni tashkil etdi. 1970-yilga kelib esa bu ko’rsatkich ikki baravar oshdi va 6 foizga yetdi.

2-bosqich. 1970-yillar Yaponiya iqtisodiyotining rivojlanishida yangi sifat o’zgarishlari bilan tavsiflanadi. 1973 yil va 1978-yildagi neft inqirozlari mamlakatda resurs sig’imi yuqori bo’lgan tarmoqlar uchun qiyin vaziyatni yuzaga keltirdi. 1960-yillar o’rtalarida boshlangan real ish haqi darajasining oshishi mehnat xarajatlarini ko’paytirib, mehnat sig’imi yuqori bo’lgan tarmoqlarning raqobatbardoshligini pasaytirib yubordi. Bularning barchasi yuqori inflyatsiya sharoitida yuz berdi8. 1970-yillarga qadar Yaponiya sanoati rivojlangan mamlakatlar ichida ishchi kuchi arzon bo’lgan yagona davlat edi. Bu davrga kelib mamlakat xo’jaligi energiya va material tejovchi texnologiyalarga o’ta boshladi. Ishlab chiqarishda bunday o’zgarishlar sodir bo’lishiga xizmatlar sohasi rolining ortishi ham sabab bo’ldi. Natijada hukumat sanoat sohasini tubdan isloh qilishga kirishdi: 1983 yilda ayrim tarmoqlarni qayta qurish bo’yichafavqulodda chora-tadbirlar haqida qonun qabul qilindi9. Shu bilan bir vaqtda, mustaqil ilmiy-tadqiqot ishlarining rivojlanishi ham boshlandi. Ham davlat, ham kompaniyalar atom energiyasidan foydalanish, fazoni o’rganish, axborot tizimlarini ishlab chiqish kabi fundamental izlanishlar olib borishda faollasha boshladilar. Xususan, Yaponiyaning ilmiy-tadqiqot tajriba-konstruktorlik ishlariga xarajatlari 1975-yilda 2,1 foizni tashkil etgan bo’lsa, 1985 yilda bu ko’rsatkich 3,1 foizga yetdi. 1970-yillarning boshigacha mamlakat YaIM tarkibida qayta ishlash sanoati ulushi doimiy oshib bordi (1970-yilda YaIMning 6,8 foizi), keyin esa asta-sekinlik bilan kamayib bordi. Qayta ishlash sanoatining tarmoq tarkibida ham sezilarli o’zgarishlar sodir bo’ldi. Mashinasozlikning jami sanoat mahsulotidagi ulushi 1960-1973-yillarda 30,7 foizdan 56,5 foizga o’zgardi. Bunga asosan, elektrotexnika sohasining jadal taraqqiy etishi sabab bo’ldi. Yog’ochni qayta ishlash, tekstil sanoatlari ulushi sezilarsiz darajada qisqardi. Bu davrda YaIMda qishloq xo’jaligining ulushi keskin kamaydi; 1960-1970 yillar orasida 13 foizdan 4 foizga qisqardi. Uchinchi sektorning ahamiyati ortib borib, 1985 yilga kelib YaIMda uning ulushi 60,7 foizni tashkil etdi.1973-yilda Yaponiyada suzib yuruvchi valyuta ayirboshlash kursi tizimi joriy etildi. Natijada 22 yil davomida amalda bo’lgan valyuta kursi mexanizmi o’zgarib, yenning dollarga nisbatan qadri osha boshladi (360 yen = 1 dollardan 308 = 1 dollarga). Natijada 1980-yillarning oxiriga kelib sanoati rivojlangan mamlakatlar bilan o’zaro savdo balansidagi defitsit o’sib ketdi. Hukumat islohotlar o’tkazib Yaponiya Milliy Temir Yo’llari (JNR), Nippon Telegraf va Davlat Telefon Korporatsiyasi (TPC)ni davlat tasarrufidan chiqardi, ya’ni xususiylashtirdi.1970-80-yillarda iqtisodiy o’sish surhatlari avvalgi davrdagidan pastroq bo’ldi; 1970-yillarda o’rtacha 4,5 foiz, 1980-yillarda esa o’rtacha 4,0 foizni tashkil etdi. Lekin bu ko’rsatkichlar o’sha davrda sanoatlashgan mamlakatlarning o’rtacha ko’rsatkichlaridan yuqoriroq hisoblangan. Shu sababli Yaponiyaning iqtisodiy qudrati AQSH va SSSRdan keyingi uchinchi iqtisodiy kuch sifatida baholanardi. 1980-yillarning oxirlariga kelib Yaponiyaning milliy boyligi qiymati 1,363 trln. yenga teng bo’lib, bu ko’rsatkich YaIMning qariyb 5,6 barobarini tashkil etgan10.

3-bosqich. 1980-yillarning oxiriga kelib mamlakat iqtisodiyoti barqaror rivojlandi, moliyaviy va kong’yunkturaviy shart-sharoitlar mutaxassislar tomonidan yuqori baholandi. Jumladan, ulgurji savdodagi barqaror narxlar, ishsizlikning past darajasi hamda kompaniyalarning kasodga uchrash ko’rsatkichlari eng past darajalar sifatida ehtirof etildi. Bu davrda yarimo’tkazgichlar ishlab chiqarish sohasiga kapital kiritish, investitsiyalarni mazkur soha korxonalariga yo’naltirish faollashib bordi, shu bilan birga qimmatli qog’ozlar va uy-joylar narxi keskin oshib ketdi. Natijada pul massasining asosiy qismi fond va ko’chmas mulk bozoriga oqib o’tdi. Bu esa, o’z navbatida, iqtisodiyotda “sovun pufagi” holatini keltirib chiqardi. Bu pufaklar 1990-yillarda yorilishi natijasida iqtisodiyot va moliya sohasida inqiroz yuzaga keldi. Oqibatda 1997 yilda boshlangan Osiyodagi moliyaviy inqiroz Yaponiya yirik banklarini ham qiyin va murakkab vaziyatga solib qo’ydi11.1990-95 yillarda jahon iqtisodiyotidagi siklik inqiroz Yaponiyaga ham katta ta’sir o’tkazdi. AQSHdan farqli ravishda Yaponiya iqtisodiyoti uchun bir qator ko’rsatkichlar retsessiya holatidan dalolat berayotgan edi. 1998-1999-yillar oralig’ida YaIM hajmi 2,8 foizga qisqardi. Shu bilan birga, ishlab chiqarishga xususiy kapital qo’yilmalari hajmi 11,7 foizga qisqardi12. G’arb iqtisodchilarining fikriga ko’ra, bir necha o’n yillar mobaynida barqaror rivojlanib kelgan Yaponiya iqtisodiyotining ayrim tuzilmalari 1992-1995-yillarda o’zining “mo’rt” jihatlarini namoyon eta boshladi. Xususan, 1992-yilning o’zida sanoat ishlab chiqarishi hajmi qariyb 8 foizga qisqardi. Yaponiya hukumati 1992-yilning avgust oyida mamlakat tarixidagi eng yirik favqulodda iqtisodiy chora-tadbirlari dasturini qabul qildi.2000 yilda ishsizlik 1953-yildan keyin birinchi marta eng yuqori – 4,7 foizga yetdi. Real oylik ish haqi 2 foizga qisqardi. Tabiiyki, iste’mol talabi ham 2,2 foiz qisqardi, bu ayniqsa uzoq muddatli iste’mol tovarlari bozorida yaqqol namoyon bo’ldi.1973-yildagi neft inqirozidan keyin ilk bor sanoat ishlab chiqarishi 6,9 foizga kamaydi. Ishlab chiqarish quvvatlarini ishga tushirish hajmi esa 8,2 foizga pasayib, bu investitsiyalarga talabning qisqarishi, kreditlash hajmining pasayib ketishi va kompaniyalar moliyaviy holatining yomonlashishiga olib keldi. Yaponiya iqtisodiyotining bunday depressiya holati jahon kong’yukturasiga ta’sir etmadi. Buning asosiy sababi qilib ekspertlar ichki talabning importga bog’liqligi kamligini, ya’ni 10 foizligini ko’rsatishdi. Bu ko’rsatkich AQSHda 1995-yillarda 20 foizni tashkil etgan. Yaponiyaning eksport salohiyati ham bu yillarda kamaydi, ya’ni eksport hajmi qisqardi. 1998-yilda hukumat tepasiga kelgan yangi kabinet inqirozga qarshi

chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqib, amalga oshirishga kirishdi. Bu iqtisodiy

rivojlanishning istiqbolli dasturlarini ro’yobga chiqarish imkoniyatini berdi. Bu dasturlar o’z ichiga quyidagilarni qamrab oldi:

- Yaponiyani elektron davlatga aylantirish; yirik shaharlar atrofidagi aglomeratsiyalarning transport tizimlarini rivojlantirish;

- ijtimoiy infratuzilma yo’nalishlarini (telekommunikatsiya, ilm-fan va

texnologiya, atrof-muhitni himoya qilish tashkilotlari, ijtimoiy tahminot muassasalari) yangi sifat bosqichiga ko’tarish;

- bandlik barqaror tizimini ilg’or texnologiyalarga asoslangan holda takomillashtirish.

Bu davrda iste’mol talabini rag’batlantirish maqsadida hukumat bir qator noanhanaviy choralardan ham foydalandi. Masalan, daromadi past darajada bo’lgan oilalarga do’konlarda tovarlar va xizmatlar xaridi uchun imtiyozli kuponlarni sotish kabilar.Bu davr jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi boshlanishi bilan ham tavsiflanadi, inqiroz mamlakat iqtisodiyotiga quyidagicha ta’sir qildi: 2008-yilning ikkinchi yarmida iqtisodiyotda retsessiya holati boshlanib, shu yil noyabr oyida avtomobillar sotuv hajmi 27 foizga qisqardi. Bu esa 1996-yildan buyon sotuv hajmi qisqarishidagi eng past ko’rsatkich edi. 2008-yil yakunlariga ko’ra mamlakat YaIM hajmi 1,2 foizga qisqardi.

Umuman, xulosa qilib aytadigan bo’lsak, ko’rib chiqilgan masalalar bu mamlakatning qisqa surhatlarda vayron iqtisodiyotdan jahon tan olgan “Ikkinchi iqtisodiyot” darajasigacha ko’tarilganligi haqida batafsil ma’lumotni bersa, ularni umumlashtirib bunday “Yapon mo’jizasi”ga sabab bo’lgan omillardan yapon xalqining mehnatkashligi, mahalliy ishlab chiqaruvchilarning har tomonlama qo’llab-quvvatlanishi, iqtisodiyotni tartibga solishda davlatni alohida o’rnining mavjudligini aytib o’tish lozim. Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, Yaponiyada davlat iqtisodiy siyosatining samaradorligi oshishiga bosh vazir Shinzo Abe tashabbusi bilan amalga oshirilgan abenomika siyosati katta ta’sir ko’rsatdi. Bugungi kunda mutaxassislar va yetakchi eks’ertlar Yapon moliyaviy muassasalari Kapitalining likvidlik darajasini, moliya tizimining iqtisodiy-konyunkturaviy o’zgarishlarga tez moslasha olish darajasini va barqarorligini ham yuqori baholashmoqda. Bu chet el valyuta-pul munosabatlarida yuzaga keladigan xavf-xatarlarning oldini olishga ham imkon beradi, deb hisoblash mumkin.



3.Tashqi siyosat va XX asr oxirida dunyo miqiyosida tutgan o`rni.

Yaponiya tashqi siyosatida San-Fransisko shartnomasidan so‘ng AQSH asosiy hal qiluvchi rol o‘ynadi. 1954-yil dekabrida Bosh vazirlik lavozimini egallagan Xatoyama o‘z dasturining bir punktini Sovet davlati bilan munosabatlarni yaxshilashga bag‘ishladi. Natijada 1956-yil oktabrida ikki mamlakat o‘rtasida diplomatik munosabatlar tiklandi. Yapon fuqarolari o‘z vatanlariga qaytarildi. Tinch okean shimoli-g'arbida baliq ovlash, dengizda halokatga uchraganlarga yordam berish to‘g‘risida bitimlar tuzildi.1957-yil dekabrda sovet-yapon savdo shartnomasi imzolandi va tovar ayirboshlash yo‘lga qo‘yildi.Shu bilan birga 1960-yil Kisi hukumati AQSH bilan «xavfsizlik shartnomasi»ni imzoladi va u 1970-yilda uzaytirildi. Unga muvoliq, Yaponiya hududida AQSHning 118 ta harbiy obyekti bo‘lib, ularga 50 mingga yaqin harbiylar joylashtirilgandi. Yaponiya AQSH ning Vetnamdagi umshini qo‘llab-quvvatladi.Sobiq bosh vazir Tanaka Amerikaning «Lokxid» aviakompaniyasidan katta miqdorda pora olganligi fosh bo'ldi. Mamlakatda kormpsiya kuchaydi.1974-yil dekabrda Bosh vazirlik lavozimiga kelgan Miki zo‘rg‘a 2 yil turdi va Fukudaga o‘z o‘rnini bo‘shatib berdi. Uning davrida Yaponiyaning «Umumiy bozor» davlatlari bilan raqobati kuchaydi.1972-yilda Xitoy bilan diplomatik munosabatlar o‘rnatildi. 1978-yilda esa tinchlik va do'stlik to ‘g‘risida bitim tuzildi. 1990-yillarda Yaponiya o‘z taraqqiyotining yuqori cho‘qqisiga ko‘tarildi. Lekin Osiyoda uning Janubiy Koreya, Tayvan, Tailand, Malayziya kabi raqobatchilari kuchayib bormoqda.Siyosiy hayotda 1955-yildan beri Liberal-demokratik partiya hukmonlik qilib kelmoqda. Kormpsiya, poraxo‘rlik, tovlamachilik tez-tez ko‘zga tashlanadi.XXI asr boshlariga kelib Yaponiyada siyosiy kuchlar qayta gumhlandi. 2000-yilda o‘tkazilgan saylovlarda Liberal-demokratik partiya rahbari Mori Bosh vazirlik lavozimiga saylandi. Lekin u ham kormpsiya bilan bog‘liq janjalga aralashib qoldi va iste`foga chiqdi. Shundan so‘ng J. Koidzumi Bosh vazir bo‘lib qoldi va u tartibni ancha kuchaytirdi.



4.O`zbekiston Respublikasi bilan munosabatlari.

Yaponiya dunyo davlatlari ichida birinchilardan bo‘lib 0 ‘zbekiston mustaqilligini tan olgan davlatlardan biri. 1992-yilning 28-avgustida Yaponiyaning 0‘zbekistonda faoliyat boshlagan birinchi elchisi Sulilo Edammura O‘zbekiston Prezidenti I. Karimovga ishonch yorlig'ini topshirdi. Har ikki davlat o‘rtasida o‘zaro manfaatli hamkorlik yildan-yilga kengayib bordi. 1994-yilning 16—19-may kunlari 0 ‘zbekiston rahbarining Yaponiyaga rasmiy tashrifi bu ikki davlat aloqalarini yanada rivojlantirishda muhim rol o‘ynadi.Yaponiya — 0 ‘zbekiston munosabatlari rivojining XXI asr boshlarida yangi bosqichga ko‘tarilishida I. Karimovning 2002-yilning 28—31-iyul kunlarida rasmiy tashrif bilan Yaponiyada bo‘lishi katta ahamiyatga egadir. Bu tashrif davomida I. Karimov va Yaponiya Bosh vaziri J. Koidzumi muhim siyosiy hujjatni — «Do‘stlik,strategik sheriklik va xalqaro hamkorlik to ‘g‘risida» gi bayonotni imzoladilar. Bundan tashqari «O‘zaro iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish to‘g‘risida», « 0 ‘zbekistondagi islohotlami qo'llab-quvvatlash to ‘g‘risida» va yana boshqa qator hujjatlar imzolandi. Bu hujjatlar Yaponiya — O‘zbekiston aloqalarini yangi bosqichga ko‘tarishga xizmat qiladi.Yaponiya 0 ‘zbekiston bilan har tomonlama yaqin hamkorlik qilib kelayotgan davlatlardan biri. Shu vaqtgacha Yaponiyaning O‘zbekiston iqtisodiyotiga kiritgan sarmoyasining hajmi 1,6 mlrd. AQSH dollaridan oshganligi buning yorqin dalilidir. Ayni paytda 0 ‘zbekistonda 18 ta yapon kompaniyasining vakolatxonasi, 10 ga yaqin qo'shma korxona faoliyat ko'rsatmoqda.Bundan tashqari Yaponiyaning «Taraqqiyotga rasmiy yordam» dasturi doirasida O‘zbekistonga 100 mln. dollardan ziyod mablag' ajratilgan. Shuningdek, Yaponiyaning turli oliy o ‘quv yurtlarida 70 ga yaqin o‘zbekistonlik talaba ta’lim olmoqda. Rasmiy tashrif chog‘ida Yaponiyaning yana 348 mln. iyen miqdorida grant ajratishi haqida bitim imzolandi.Siyosiy sohada tomonlarning fikrlari bir-biriga yaqin va xalqaro terrorizmga qarshi kurash borasida o‘zaro kelishib olindi. Ayni paytda O‘zbekiston Yaponiyaning BMT Xavfsizlik Kengashining doimiy a'zosi bo‘lishini yoqlab kelmoqda.Shunday qilib, Yaponiya XX asrning ikkinchi yarmida vayronalikdan chiqib, qudratli rivojlangan davlatga aylandi. Bunga amerika omilining ta'siri, harbiy xarajatlarning kamligi, eng muhimi, yapon millatining ma’naviy yuksakligi sabab bo'ldi. Xalqning yagona musht bo‘lib birlashuvi, o‘z manfaatlarini xalq, yurt manfaatlari bilan muvofiqlashtirgan holda suiiste’mol qilmay olib borishi g'alabaning asosiy tayanchi bo‘ldi, Yapon millati o ‘zining buyuk millat ekanligini dunyoga ko‘rsatdi. Dunyo bugun «yapon mo‘jizasi»dan hayratlanmoqda va tajriba sifatida foydalanmoqda.



Foydalanilgan adabiyotlar:

-M.Lafasov.’’Jahon tarixi’’ darslik 2014

-Abdurazzoqov M.A ‘’XX asr ikki yarmida jahon tarixi:ma`ruzalar to`plami-T:’’O`zbekiston milliy ensklopediyasi’’ 2000-yi

-Ergashev Sh.’’Jahon tarixi 2-kitob’’

-Инаба Х., Цуцуми С. «Японское чудо» и советская экономическая реформа. – М.: «Шелковый путь», 1991. с.67

- Лезилова Л. Н., Садыбекова Б. Д., Юлдашкулов З. М. Экономика Японии, 1-қисм, 2011

-N.To’xliyev “Osiyo taraqqiyot modeli”. –T.: “O’zbekiston”, 2015.

Internet saytlar:

Doktarant.uz Arxiv.uz Referat.uz

Aim.uz Ziyouz.com

1 Lafasov.M.Jahon tarixi.Darslik.T 2014

2hhttp/ www.ziyouz.com kutubxonasi

3 Ломакин В. К. Мировая экономика. - М.: РАН, 2006, -бет

4 Лебедева И.П., Тимонина И.Л. Экономика Японии. «Восточная литература», - М.: 2008, 15-bet.

5 3 Мировая кризис и Япония / Рук. Проекта Э.В. Моладякова. – М., АИРО-XXI. 2009. – 256 с.

6 N.To’xliyev “Osiyo taraqqiyot modeli”. –T.: “O’zbekiston”, 2015. -176b.

7 N.To’xliyev “Osiyo taraqqiyot modeli”. –T.: “O’zbekiston”, 2015. -176b.

8 Statistical handbook of Japan 2014, Statistics Bureau, MIACJ, 2014, 24-bet

9 Лезилова Л. Н., Садыбекова Б. Д., Юлдашкулов З. М. Экономика Японии, 1-қисм, 2011, 25-bet

10 Statistical handbook of Japan 2014, Statistics Bureau, Ministry of Internal Affairs and Communications Japan, 2014, 25-

11 Statistical handbook of Japan 2014, Statistics Bureau, Ministry of Internal Affairs and Communications Japan, 2014, 27-bet

12 Инаба Х., Цуцуми С. «Японское чудо» и советская экономическая реформа. – М.: «Шелковый путь», 1991. с.67


Download 49.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling