Qo`qon shahar xalq ta’limi bo’limi tasarrufidagi 34-umumiy o’rta ta’lim maktabi


Download 0.88 Mb.
bet1/3
Sana15.01.2023
Hajmi0.88 Mb.
#1093949
  1   2   3
Bog'liq
7-sinf geometriya ochiq dars










Yu
Qo`qon shahar xalq ta’limi bo’limi tasarrufidagi
34-umumiy o’rta ta’lim maktabi
matematika fani o’qituvchisi Toshmatova Mavjudaxonning 8-“A”sinfda algebra fanidan “Sonlarni yaxlitlash ” mavzusidagi

DARS
ISHLANMASI


Mavzu:Burchak bissektrisasi xossasi.
Darsning maqsadi:

  1. Ta’limiy: O’quvchilarni burchak bissektrisasi xossasi bilan tanishtirish

  2. Tarbiyaviy: O’quvchilarda tabiatga mehr uyg’otish, ona Vatanni sevishga da’vat etish

  3. Rivojlantiruvchi: O`quvchilarning geometrik tushunchalarini kengaytirish, ularni mustaqil fikrlashga o’rgatish.

Tayanch kompetensiyalar:
Axborot bilan ishlash kompetensiya elementi: mavzu doirasida ko’rsatilgan multimedia ilovalariga ongli munosabat bildirish.
Fanga oid kompetensiyalar: o‘rganilgan geometrik faktlarni tushuntirib bera oladi, tegishli misollar keltira oladi;
Perpendikulyar to‘g‘ri chiziqlarni, burchaklarning asosiy turlarini (masalan, to‘g‘ri, o‘tkir, o‘tmas burchaklar) tassavur qila oladi, solishtira oladi va tasvirlay oladi; berilgan burchak kattaligini, kesma uzunligini va masofani o‘lchay oladi va chamalab baholay oladi, kesma va burchaklarning kattaligi bo‘yicha solishtira oladi va tartiblay oladi.
Dars turi: yangi tushuncha va bilimlarni shakllantiruvchi
Darsda foydalanilgan metodlar: an’anaviy, interfaol
Dars jihozi: darslik, konspekt, ko’rgazmali qurollar, chizg’ich, sirkul, tarqatma materiallar, test savollari, AKT vositalari.
Darsning borishi:
I.Tashkiliy qism: 1) Salomlashish
2) O`quvchilar davomatini aniqlash
Davomatni aniqlash uchun davomat metodidan foydalanaman. Bu metod bilan o’tilgan mavzu ham mustahkamlanadi.

O’tkir ham, o’tmas ham bo’lmagan burchak

O’tmas burchak

O’tkir burchak
23 ta raqam qo’yilgan doskada 1 qator o’tkir burchak, 2-qator o’tmas burchak, 3- qator o’tkir ham , o’tmas ham bo’lmagan burchaklarni yozishadi navbati bilan.

O’quvchilar A.Navoiy, Z.M.Bobur, Zulfiya tavallud kunlariga ,besh tashabbusGA qisqacha to’xtalib o’tiladi.


Davomat aniqlangandan so’ng o’quvchilar yozgan javoblariga qarab o’tilgan mavzu mustahkamlanadi.
O’tilgan mavzuni mustahkamlash uchun “So’ngi qahramon” metodidan foydlanaman. O’quvchilar navbati bilan geometriyaga tegishli xossa yoki ta’rif, teoremalarni aytishadi.
Yangi mavzuni tushuntiraman. Burchak bissektrisasi xossasi.

Download 0.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling