Qo‘qon universiteti Maktabgacha ta’lim yo‘nalishi 3-kurs talabasi


Download 3.1 Mb.
bet162/166
Sana18.10.2023
Hajmi3.1 Mb.
#1708384
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   166
Bog'liq
3-son 1-15 maqola new (2)

TADQIQOT NATIJASI
“SWOT tahlil” metodi. Metodning maqsadi quyidagilardan iborat: mavjud bo‘lgan nazariy va amaliy bilim, tajribalarni tahlil qilish, taqqoslash natijasida mazkur muammoning yechimini topishga mo‘ljallangan. Bilimlarni mustahkamlash, takrorlash, baholash, mustaqil hamda tanqidiy fikrlash, nostandart tafakkurni shakllantirishga qaratilgan bo‘lib, maktabgacha ta’lim tashkilotlarida “Matematik o‘yinlarni tashkil etish”ning SWOT tahlilini quyidagi jadvalda ko‘rishimiz mumkin (1-jadval).



1-jadval
Matematik oyinlarni tashkil etishning SWOT tahlili



S

Matematik o‘yinlarni pedagogik faoliyatda hamda bolalarning ta’limiy jarayonida qo‘llashning kuchli tomonlari.

  1. Bolalarni mantiqiy hamda mustaqil fikrlashga undaydi.

  2. Tezkor bo‘lishga chorlaydi.

  3. Har xil muammoli vaziyatlardan chiqish.

  4. Aqliy qobiliyatlar shakllanishi.

  5. Boshqa fanlarni ham yaxshi o‘zlashtiradi.

  6. Qiziqishning kuchayishi.

  7. Pedagogik faoliyatda mashg‘ulotlar samarali hamda qiziq bo‘lishi.

  8. Bolalarning zerikmasligi.

  9. Tarbiyachi va bolalar o‘rtasidagi muloqot yaxshilanishi.

  10. Tarbiyachi matematik bilimlarni oson tushuntira olishi.

W

Matematik o‘yinlarni pedagogik faoliyatda hamda bolalarning ta’limiy jarayonida qo‘llashning zaif tomonlari.

  1. Bir xil o‘yin takrorlanishidan bolalarning zerikishi.

  2. Bolalarning o‘yin jarayoniga qiziqmasligi.

  3. Tarbiyachining bolalarni boshqara olmasligi.

  4. O‘yinlarning bolalarga murakkablik qilishi.

O

Matematik o‘yinlarning imkoniyatlari.

  1. Axloqiy fazilatlarning shakllanishi.

  2. Nutqiy muloqot ko‘nikmalarining rivojlanishi.

  3. Ijtimoiy munosabatlarning yaxshilanishi.

T

Matematik o‘yinlarning to‘siqlari

Bolalar asosan o‘yin jarayonida zerikmasligi, mashg‘ulotga o‘yinni moslab tanlay olish murakkab ham, sodda ham bo‘lmasligi kerak.

Bola asta-sekin katta hayotga qadam qo‘yar ekan, u har qadamida matematik ta’limga duch keladi, albatta. Nafaqat maktabgacha ta’lim tashkiloti, balki oilada ham bolaga yoshligidan matematikaga doir nazariy hamda amaliy bilimlar berib borilishi lozim. Boshlang‘ich bilimlar qanchalik mustahkam bo‘lsa, keyingi rivojlanish bosqichlarida bolalar qiyinchiliklarga duch kelmaydi. Yuqoridagi jadvaldan ko‘rinib turibdiki, maktabgacha ta’lim tashkilotlarida elementar matematik tasavvurlarni shakllantirishda matematik o‘yinlarni qo‘llash tarbiyalanuvchilarning ta’limiy jarayonlari hamda pedagogik faoliyatda muhim ahamiyat kasb etadi.


Download 3.1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   166




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling