Qo‘qon universiteti Maktabgacha ta’lim yo‘nalishi 3-kurs talabasi
Download 3.1 Mb.
|
3-son 1-15 maqola new (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qo‘qon universiteti Maktabgacha ta’lim yo‘nalishi 3-kurs talabasi 1.
- QO‘QON UNIVERSITETI XABARNOMASI KOKAND UNIVERSITY HERALD ВЕСТНИК КОКАНДСКОГО УНИВЕРСИТЕТА
- O‘ZBEKISTONDA IMKONIYATI CHEKLANGAN BOLALAR BILAN ISHLASH AMALIYOTINI TAKOMILLASHTIRISH YO‘NALISHLARI Abdurahimova Mavzuna
- MAQOLA HAQIDA ANNOTATSIYA Qabul qilindi
- 66-maqsadida belgilangan “Nogironligi bo‘lgan shaxslarni qo‘llab-quvvatlashning samarali tizimini shakllantirish, ularning hayot sifati va darajasini oshirish” uchun
Mundarija:
O‘ZBEKISTONDA IMKONIYATI CHEKLANGAN BOLALAR BILAN ISHLASH AMALIYOTINI TAKOMILLASHTIRISH YO‘NALISHLARI Abdurahimova Mavzuna Qo‘qon universiteti Maktabgacha ta’lim yo‘nalishi 3-kurs talabasi
KIRISH Bugungi globallashuv sharoitida nogironligi bo‘lgan yoshlarni sifatli ta’lim bilan ta’minlash va bu orqali ularni sog‘lom jamiyat muhitiga ortiqcha ijtimoiy to‘siqlarsiz adaptiv moslashishini kafolatlash bu boradagi davlat islohotlarining ustuvor vazifasi hisoblanadi. Shu ma’noda, jismoniy imkoniyati cheklangan o‘quvchi-yoshlarni inklyuziv shart-sharoitlar asosida bosqichma-bosqich umumta’lim muassasalariga jalb etish, ularning huquqiy-ma’naviy madaniyatini yuksaltirish, alohida e’tiborga muhtojlarni davlat va jamiyat uchun sifatli kadr qilib voyaga yetkazish bu boradagi davlat siyosatining mohiyatini tashkil etadi. Mamlakatimizda imkoniyati cheklangan bolalarga g‘amxo‘rlik ko‘rsatish davlat siyosati darajasida ko‘tarilmoqda. 2020-yil 13-oktyabrda “Alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarga ta’lim-tarbiya berish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4860-son qarorida1 2020-2025-yillarda xalq ta’limi tizimida inklyuziv ta’limni rivojlantirish konsepsiyasiga O‘zbekistonda inklyuziv ta’limni rivojlantirish, alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarga ta’lim-tarbiya berish tizimini takomillashtirish hamda ularga ko‘rsatiladigan ta’lim xizmatlari sifatini yaxshilash bo‘yicha qator vazifalar belgilab berildi. Ushbu qarorda ham alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan bolalarga taʼlim-tarbiya berish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari ishlab chiqilgan. Unga koʻra, tajriba-sinov tariqasida shaharlarda va Toshkent shahrining tumanlarida joylashgan bittadan maktablarda inklyuziv taʼlim joriy qilinadi. Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida joylashgan bittadan maktablarda alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan bolalar uchun boshlangʻich tayanch sinflar ochiladi. Qashqadaryo, Fargʻona va Xorazm viloyatlarida joylashgan bittadan kasb-hunar maktabida ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalarining 9-sinf bitiruvchilari va alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan bolalar uchun ixtisoslashgan guruhlar tashkil etiladi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvar oyida “2022-2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-60-son Farmonining2 66-maqsadida belgilangan “Nogironligi bo‘lgan shaxslarni qo‘llab-quvvatlashning samarali tizimini shakllantirish, ularning hayot sifati va darajasini oshirish” uchun nogironligi bo‘lgan shaxslarning jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy hayotiga jalb qilinishi va faol ishtirokini ta’minlovchi inklyuziv ta’lim va ishga joylashtirish tizimini takomillashtirish masalalariga alohida to‘xtalib o‘tilgan. Imkoniyati cheklangan fuqarolarning statistikasiga murojaat qiladigan bo‘lsak, O‘zbekistonda imkoniyati cheklangan bolalar bilan ishlash amaliyotini takomillashtirish mavzusi naqadar dolzarb ekanligini yana bir bor ko‘rish mumkin. 2019-yil 1-yanvar holatiga ko‘ra, mamlakatimiz bo‘yicha rasmiy tarzda 710 mingga yaqin imkoniyati cheklangan shaxslar ro‘yxatga olingan. Ularning 101 ming nafarini 16 yoshgacha bo‘lgan imkoniyati cheklangan bolalar tashkil qiladi3. Ushbu bolalarga munosib turmush sharoitini yaratish, inklyuziv ta’limga jalb qilish hamda qamrov darajasi va hayotdagi faolligini oshirishda qator muammolarga duch kelinmoqda. Ta’lim bilan qamrab olinmagan, uyda o‘tirib qolgan, imkoniyati cheklangan bolalar soni sezilarli darajada ortib bormoqda. Maktablarda inklyuziv ta’lim bilan qamrab olish uchun shart-sharoitlar yetarli emas. 101 ming imkoniyati cheklangan bolalarning 80 ming nafari bemalol maktabga bora oladi. Imkoniyati cheklangan bolalar uchun alohida tuzilgan sillabus va darsliklar to‘liq mavjud emas. Ularning tuzilishi interaktiv va sodda ko‘rinishda bo‘lsa, ta’lim sifati va samaradorligi yanada oshgan bo‘lar edi. Shu bilan birgalikda imkoniyati cheklangan bolalar bilan ishlash jarayonida ba’zi bir muammolar ham mavjud, masalan: ko‘zi ojiz bolalarga ta’lim berish uchun Brayl yozuvidagi notalar bilan ishlay oladigan o‘qituvchilarning yetishmasligi; ko‘zi ojizlar uchun darsliklar yetarli emas; darsliklarni tayyorlashda professional mutaxassislarni jalb qilish dolzarb hisoblanadi. Ma’lumki, ko‘p hollarda imkoniyati cheklangan bolalarning musiqa va san’at maktablarida o‘qishga ishtiyoqi baland bo‘ladi. Chunki ularda eshitish qobiliyati yaxshi rivojlangan, bundan tashqari, kuylashga ham iste’dodi kuchli bo‘ladi. Imkoniyati cheklangan bolalar, umuman, imkoniyatlar tanlovidan mahrum bo‘lgan shaxslarda ichki va tashqi qobiliyatlarni kashf qilishda xorij tajribasi, tadqiqotlar va izlanishlar yaqindan yordam beradi. Ta’lim olish huquqi barchaga birdek tegishli, xoh u yosh bo‘lsin, xoh yoshi katta, xoh sog‘lom bo‘lsin, xoh nogiron. Bu huquq ko‘plab qonunlar bilan ham mustahkamlab qo‘yilgan. Bularga: “Bola huquqlari to‘g‘risida”gi Konvensiya (1989-yil); “Nogironlar huquqlari to‘g‘risida”gi Konvensiya (2008-yil); Butunjahon ta’lim hamma uchun Deklaratsiyasi (1990-yil); YUNESKOning Salamanka bayonoti va harakatlar doirasi (1994-yil); Dakar harakatlar doirasi (2000-yil) va yana boshqa ko‘plab qonun hujjatlari va normativlar. Bu kabi qonun hujjatlarining aksariyatiga O‘zbekiston ham a’zo. Download 3.1 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling