Qo‘qon universiteti Maktabgacha ta’lim yo‘nalishi 3-kurs talabasi
Download 3.1 Mb.
|
3-son 1-15 maqola new (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Funksional-faollik yondashuvi
- TADQIQOT NATIJALARI
Tizimli yondashuv sotsiologik yondashuv bilan bog‘liq. Ushbu yondashuv jamiyatni turli tizimlar va tuzilmalarning o‘zaro ta’sir tizimida ko‘rib chiqiladi.
Korreksion yondashuv nogiron o‘quvchining mavjud kamchiliklarini minimallashtirish yoki tuzatishga, shuningdek, uning ijtimoiy foydaliligi va ijtimoiy samaradorligini oshirishga qaratilgan. Funksional-faollik yondashuvi pedagogik, kommunikativ, interfaol va hokazo faoliyat natijasida har bir fan guruhining (faqat atipik talaba emas) ma’lum funksiyalarini qanday samarali bajarishini aniqlaydi. Shunday qilib, inklyuziv ta’lim nafaqat tipik odamning o‘zini anglashiga, balki uning atrofidagilarga ham ta'sir qiladi. Inklyuziv ta’lim ijtimoiy harakatchanlikning asosiy vositasi ekanligini unutmasligimiz kerak. Nogironligi bo‘lgan shaxs uchun ta’lim ikki tomonlama rol o‘ynaydi - bu nafaqat uning funksional imkoniyatlarini, kasbiy o‘sish istiqbollarini oshirish, balki yangi ijtimoiy doiraga kirish imkonini beradigan vositalarni taqdim etadi. Ushbu metodologik taqqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, bugungi kunda O‘zbekistonda imkoniyati cheklangan bolalar bilan ishlash amaliyotini takomillashtirish yo‘nalishlarida talaygina muammolarning mavjudligi hamda ushbu muammo doirasida inklyuziv ta’lim modelini ishlab chiqish, uning faoliyatini baholash shartlari, mezonlari, ko‘rsatkichlarini belgilab beradi. TADQIQOT NATIJALARI Nogironlik endilikda tibbiy masala emas, balki birinchi navbatda inson huquqlari masalasi, deya qonuniy e’tirof etildi. Shuni ta’kidlash joizki, nogironligi bo‘lgan bolalar uchun to‘siqlardan xoli va inklyuziv muhitni yaratish orqali ularning to‘liq va sifatli ta’lim olishini ta’minlash – bola huquqlarini amalga oshirishning samarali yo‘llaridan biridir. Aynan, biz o‘z tadqiqotimizda “Working with desabilities”100 maqolasida keltirilgan ikki nafar Indoneziyalik bolalarning faoliyatini tahlil qilib, quyidagi natijalarni qo‘lga kiritdik. Tadqiqotimiz qahramoni kasallik tufayli 5 yoshida ko‘r bo‘lib qoldi. 9 yoshida esa uni ota-onasi ko‘rlar uchun maxsus maktabga jo‘natdi. Maktab uydan 80 km uzoqlikdagi Bandung shahrida joylashgan edi. Dastlab u ota-onasi va yaqinlaridan uzoqdaligi uchun biroz qiynaldi. Keyinchalik esa u bu holatga o‘rgandi. Darslarni o‘zlashtirish uchun barcha sharoitlar yetarli edi. Adabiyotlar jamlanmasi, yaxshi ustozlar va ahil-inoq jamoa. Sinf xonasining kichikligi va bola soni kamligi uchun o‘qituvchilar bolalarga individual tarzda yondashib, dars berar edi. Maktab jamiyati ko‘zi ojizlar va ularga bilim beruvchi ustozlardan tashkil topganligi uchun o‘zaro aloqalari yaxshi, muhit ular xohlagandek edi. Bolalar aniq va gumanitar fanlardan tashqari jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanishar edi. Buning uchun ularga maxsus oriyentatsiya va harakatchanlik mahorat mashqlari o‘tilar edi. Hammasi judayam yaxshi edi, lekin qahramonimizning ko‘zi ojizlar jamiyatini tark etish vaqti yetib kelgan edi. U haqiqiy hayotdagi muammolarni yengishga tayyor emas, jamiyatda ko‘zi ojizlar haqida to‘laqonli to‘g‘ri tushunchaga ega emas edi. U ikki yo‘lning birini tanlashi lozim edi. Birinchisi, shu qiyinchiliklarga chidab ta’lim olishi, ikkinchisi esa, yana o‘sha ko‘rlar jamiyatiga qaytish va hayotini faqat ular bilan bog‘lash. Uning bir tanishining ham ko‘zi ojiz edi, lekin u 1980-yildan integratsiyalashgan maktabga bordi. Uni atrofdagilar yaxshi kutib olishdi, yordam berishdi, ammo uning ta’lim olishi uchun zarur adabiyotlar yo‘q edi. U darslarga muntazam qatnashardi, lekin ustozlar unga darslarni qanday tushuntirishni bilishmas, na metodika, na kitoblar bor edi. So‘ngra ota-onasi uni ko‘zi ojizlar maktabiga o‘tkazishga majbur bo‘lishdi1111. Bu ikki holatni taqqoslaydigan bo‘lsak, integratsiyalashgan hamda maxsus maktab muammoga yetarlicha yechim bo‘la olmaydi. Bu holatda barcha sharoitlarni o‘zida jamlagan inklyuziv maktab imkoniyati cheklangan bolalar va ularning kelajagi uchun juda zarur. Yuqorida keltirilgan holat bizning yurtimizda ham minglab topiladi. Bu bitta davlat uchun emas, balki butun jahon uchun hal qilinishi zarur bo‘lgan muammo hisoblanadi. Hozirda rivojlangan mamlakatlarda inklyuziv ta’lim to‘laqonli yo‘lga qo‘yilgan. Biz esa bunga bosqichma-bosqich o‘tmoqdamiz. Bu holatda jahon tajribasini o‘rganish va ulardan o‘zimizga mos bo‘lganlarini tanlab, korreksiyalab amaliyotga joriy qilishimiz zarur. Keling endi samarqandlik Maryamning hayotini ham ko‘rib chiqaylik.1212Samarqandlik o‘n olti yashar qiz – Maryamning kollejda o‘qishni boshlaganiga bir necha oy bo‘lgan edi. Pandemiya muammosiga duch kelgan har bir o‘quvchi singari uning yangi o‘quv yili ham onlayn darslar va xuddi shu saboqlarga daxldor muammolar bilan boshlandi. U maktabda o‘qiydigan singlisi bilan bir noutbuk orqali dars vaqtini baham ko‘rishi kerak. Boz ustiga oilaviy qiyinchiliklar tufayli uyda unga doimiy qarovchi, yaʼni darslarini nazorat qilishga vaqt ajrata oladigan kishining o‘zi yo‘q. Bu muammo nogiron farzand tarbiyalayotgan va ustiga-ustak kam taʼminlangan ko‘plab oilalarga tanish holatdir. Maryamning eshitish qobiliyati zaif. Uning o‘quv materiallari video va yozma topshiriqlar shaklida tayyorlangan. Maryam uchun singlisi videodarslarni yozib olsa-da, faqat ovozli maʼlumotlar shaklidagi darslarni tushunish va tahlil qilish imkonsiz. Tabiiyki, bu uning taʼlim olish jarayonidagi ulkan muammo hisoblanadi. Maryam tahsil olayotgan iqtisodchilar guruhida barcha mavzular yangi. O‘qituvchi sinfda mavzularni tushuntirishi bilan izohlanmagan shaklda platformaga tushirilgan yozuvlar yuborishi o‘rtasida juda katta farq bor. Demak, mavzuni mustaqil tushunish juda mushkul. Maryamning ukasi va singlisi ham yordam berishga qodir emas, chunki, ular hali yosh, bu borada biror tushunchaga ega emas. Buning ustiga onlayn darslarning ko‘payishi natijasida, shundoq ham immuniteti pastligidan aziyat chekadigan Maryam ko‘rish qobiliyati susayishi muammosiga ham duch keldi. – Qizimning ko‘rish qobiliyatidagi muammolar tufayli internet orqali yuboriladigan yozma ishlar vaziyatni yanada qiyinlashtiradi, – deydi Maryamning onasi. – Qizim nogironligi uchun va hissiy ehtiyojlari cheklangani sababli, onlayn taʼlim uning uchun umuman maʼnosiz. Tashqi dunyo bilan bog‘lanish imkoniyati pasaygani, har kuni maktabga borish imkoni yo‘qligi va terapiya mashg‘ulotlari keskin to‘xtatilishi mening bolam singari ko‘plab nogiron bolalar taʼlimida muammo bo‘lyapti. Kunning aksariyat qismida onlayn darslar qarshisida harakatsiz o‘tirish bunday bolalar uchun yana boshqa qo‘shimcha muammolar vujudga kelishiga ham sabab bo‘ladi1313. Holatni kuzatib quyidagi fikrlarni ilgari surish mumkin. Maryam o‘zi offline tartibda dars mashg‘ulotlariga qatnagan paytda ham darslarni hamma kabi o‘zlashtirolmaydi, ya’ni qiyinchiliklarga duch keladi. Karantin paytida esa u yanada ko‘proq qiyinchiliklarga duch keldi. Maryam bilan bir qatorda uning oila a’zolari ham qiynalmoqda. Maryamga vaqt ajratolmagani, ta’lim olishda qiynalayotgani ota-onani bir qiynasa, oiladagi moddiy ahvol va qizining ko‘rish qobiliyatining ham pasayishi ularni battar qiynamoqda. Bunga yechim topish esa mushkul holat. Bu kabi yordamga muhtoj kishilarni minglab topish mumkin. 2019-yil holatiga ko‘ra, 710 mingga yaqin nogiron fuqarolarning 609 ming nafari 16 yoshdan kattalar va ularning bor-yo‘g‘i 10 foizi oliy ma’lumotli hisoblanadi. Ko‘rinib turganidek, oliy ma’lumotli nogiron fuqarolar juda kam. Biroq kambag‘allikni qisqartirishning asosiy shartlaridan biri – oliy ta’lim berish. Bundan tashqari, nogironlar uchun ta’lim yashash quroli sanaladi. Ularda jismoniy mehnat bilan shug‘ullanish imkoni kam bo‘ladi, shuning uchun sifatli ta’lim olish va oliy ma’lumotli bo‘lish orqali daromad topish imkoniga ega bo‘lishadi. Oliy ma’lumoti bo‘lmagan nogironlar ko‘p hollarda uyda o‘tirib qolishadi.1414 Aholi bandligini ta’minlash hozirda ularni kambag‘allikdan chiqarishning eng maqbul yo‘lidir. Ularning bandligini ta’minlash uchun esa ulardan qaysidir kasb mutaxassisligi uchun diplom yoki hunar egallaganlik to‘g‘risidagi sertifikat zarur bo‘ladi. Ularsiz hech bir ish beruvchi xodimni ishga olmaydi. Bu mehnat kodeksida ham o‘z tasdig‘ini topgan. Lekin yuqoridagi foizlar buni amalga oshirishga umuman yo‘l bermaydi. Nogiron shaxslarning atigi 10 foizigina oliy ma’lumotli, qolgan 90 foizi esa hech qanday diplom va sertifikatga ega emas. Ularning nafaqat oliy, balki o‘rta maxsus darajadagi diplomlari ham yo‘q. Ularga oz bo‘lsada e’tibor va sharoit yaratilsa, sog‘lom shaxslardan ko‘ra ko‘proq natijaga ertishishadi. Inson tanasida qaysidir organ yoki a’zoning faoliyati bajarilmasa, ya’ni ishlamasa uning kuchi boshqa organ yoki a’zoga beriladi. Masalan, ko‘zlari ko‘rmaydigan insonlarning sezgi organlari juda kuchli darajada ishlaydi, ya’ni sog‘lomlarnikiga qaraganda bir necha barobar kuchli ishlaydi. Ular ta’lim jarayonida ham bizdan ko‘p yutuqlarga erishishlari mumkin. Buyuk Britaniyada o‘tkazilgan tadqiqotga ko‘ra, nogiron bolalarning ota-onalaridan 70 foizi o‘z jamiyatlarida nogironlikni tushunish va qabul qilish past yoki yetarli emas deb o‘ylashgan. Ularning deyarli yarmi bolalarni parvarish qilishda ko‘plab qo‘llab-quvvatlash xizmatlaridan foydalanishda to‘siqlarga duch kelgan. 2007-yilda Buyuk Britaniyada alohida ta’limga muhtoj imkoniyati cheklangan bolalarga qaratilgan yana bir tadqiqotda 55 foiz insonlarga nogironligi tufayli ularga adolatli munosabatda bo‘lmaganligi aniqlangan. Madagaskarda o‘tkazilgan tadqiqot shuni ko‘rsatdiki, ota-onalar orasida ham imkoniyati cheklangan bolalarga ko‘maklashish va ularni tarbiyalashdagi usullar haqida bilmaslik keng tarqalgan va ota-onalar uyushmalari prezidentlarining 48 foizi imkoniyati cheklanganlik yuqumli, deb noto‘g‘ri o‘ylashgan. Vetnamda, 2009-yilda Da Nang shahrida o‘tkazilgan tadqiqot jamiyatning nogiron bolalar va ularning oilalariga nisbatan umumiy bag‘rikeng xatti-harakatlariga qaramay, stigmatizatsiya va kamsitish holatlari davom etayotganini ko‘rsatdi.1515 Shunday qilib, yuqoridagi tajribalar shuni ko‘rsatadiki, ko‘pchilik insonlar nogironlarni jamiyatda ko‘rishni va ular bilan birga yaqin munosabatda bo‘lishni xohlashmaydi. Atrofdagilar imkoniyati cheklangan insonlarning kasalliklari yuqumli deb hisoblashadi, shuning uchun ham ular bilan ko‘p aloqa bog‘lashmaydi. Ularni nafaqat inklyuziya haqidagi, balki, imkoniyati cheklangan shaxslar haqidagi bilimlari ham yetarli emas. Ularni to‘liq holatda tasavvur qilishga qodir emas. Italiya va Germaniya ta’lim tizimidagi imkoniyati cheklangan bolalar uchun ta’lim berishni VENN diagrammasi misolidagi tahlili: Yuqoridagi VENN diagrammasi tahlilida ham ko‘rinib turibdiki, jahondagi ta’lim tizimi eng rivojlangan ikki davlatda qisman umumiy o‘xshashliklar mavjud, ularning asosini tashkil qiluvchi qismlarda o‘xshashliklar kuzatilmaydi. Maktabgacha ta’lim tizimida ikki davlatning asosi ikki xilda. Lekin har ikki davlat maktabgacha ta’lim tizimi ham, inklyuziv ta’lim tizimi ham dunyo bo‘yicha tan olingan. Endi jahondagi imkoniyati cheklangan bolalar va ularning oilalariga ko‘rsatiladigan yordamga to‘xtalsak. Oilalar tomonidan qoplanadigan nogironlik bilan bog‘liq qo‘shimcha xarajatlarning hisob-kitoblari Buyuk Britaniyada daromadning 11-69%ini, Avstraliyada 29-37%ini, Irlandiyada 20-37%ini, Vetnamda 9%ini, Bosniya-Gersegovinada esa 14%ini tashkil qiladi. Bu xarajatlarga bevosita xarajatlar (masalan, davolanish, sayohat, reabilitatsiya yoki parvarish bo‘yicha yordam) va imkoniyat xarajatlari kiradi, chunki ota-onalar va boshqa oila a'zolari odatda bir yoki bir nechta nogiron bolalarga g‘amxo‘rlik qilish uchun ishni tark etishlari yoki ish soatlarini qisqartirishlari kerak.1616 Bu ko‘rsatilayotgan yordamlarning foizlari juda ham oz miqdorda. Vaholangki, yordamga eng muhtoj qatlam aynan imkoniyati cheklangan shaxslar hisoblanadi. Bu holat rivojlangan mamlakatlarda atigi shu foizlarni tashkil qilsa, hali rivojlanayotgan va rivojlanishi sust bo‘lgan mamlakatlarning aholisi qanday yordam olmoqda, degan savol tug‘ilishi tabiiy. Nafaqat jahondagi rivojlanishi sust davlatlar yoki rivojlanayotgan davlatlarda, balki O‘zbekistonning o‘zida ham bu ko‘rsatkichlar qoniqarli darajada emas. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling