Qo‘qon universiteti Maktabgacha ta’lim yo‘nalishi 3-kurs talabasi
Download 3.1 Mb.
|
3-son 1-15 maqola new (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- BOLA SHAXSIGA YO‘NALTIRILGAN TA’LIM DASTURINI QO‘LLASHDA INTERFAOL USLUBLAR Abdusattorova Sarvinozbonu
- MAQOLA HAQIDA ANNOTATSIYA Qabul qilindi
- KALIT SO‘ZLAR
- “Zamonaviy maktabgacha ta’lim sog’lom va barkamol avlodni voyaga yetkazishda muhim o‘rin tutadi”
BOLA SHAXSIGA YO‘NALTIRILGAN TA’LIM DASTURINI QO‘LLASHDA INTERFAOL USLUBLAR Abdusattorova Sarvinozbonu Qo‘qon universiteti Maktabgacha ta’lim yo‘nalishi 3-kurs talabasi
KIRISH Bugungi kunda bola shaxsiga yo‘naltirilgan ta'lim tarbiyalanuvchilarning o‘zlashtirish sur’atiga qarab bilim berish kerak, degan fikrga asoslanadi, ya’ni bu jarayon ularning o‘quv mashg’ulotlariga ehtiyojlari va qiziqishlariga moslashtirilgan bo‘lishi kerak. An’anaviy o‘qitish usullari ko‘pincha kerakli natijalarni bermaydi. Bola shaxsiga yo‘naltirilgan ta'lim o‘rganish, bilim olishni qiziqarli va mazmunli qiladi. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev “Zamonaviy maktabgacha ta’lim sog’lom va barkamol avlodni voyaga yetkazishda muhim o‘rin tutadi”, deb bejiz ta’kidlamagan. “2022-2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi PF 60-sonli Farmonining IV “Adolatli ijtimoiy siyosat yuritish, inson kapitalini rivojlantirish” bo‘limida maktabgacha ta’limda qamrov darajasini oshirish, nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini tashkil etish, maktabgacha ta’lim tizimida ta’lim sifatini yangi bosqichga olib chiqish va interfaol ta’lim texnologiyalarini kiritish belgilandi. Bundan tashqari maktabgacha ta’lim tashkiloti (MTT) pedagog xodimlarining professional tayyorgarligi va mahoratini oshirib borishning takomillashtirilgan tizimi qayta ishlab chiqildi21. 2022-yil fevral oyida Namangan shahrida bo‘lib o‘tgan, Maktabgacha ta’lim vazirligi va Jahon banki hamkorligida “Bolalarni erta yoshdan rivojlantirishni takomillashtirish” loyihasi doirasida seminar-trening bo‘lib o‘tdi. Treningda “O‘zbekiston maktabgacha taʼlim tizimida bola shaxsiga yoʻnaltirilgan taʼlim yondashuvini joriy etish” masalalari atroflicha o‘rganilib, davra suhbatlari o‘tkazildi. Ushbu trening bolalarning yoshi va individual xususiyatlarini inobatga oluvchi bolaning shaxsiyatiga yoʻnaltirilgan turli yondashuvlar, pedagog-xodimlarning kasbiy mahorati va taʼlim-tarbiya sifatini oshirishga qaratildi. Bolalarga xos ta'lim tarixi XX asrda Jon Dyui, Jan Piaget, Lev Vygotskiy va Mariya Montessori g'oyalari bilan boshlangan. Olimlar olib borgan izlanishlarning mohiyati ham bola shaxsiga yo‘naltirilgan an'anaviy tushuntirishdan qochish va buning o‘rniga bolalarni o‘quv jarayonining markaziga qo‘yishdir, ya’ni, bu jarayonda bolaning intellektual, kognitiv, aqliy, hissiy va ijtimoiy qobiliyatlari bilan birga jismoniy qobiliyatlarini rivojlantirish o‘z aksini topadi. Bola shaxsiga yo‘naltirilgan yondashuvda tarbiyachilar bolaga barcha sohalarda zarur bo‘lgan bilim va ko‘nikmalarni rivojlantirishga yordam berish uchun "faol ta'lim" jarayoni bilan shug'ullanadilar. “Interfaol” tushunchasi inglizcha “interact” (“inter” – birgalikda, “faol” harakat qilish) so‘zidan olingan bo‘lib, u ikkita muhim kategoriyaga bo‘linadi: Ta’lim olishda bolaning faol o‘rnini belgilash; Bolaning kattalar va tengdoshlari bilan muloqot o‘rnatishi uchun zamin yaratishdir. Interfaol strategiyalarga esa quyidagilarni misol qilib keltirish mumkin: Turli mashg’ulotlar uyushtirganda bolalarni kichik guruhlarga bo’lish; Bolalar o’rtasida hamkorlikni talab qiladigan mashg’ulotlardan foydalanish; Doira shaklida o’tirib faktlar, xodisalar bilan bo’lishish; Biror masalada fikr almashishlaridan oldin vaqt va imkoniyat berish; Bir-biridan o’rganish; Muammoli vaziyatlarga birgalikda yechim izlash; Bolalar bilan mavzuga doir loyihalar ishlab chiqish kabilar misol bo‘la oladi. Hozirgi vaqtda zamonaviy pedagogika va ta’limning turli xil texnologiyalari, tizimlari va modellari mavjud. Maktabgacha ta’limda bola shaxsiga yo‘naltirilgan ta’lim modeli zamonaviy ta’lim tizimlarining tendensiyasi (yo‘nalishi) bo‘lib, uning asosiy nazariy xulosalari o‘quv amaliyotida keng sinovdan o‘tgan. Shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim odatdagi, an’anaviy, har doim bo‘lib kelgan ta’limdan qanday farq qiladi? Bu jarayonda maktabgacha ta’lim tizimi yangi jarayonni amalga oshiradi, ya’ni avtoritar jarayondan pedagogik jarayonni qurishning shaxsga yo‘naltirilgan modeliga o‘tish. Uning vazifasi ham avvalgi yondashuvdan tubdan farq qiladi. Ma’lumki, bola shaxsining kelajak poydevori uning dastlabki 7 yoshgacha bo‘lgan davriga qo‘yiladi. Maktabgacha yoshdagi shaxs tarkibiga kiritilmagan komponentlar keyinchalik assimilyatsiya qilinmaydi (modifikatsiya qilinadi) yoki katta qiyinchilik bilan o‘zlashtiriladi va past ishonchlilik koeffitsiyenti bilan qayta ishlab chiqariladi (ko‘paytiriladi). Agar bu yondashuv usuli qiziqarli shaklda taqdim etilsa va o‘rganilayotgan hodisalarga nisbatan bolaning qiziqishlari va kognitiv qobiliyatlari hisobga olinsa bilimlar qiyinchiliksiz egallanadi. Bu jarayonda tarbyachi-padagoglar har bir bolaning rivojlanishi va o‘z-o‘zini namoyon qila olishi uchun shart-sharoitlarni ta’minlashi kerak, bu faqat shaxsning individual xususiyatlarini chuqur tahlil qilishga asoslangan o‘qitish yondashuvini strategik rejalashtirish bilan amalga oshadi. Shaxsga yo‘naltirilgan ta'limning asosiy maqsadi, birinchi navbatda, bolaning shaxsiyatini, uning intellektual va ma'naviy jihatdan shakllanishini, ikkinchidan, unga nisbatan insoniy munosabatni ta'minlaydigan shart-sharoitlarni yaratishdir. Shaxsga yo‘naltirilgan yondashuv ma’lum xususiyatlarga ega shaxsni shakllantirishni emas, balki ta’lim jarayoni sub’yektlarining shaxsiy funksiyalarini to‘liq namoyon qilish va rivojlantirish uchun shart-sharoitlarni yaratishni nazarda tutadi. Pedagogning faoliyat yo‘nalishi sifatidagi shaxsiy yondashuvi uning asosiy qadriyat yo‘nalishi bo‘lib, jamoada har bir bola bilan o‘zaro munosabatlarda o‘z pozitsiyasini belgilashga yordam beradi. Shaxsiy yondashuv o‘z-o‘zini aniqlash va tasdiqlashning shaxsiy va ijtimoiy jihatdan maqbul usullarini amalga oshirishda o‘z-o‘zini namoyon qilish, anglash qobiliyatini aniqlash, tarbiyachi va bolaga yordam berishni o‘z ichiga oladi.22 Download 3.1 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling