Qo‘qon universiteti Maktabgacha ta’lim yo‘nalishi 3-kurs talabasi


Download 3.1 Mb.
bet3/166
Sana18.10.2023
Hajmi3.1 Mb.
#1708384
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   166
Bog'liq
3-son 1-15 maqola new (2)

ADABIYOTLAR TAHLILI
O.Akimovning ta’kidlashicha, inklyuziv ta’lim nogironligi bo‘lgan o‘quvchi-yoshlarning shaxsiyati va jismoniy imkoniyatidan qat’i nazar, ularga maxsus sharoitlar asosidagi o‘quv jarayonlarini yaratib berishi shart. Umumta’lim maktablari inklyuziv muhit yaratish orqali ta’lim oluvchilarga sifatli ta’lim olish imko niyatini yaratib berishi maqsadga muvofiq hisoblanadi.
S.A.Rubinshteyn, B.G.Ananev birinchilar qatorida o‘quvchilarning umumiy aqliy rivojlanishini, umumiy intellektini tadqiq qilish bilan shug‘ullanishdi. B.G.Ananev o‘quvchining o‘qish va mehnatdagi erishadigan yutuqlarini tahlil qildi. N.S.Leytes, avvalo aql sifatlarini o‘z ichiga oluvchi umumiy aql qobiliyatlarini, o‘quvchilarning nazariy va amaliy faoliyatini xarakterlab berdi8.
N.M.Nazarova inklyuziv ta’limning maqsadi nogironligi mavjud ta’lim oluvchilarni inklyuziv shart-sharoitlar asosida ijtimoiy hayot va fuqarolik jamiyati qonunlariga moslashtirishdan iboratdir, degan qarashni ilgari suradi. Shuningdek, inklyuziv ta’limni rivojlantirishda huquqshunoslar, sotsiologlar, psixologlar, malakali pedagoglar o‘zaro hamkorlikda tizimli faoliyat yuritishlari lozim.
A.I.Jiviskayaning fikr bildirishicha, inklyuziv ta’lim, professional tuzilmalar negizida tashkil etilib, muntazam yangilanib borishi talab etiladi. Inklyuziv ta’limga jalb qilinayotgan alohida e’tiborga muhtoj o‘quvchilarning qobiliyatlarini his etish, ularning iste’dodlarini o‘quv jarayonlari mobaynida namoyon qilish defektologlar va boshqa inklyuziv ta’lim bo‘yicha maxsus pedagogik tayyorgarlikka ega bo‘lgan o‘qituvchilar tomonidan amalga oshirilishi zarur.
N.N.Mixaylovaning inklyuziv ta’lim borasidagi fikriga ko‘ra, bu ta’lim shakli turli darajadagi nogironligi bo‘lgan shaxslarning teng huquqlilik tamoyiliga asosan bilim olishini huquqiy jihatdan ta’minlaydi.
Sh.A. Dusmanovning fikricha, inklyuziv ta’lim – bu nogironligi yoki boshqa sabablar tufayli maxsus ta’limga muhtoj bolalar va yoshlar uchun moslashuvchan va individuallashgan yordam tizimidir. U umumiy ta’lim tuzilishining muhim qismini tashkil qiladi va hamma uchun birdek ta’lim beruvchi oddiy ta’lim muassasalarida olib boriladi9.
D.S. Qaharova inklyuziv ta’limni davlat siyosati darajasidagi masalalardan biri deb ataydi.
Bugungi kunda inklyuziv ta’limni rivojlantirish muammolari respublika hamda xorijiy olimlar tomonidan atroflicha tahlil qilingan bo‘lsada, O‘zbekistonda imkoniyati cheklangan bolalar bilan ishlash amaliyotini takomillashtirish yo‘nalishlari mavzusi doirasida tadqiqotlarni kengaytirish dolzarb masala ekanligini ko‘rsatmoqda.



Download 3.1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   166




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling