1-rasm. “Juftini top”, “Raqamni tasvirlab ber”, “Yo‘qolgan buyumni top”, “Farqini top” o‘yinlarini maktabgacha ta’lim tashkilotlarida o‘tkazish natijasi230
“Raqamni tasvirlab ber o‘yini” esa - bu o‘yin ham bolalarni befarq qoldirmadi, aksincha, bilimlarini mustahkamlashga turtki bo‘ldi. Qolgan bolalarning qiziqishlari va istaklariga binoan “Yo‘qolgan buyumni top”, “Farqini top” o‘yinlari ham o‘ynaldi . Chunki har bir bolaning qiziqishlarini inobatga olish biz tarbiyachilarning burchimizdir.
Tadqiqotlarimiz mobaynida tayyorlov guruhi tarbiyalanuvchilarida mashg‘ulotlarni o‘zlashtirish jarayonlari hafta kunlariga mos ravishda sinchkovlik bilan kuzatildi. Har mashg‘ulot jarayonlarida bolalarning bilimlari mustahkamlanib, yanada oshib bordi.
Tadqiqotning maqsadi maktabgacha yoshdagi bolalarda elementar matematik tushunchalarni shakllantirishda didaktik o‘yinlardan foydalanish muammosini o‘rganish edi. Bunga erishish uchun biz tadqiqot muammosi bo‘yicha psixologik-pedagogik adabiyotlarni, maktabgacha yoshdagi bolalarda elementar matematik tasavvurlarni shakllantirish jarayonida didaktik o‘yinlardan foydalanish xususiyatlarini ko‘rib chiqdik va tahlil qildik.
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tarbiyalanuvchilarda elementar matematikaga doir didaktik o‘yinlar bo‘yicha kuzatish va tadqiqotlarimizdan quyidagi natijalar kelib chiqdi. Bunda tarbiyalanuvchilar orasida eng ko‘p tanlangan qiziqarli didaktik o‘yin bu “Juftini top o‘yini” bo‘ldi. Bu o‘yin bolalarda katta qiziqish uyg‘otdi va geometrik shakllarni farqlash bo‘yicha yaxshi natijalarga erishildi.
Bolaning namoyon bo‘lgan qobiliyatini inobatga olish nafaqat ularni rivojlantirish uchun, balki uning iste’dodini tegishli oqimga yo‘naltirish uchun ham zarur. Tadqiqotlarimiz shuni ko‘rsatdiki, o‘yinlar va interaktiv usullar bolalarning matematik qobiliyatini rivojlantirishga ko‘maklashadi, matematikada keng mo‘ljal olish va matematik taassurotlar zahirasining to‘planishiga sharoit yaratadi, “Ilk va maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan davlat talablari” vazifalarini muvaffaqiyatli hal qilishga asos yaratadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |