Qo‘qon universiteti Maktabgacha ta’lim yo‘nalishi 3-kurs talabasi


Kichik yoshdagi bolalar bilan so‘zli o‘yinlar o‘tkazilmaydi!


Download 3.1 Mb.
bet78/166
Sana18.10.2023
Hajmi3.1 Mb.
#1708384
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   166
Bog'liq
3-son 1-15 maqola new (2)

Kichik yoshdagi bolalar bilan so‘zli o‘yinlar o‘tkazilmaydi!
Katta va tayyorlov guruhlarida didaktik o‘yinlar o‘zining mazmun va g'oyasi jihatidan ancha murakkabdir. Bu yoshdagi bolalar bilan buyum va rasmlar bilangina didaktik o‘yinlar o‘tkazib qolmay, so‘zli didaktik o‘yinlar ham o‘tkaziladi. Buyumlar va rasmlar bilan o‘tkaziladigan didaktik o‘yinlarda bolalarning narsalar sifati, xususiyati, nimadan yasalgani, qayerda qilingani, nima uchun kerakligi va hokazolar to‘g'risidagi bilimi aniqlanadi hamda mustahkamlanadi. Sunday o‘yinlarga quyidagilarni misol qilib keltirish mumkin: "Nima nimadan yasalgan?" "Guruh xonasiga sayohat", “Ovoziga qarab top" va boshqalar.
Umumlashtirishga o‘rgatish bo‘yicha turlarga ajratishni o‘rgatuvchi o‘yinlar katta o‘rin egallaydi. "Qaysi fabrikada nima ishlar bajariladi?” "Fabrikada nima ish qilinadi, dalada nima yetishtiriladi?", "Kimga nima kerak?", "Kim nima bilan ishlaydi?”, "Qayerda o‘sadi?", "Sayohat" (shahar bo‘ylab, dalaga maktabga va hokazo), "Pochta" va boshqalar.
Bolalarda dastlabki matematik tasavvurlarni rivojlantiruvchi didaktik o‘yinlar ham o‘tkaziladi. Masalan, "Kim sanashni biladi?", "Yuramiz, yuramiz, to‘xtaymiz", "Bizning kun", "Yil fasllari” va boshqalar.
Bolalar nutqini rivojlantirish uchun quyidagi o‘yinlarni o‘tkazish mumkin: "So‘z qo‘sh", "Orkestr", "Mana bu tovushga so‘z top", "So‘zlardan hikoya tuz” va h.k. Yuqorida sanab o‘tilganlar jamoa o‘yinlaridir. Bular asosida yana bir qancha o‘yinlar topish mumkin.110


TADQIQOT NATIJASI
Kichik guruhdagi bolalarni didaktik o‘yinlarga o‘rgatish mobaynida “Nilufar guli” va “Ishbop o‘yin” mеtodlaridan foydalanish samarali usul hisoblanadi va quyidagicha izohlanadi:

  1. Didaktik o‘yinga o‘rgatish mobaynida yosh bolalar uchun faol, qiziqarli mashg'ulotlar orqali qobiliyat va o‘ziga xos xususiyatlar aniqlashtiriladi;

  2. maktabgacha yoshdagi bolalar uchun didaktik o‘yin harakatlari ishlab chiqiladi;

  3. o‘yin bolalarga yangi bilim beradi va ularning fikrini, bilim doirasini kengaytiradi;

  4. bolalar o‘z tengdoshlari bilan aloqa qilishga kirishadi;

  5. bolada do‘stona munosabatlar tarbiyalanib, jamoa hayoti malakalari, tashkilotchilik qobiliyatlari shakllantiriladi;

  6. tarbiyachining vazifasi har bir bolani faol o‘yinga jalb qilish, bolalar o‘rtasida haqqoniylikka, tengdoshlari o‘rtasida javobgarlik hissining boshlang’ich ko‘nikmalarini shakllantirishdan iboratdir. Didaktik o‘yinlarni bu metodlardan foydalanib olib borish bolada ta’lim sifatini oshirish va o‘yinga qiziqish, hayotiy vaziyatlarni o‘yin orqali hal qilish, ta’limni noan’anaviy o‘yin usuli orqali tashkil etishni didaktik tamoyillaridan foydalanishni ko‘rsatib beradi.

Didaktik o‘yin muammosi xorijiy adabiyotlarda ham ko‘rib chiqildi. Bunga misol qilib amerikalik olim U.M. Glasser XX asrning birinchi yarmida didaktik o‘yin bo‘yicha tadqiqotlarning qisqacha mazmunini tuzib chiqdi.
Bolalar oʻyinlarining biologik va psixologik nazariyalarini koʻrib chiqishni umumlashtirib, u oʻyinni aniqlash va tasvirlashdagi qiyinchiliklar tufayli taʼlimotlarning aksariyati nazariy ishlarga emas, balki empirik bilim - bu shaxsning dunyo bilan o‘zaro aloqalarida, ilmiy bilimlarga murojaat qilmasdan to‘plagan barcha bilimlari bo‘lib, kuzatishlarga qaratilganligini taʼkidladi. Shunga qaramay, quyidagi ta'rif berildi: "Inson o‘yini - bu odamlar o‘rtasidagi ijtimoiy munosabatlar sharoitlardan tashqarida qayta tiklanadigan faoliyatdir”.
O‘rganishlardan kelib chiqib, maktabgacha ta’lim tashkilotida didaktiko‘yinlar bolalarbog'chasida ta'limning eng muhim vositalaridan biri bo‘lib, natijalarga ko‘ra 3-4 yoshli bolalarda didaktik o‘yinlarni olib borishda quyidagicha tahlil qilinadi:

  • didaktik o‘yinlar bolalar nutqini rivojlantirish;

  • bolalar didaktik o‘yinlari hissiyotlarni rivojlantirish;

  • o‘yin jarayonida bolalar o‘zlarini o‘rab turgan narsalarga, kundalik hayotning hodisalariga, tabiatga, o‘yinlarga to‘g'ri munosabatni shakllantirish;

  • o‘yin shaxsning asosiy fazilatlarini tarbiyalashga yordam beradi;

  • bolaning bilimini chuqurlashtiradi, aqliy tarbiyani rivojlantiradi;

  • o‘yinda bola so‘z boyligini oshiradi, ham faol, ham passiv, tovushlarni va butun so‘zlarni to‘g'ri talaffuz qilishni, jumlalarni tuzishni, o‘z fikrlarini aniq ifoda etishni o‘rganadi.

  • tengdoshlar va kattalar bilan bo‘lgan munosabatlar, turli xil shaxsiy xususiyatlar haqida tushunchaga ega bo‘ladilar.

  • didaktik o‘yin bolalarda kognitiv jarayonlar va qobiliyatlarni rivojlantiradi, ular aqliy faoliyatning ijtimoiy rivojlangan vositalari va usullarini o‘zlashtiradi.

Didaktik o‘yinlarni ulardagi bolalarning nima egallashi va o‘ziga jalb etishi nuqtai nazaridan tahlil qilsak, birinchi navbatda bu bolalarning faolligini rag'batlantiradi, ularda qoniqish hissini uyg'otadi. O‘yin shaklida yashiringan didaktik vazifa bola tomonidan yanada muvaffaqiyatli hal qilinadi, chunki uning e'tibori birinchi navbatda o‘yin harakatini qo‘llash va o‘yin qoidalarini amalga oshirishga qaratilgan.



Download 3.1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   166




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling